![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Pedagogik akmeologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60110400 - Boshlangʻich taʼlim | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 | Semestr | 3 | ||
| Fan nomi | Pedagogik akmeologiya | Fan kodi | PA2305 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | tanlov | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 5 | Baholash shakli |
oraliq: yozma joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 150 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | |
|
60 (aud) |
90 (must) |
20 | 40 | ||
2. Fan maqsadi
Pedagogik akmeologiya, shaxs kamoloti muammosining ijtimoiy-psixologik jihatlari, professionalizm, pedagogik akmeologiyaning metodologik asoslari, pedagogik akmeologiyaning qonuniyatlari, pedagogning psixologik-akmeologik kompetentligi masalalari haqida bilim berish. Talabalarda nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, pedagogik akmeologiya, shaxs kamoloti jarayonlari haqida yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, pedagogik akmeologiyaning qonuniyatlari ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish pedagogik akmeologiyaning inson hayotidagi oʻrni va ahamiyatini oʻrgatish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Umumiy pedagogika ((EDU101))
2. Umumiy psixologiya ((PSY 101))
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- pedagogik akmeologiya fanini oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni tatbiq qilish uchun zarur boʻladigan bilim va koʻnikmalarni,
- pedagogik akmeologiya darslarida zamonaviy taʼlim vositalardan foydalanishni,
- zamonaviy talablar asosida pedagogik akmeologiya darslarini samarali tashkil qilish yoʻllarini,
- taʼlim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini bilishi.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- ??pedagogik akmeologiya fanini oʻqitishda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qoʻllaniladigan zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan xabardor boʻlishi;
- ??pedagogik akmeologiya oʻqitishda qoʻyiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi;
- ??pedagogik akmeologiya fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini taʼminlash;
- ??mashgʻulotlarda taʼlim resurslaridan samarali foydalanish;
- ??oʻqitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va oʻquvchilarga yetkazish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Akmeologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanish tarixi
|
2 |
| 2. |
Akmeologiyaning nazariy-metodologik asoslari.
|
2 |
| Jami | 4 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Pedagogik akmeologiyaning shakllanish tarixi va hozirgi kundagi rivojlanishi |
2 |
| 2. |
Pedagogik akmeologiya fanining metodologiyasi va metodlari |
2 |
| Jami | 4 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|---|
| 1. |
Akmeologiya fani ilmiy bilimlarning yangi tarmog‘i sifatida shakllanishi. |
| 2. |
Kasbiy mahoratni rivojlantirishda refleksiv-akmeologik yondashuv. |
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Abdullayeva M.A. “Pedagogik akmeologiya”. Darslik. “Usmon Nosir media”– Namangan- 2023. 256 bet.
- Yusupova D.S, Axmedova D.X. “Pedagogik akmeologiya”. O‘quv qo‘llanma. “Omadbek print”– Andijon- 2025. 188 bet.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Boymurodova G.T. “Pedagogik akmeologiya”. Darslik. – Toshkent- 2023.
- Tillayeva G.H. “Akmeologiya asoslari” O‘quv qo‘llanma– T.:Tafakkur bo‘stoni, 2014.
- Mirsolieva M.T., Djamilova N.N. “Pedagogik akmeologiya”. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent- 2021.
7.3. Axborot manbaalari
- https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/45279
- https://advice.uz/oz/document/2349
- https://lex.uz/
- www.edu.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
|
|---|---|
| Elektron pochta: |
|
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat |
| Taqrizchilar: |
I.G.Mamajonov - Qo‘qon universiteti Аndijon filiali Akademik ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent (PhD) X.T.Komilova - Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi v.b. professor |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B. Kurbanov Fakultet dekani |
(imzo) M. K. Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) M.K. Bakiyeva Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) D.X. Axmedova Fan oʻqituvchisi |
