Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Dasturlash asoslari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300 - Kompyuter injiniringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Dasturlash asoslari Fan kodi DAT101
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

algoritmik bilimlarni rivojlantirish, C++ tilida dasturlashtirish, texnik bilimlarga oid masalalarni zamonaviy dasturlash tillarida hal etish boʻyicha kerakli bilimlarni berish. Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalari haqida tasavvurga ega boʻladi va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. Dastur tuzilishi va alifbosi boʻyicha bilimlarga ega boʻladi. Oʻzgarmas va oʻzgaruvchilar, maʼlumot tiplarini qoʻllay oladi. Matematik, mantiqiy amallarni, kiritish chiqarish operatorlarini, massivlarni bilish va tadbiq qilish usullarini qoʻllashni oʻrganadi

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. 1. Adabiyot nazariyasi (ANI,106)

2. 2. O‘zbek adabiyoti tarixi (O‘AT2-415)

3. --- (---)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Dasturlash tilining asosiy tushunchalarini aytish kerak;
  • Dasturlashning mohiyatining bugungi kundagi oʻrnini tushuntirish;
  • Identifikatorlar va dasturlash tili operatorlarni tushuntirish;
  • Massivlarni tahlil qila olish;
  • Dasturiy vositalarning ahamiyatini tushuntirish;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Kursni oʻzlashtirilgan talabalar funksiya va uninf turlarini tushuntirib bera oladi;
  • Barcha oʻrgangan dasturlash fani tushunchalari asosida dastur yarata oladi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Analitik kimyo faniga kirish.

  1. Analitik kimyoning asosiy boʻlimlari.
  2. Sifat tahlili va miqdoriy tahlil..
  3. Analitik reaksiyalar sezgirligi.
  4. Farmatsevtik tahlil turlari
2
2.

Dasturlash tili tarkibidagi arifmetik amallar va mantiqiy amallar

  1. Arifmetik amallar. Standart nomlar fazosi. Mantiqiy qiymatlar va ularga bogʻliq amallar
  2. C++ tilida ifodalar, matematik funksiyalar
  3. C++ tilida chiziqli dasturlar, kiritish va chiqarish operatorlari funksiyalari
2
3.

Dasturlash tilida tarmoqlanuvchi algoritmlar

  1. Shart haqida tushuncha, shartli tarmoqlanish va shartsiz oʻtish operatori
  2. Tanlash operatori. Ternar shart operatori
  3. Ichma-ich shartli tarmoqlanish yozish usullar.
2
4.

Dasturlash tilida takrorlanuvchi algoritmlar.

  1. Parametrli takrorlash operatori va uning umumiy koʻrinishi
  2. Shartli takrorlash operatori va uning umumiy koʻrinishi
  3. Break, continue va ichma ich takrorlanish
2
5.

Dasturlash tilida massivlar va ulardan foydalanish.

  1. Massiv tushunchasi
  2. Statik massivlar.
  3. Bir oʻlchovli va koʻp oʻlchovli massivlar
2
6.

Dasturlash tilida funksiyalar yaratish va ular bilan ishlash.

  1. Dasturlash tilida funksiyalar va ularing turlari
  2. Dasturlash tilida funksiya parametri.
  3. Lambda funksiyalar. Rekursiv funksiyalar.
2
7.

Satrlar va fayllar bilan ishlash.

  1. Satrlar, kengaytirilgan belgilar va ularga ishlov berish standart funksiyalari.
  2. Fayllar va oqimlar, diskdagi fayllar bilan ishlash.
  3. Matnli fayllar. Binar fayllar. Istisno larni qayta ishlash.
2
Jami 14

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Maʼlumotlarning har xil turlarini qayta ishlash dasturlarini tuzish. Algoritmlarning turlari

  1. Chiziqli algoritmlar
  2. Tarmoqlanuvchi algoritmlar
  3. Mavzuga oid topshiriqlar.
2
2.

Maʼlumotlarning har xil turlarini qayta ishlash dasturlarini tuzish. Algoritmlarning turlari

  1. Takrorlanuvchi algoritmlar.
  2. Aralash algoritmlar.
  3. Mavzuga oid topshiriqlar.
2
3.

Oʻzgaruvchilar va maʼlumot turlari

  1. C++ ga kirish. Oʻzgaruvchilarni eʼlon qilish
  2. Arifmetik, mantiqiy va taqqoslash amallari
  3. Bir turdan boshqa turga oʻtkazish. Ifodalarni tuzish va tahlil qilish
2
4.

Oʻzgaruvchilar va maʼlumot turlariga oid misollar yechish

  1. Arifmetik, mantiqiy va taqqoslash amallari.
  2. Bir turdan boshqa turga oʻtkazish.
  3. Ifodalarni tuzish va tahlil qilish.
2
5.

Tarmoqlanuvchi jarayonlar

  1. If-else operatori
  2. Switch operatori
  3. if va switch operatorini qoʻllash misollari
2
6.

Ichma-ich tarmoqlanuvchi jarayonlar

  1. Murakkab shartlardan foydalanish.
  2. Ichma-ich shartli operatorlar
  3. Mavzuga oid topshiriqlar
2
7.

Tanlov jarayonlari

  1. Switch operatori
  2. Sanaladigan turdan foydalanishga misollar
  3. Switch operatorini qoʻllash misollari
2
8.

Tarmoqlanuvchi jarayonga oid misollar ishlash

  1. If-else oid misollar ishlash
  2. If-else if oid misollar ishlash
  3. Tanlash operaotriga oid misollar ishlash
2
9.

Parametrli takrorlanuvchi jarayonlar

  1. Parametrli takrorlash operatori(for)
  2. Parametrli takrorlash operatori(foreach)
  3. Takrorlash jarayonlarini boshqarish (break, continue)
2
10.

Shartli takrorlanuvchi jarayonlar

  1. Shartlik takrorlash operatori(while)
  2. Shartlik takrorlash operatori(do while)
  3. Takrorlash jarayonlarini boshqarish (break, continue)
2
11.

Takrorlanishga oid misollar ishlash

  1. for takrorlanuvchi operatoriga doi misollar ishlash
  2. while,do..while operatoriga doi misollar ishlash
  3. Ichma - ich takrorlanuvchi operatoriga doir misollar ishlash
2
12.

Massivlar bilan ishlash

  1. Bir oʻlchamli massivga maʼlumot yozish
  2. Bir oʻlchamli massivga maʼlumot olish
  3. Parametrli takrorlash operatoridan massiv uchun foydalanish
2
13.

Koʻp oʻlchovli massivlar bilan ishlash

  1. Koʻp massiv haqida tushuncha
  2. Koʻp oʻlchamli massivlarni yaratish va ulardan foydalanish
  3. Parametrli takrorlash operatoridan massiv uchun foydalanish
2
14.

Massivlarga oid misollar ishlash.

  1. Bir oʻlchovli massivlarga oid misollar ishlash
  2. Ikki oʻlchovli massivlarga oid misollar ishlash
  3. Koʻp oʻlchovli massivlarga oid misollar ishlash
2
15.

Dasturlash tilida funksiya yaratish usullari

  1. Funksiya parametrlarini yaratish usullari
  2. Qiymat qaytaruvchi va qaytarmaydigan funksiyalarni yaratish usullari
  3. Funksiyalarni bosh va tana qismlarga ajratib yozish
2
16.

Parametrli funksiyalarni amaliyotda qoʻllash

  1. Parametrli funksiyalarga oid misollar ishlash.
  2. Qiymat qaytaruvchi funksiyalarga oid misollar ishlash.
  3. Qiymat qaytarmaydigan funksiyalarga oid misollar ishlash.
2
17.

Rekursiv funksiyalar bilan ishlash

  1. Rekursiv funksiyalar yaratish
  2. Ichma-ich, qoʻsh rekursiv funksiyalarni yaratish.
  3. Rekursiv funksiyalarga oid misollar ishlash.
2
18.

Funksiyalarga oid misollar ishlash

  1. Rekursiv funksiyalar oid misollar ishlash
  2. Ichma-ich, qoʻsh rekursiv funksiyalarga oid misollar ishlash
  3. Rekursiv funksiyalarga oid misollar ishlash
2
19.

Satrlar bilan ishlash

  1. Satr turlari va e’lon qilish.
  2. Satrlar bilan ishlash funksiyalari.
  3. Satrlarni tahlil qilish va qayta ishlash.
2
20.

Fayllar bilan ishlash

  1. Fayllarni ochish va yopish. Fayllardan oʻqish va yozish
  2. Fayllarni qidirish va oʻchirish
  3. Fayl xatoliklarini boshqarish
2
21.

Satr va fayllarga oid misollar ishlash

  1. ofstreamga oid misollar ishlash.
  2. ifstreamga oid misollar ishlash.
  3. string.h kutubxonasi oid misollar ishlash.
2
22.

Istisno (exception) larni qayta ishlash (throw, try va catch).

  1. Oddiy try-catch bloklari orqali xatolarni ushlash
  2. throw operatori yordamida foydalanuvchi xatosini chiqarish.
  3. Bir nechta catch bloklarida turli tipdagi istisnolarni qayta ishlash.
2
23.

Istisnoga oid misollar olish.

  1. try-catch operatoriga oid misollar ishlash
  2. Fayl bilan ishlashda istisno chiqarishga oid misollar ishlash
2
Jami 46

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Algoritm tushunchasi va uning xossalari. Algoritmni ifodalash usullari.

2.

Dasturlash tillari haqida umumiy maʼlumot(C#,Python,C++,Dart va boshqalar)

3.

Kompilyator va interpretator haqida tushuncha

4.

Virtual mashinaga asoslangan dasturlash tillari va ularning imkoniyatlari

5.

C++ dasturlash tili imkoniyatlari va qoʻllanilish sohalari

6.

C++ dasturlash tilida oʻzgaruvchilar bilan ishlash.

7.

C++ dasturlash tili standartlari

8.

C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi,takrorlanuvchi va tanlash operatori

9.

C++ dasturlash tilida funksiya va anonim funksiya

10.

C++ dasturlash tili muhitlari

11.

C++ dasturlash tili kompilyator dasturlari

12.

C++ math kutubxonasi funksiyalari va unga oid misollar

13.

C++ string kutubxonasi funksiyalari va unga oid misollar

14.

C++ massiv va unga oid misollar

15.

C++ fstream kutubxonasi funksiyalari

16.

C++ stdio.h kutubxonasi funksiyalari

17.

C++ iostream kutubxonasi funksiyalari

18.

C++ iomanip kutubxonasi funksiyalari

19.

C++ chrono kutubxonasi funksiyalari

20.

C++ time.h kutubxonasi funksiyalari

21.

C++ dasturlash tilida ko‘rsatkichlar (pointers) va ularning qo‘llanilishi

22.

C++ dasturlash tilida havolalar (references) va ularning farqi

23.

C++ dasturlash tilida dinamik xotira bilan ishlash (new, delete operatorlari)

24.

C++ dasturlash tilida enumeratsiyalar (enum) va ularning qo‘llanilishi

25.

C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlashning amaliy misollari

26.

C++ dasturlash tilida namespace tushunchasi va qo‘llanilishi

27.

C++ dasturlash tilida typedef va using operatorlari

28.

C++ dasturlash tilida makroslar va preprocessor direktivalari

29.

C++ dasturlash tilida STL (Standard Template Library) asoslari: vector va list

30.

C++ dasturlash tilida STL (Standard Template Library) asoslari: map va set

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Moʻminov B.B. Dasturlash I.(Darslik).-T.: “Nihol print” OK, 2021.-280 b.
  2. Moʻminov B.B. Dasturlash II.(Darslik).-T.: “Nihol print” OK, 2021.-604 b.
  3. Страуструп Б., Тур по C++. Третье издание. пер. с англ. В.Кирюхин. 2022. -314 стр.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Страуструп Б. Дизайн и эволюция С++: Пер. с англ. – М.: ДМК Пресс. – 448 с.
  2. Романов Е.Л. Практикум по программированию на C++. Уч. пособие. СПб: БХВ-Петербург, Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2004. — 432 с
  3. Васильев А.Н. Самоучитель С++ с примерами и задачами. 2-е издание (переработанное). СПб.: Наука и Техника, 2012. — 480 с.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://metanit.com/cpp
  • https://www.w3schools.com/cpp/cpp_intro.asp
  • https://ravesli.com/uroki-cpp
  • https://purecodecpp.com
  • https://code-live.ru/tag/cpp-manual
  • https://code.visualstudio.com/docs/languages/cpp
  • http://cppstudio.com/post/213

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Abduvoxidov Murodjon Komilovich
Olimov Muslimbek Ulugʻbek oʻgʻli
Abdumalikov Abduqodir Abdugʻaffor oʻgʻli
Mahmudov Muhammadxon Nuralixon oʻgʻli
Elektron pochta: info@murodjon.uz
ochilov92@list.ru
abduqodircoder@gmail.com
email.fiery@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar
Taqrizchilar:

N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori

S.Ibragimov - Andijon davlat texnika instituti “Axborot texnologiya” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori.

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-Juma, soat 15.00 – 17.00, _______-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 2025 yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N. A. Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Abduvoxidov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Olimov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.Abdumalikov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Mahmudov

Fan oʻqituvchisi