![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60110200 - Maktabgacha taʼlim | |
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 3 | Semestr | 1 | |
| Fan nomi | Bolalarning ijtimoiy moslashuvi | Fan kodi | BIM105 | |
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | |
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | |
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 127 | Baholash shakli |
oraliq: test joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
|
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 150 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | |
|
60 (aud) |
90 (must) |
30 | ||
2. Fan maqsadi
Talabalarga gumanitar bilishning sohasi sifatida ijtimoiy pedagogika, uning obyekti tadqiqot predmeti, va asosiy kategoriyalari haqida nazariy bilimlar berish. Bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning oʻziga xosliklari va gumanistik yoʻnalganligini yoritib berish. Turli yoshdagi bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini oʻrganish va amaliyotda qoʻllay olishga oʻrgatishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Bolalarni ijtimoiy moslashtirish nazariyasi fanining maqsad va vazifalarini oʻzlashtirgandan soʻng uning mazmuni, metodlari, pedagogikaning jamiyat hayotidagi ahamiyati ijtimoiy moslashuvning taʼlim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati toʻgʻrisida bilimga ega boʻlishi taʼminlanadi.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Ijtimoiy pedagogikaning tibbiy psixologik asoslari, ijtimoiy pedagogikaning madaniy tarixiy, etnografik va falsafiy negizlari sotsial ishlar texnologiyasi, pedagogik sotsiologiya asoslari, mahallada va jamoada sotsial ishlarni rejalashtirish, pedagogik sotsiologiya metodlaridan unumli foydalanish , pedagogik jamoada muhit, pedagogning sotsial portreti, turli yoshdagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini bilish koʻnikma va malakalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida.
|
4 |
| 2. |
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida.
|
2 |
| 3. |
Ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni, vositalari.
|
2 |
| Jami | 8 | |
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: | |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B. Kurbanov Fakultet dekani |
(imzo) M. K. Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) Kiritilmagan Fan oʻqituvchisi |
