![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Farmatsevtik botanika
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910800 - Farmatsiya | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 5 | Semestr | 3 | ||
| Fan nomi | Farmatsevtik botanika | Fan kodi | FBT1304 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 4 | Baholash shakli |
oraliq: ogʻzaki joriy: amaliy topshiriq yakuniy: yozma |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 120 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | lab | |
|
60 (aud) |
60 (must) |
30 | 0 | ||
2. Fan maqsadi
Oʻsimliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini, oʻsimlik organlarining morfologik va anatomik tuzilishining xilma-xilligini oʻrganish, oʻrganiladigan oʻsimliklardan dorivor oʻsimliklar turlarini sistematik belgilariga qarab aniqlay olish, xom-ashyoni aniqlashdagi oʻsimliklarni diagnostik xususiy belgilarini taxlil qilishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Oʻsimliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini, oʻsimlik organlarining morfologik va anatomik tuzilishining xilma-xilligini oʻrganish, oʻrganiladigan oʻsimliklardan dorivor oʻsimliklar turlarini sistematik belgilariga qarab aniqlay olish, xom-ashyoni aniqlashdagi oʻsimliklarni diagnostik xususiy belgilarini taxlil qilishdan iborat.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- laboratoriya mashgʻulotlarda mikropreparatlarni tayyorlash texnikasini oʻrganish, oʻsimlik organlarida: ildiz, poya, bargning tuzilishini anatomik koʻrsatkichlaridan foydalangan holda aniqlash, oʻsimliklar dunyosining tasnifi va ularning tipi, sinfi, oilasi, turini bilish, oʻsimliklardan gerbariy tayyorlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Fanga kirish. Botanika fani bo‘limlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati. O‘simlik hujayrasi, uninг tuzilishi, ваzifаlаri. Xujаyrаninг бo‘linishi.
|
2 |
| 2. |
Xujayradagi oziqli moddalar, kristallar. O‘simlik to‘qimalari, klassifikatsiyasi, tuzilishi va vazifalari.
|
2 |
| 3. |
O‘simlik to‘qimalari, klassifikatsiyasi, tuzilishi va vazifalari.
|
2 |
| 4. |
Ildiz morfologiyasi va anatomik tuzilishi. Ililiz metamorfozlari. Geterogen, gomogen ildizlar sistemasi.
|
2 |
| 5. |
Poya morfologiyasi. O‘t o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi. Daraxtsimon o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi.
|
2 |
| 6. |
Barg, uning tuzilishi va vazifalari O‘simliklar hayotida barglarning ahamiyati.
|
2 |
| 7. |
Genetativ organlar. Gul, ularning tuzilishi va vazifalari o‘simliklar hayotida gullarning ahamiyati.
|
2 |
| 8. |
To’pgullar. Changlanish va urug’lanish
|
2 |
| 9. |
Urug’, uning tuzilishi va vazifalari.
|
2 |
| 10. |
Meva, uning tuzilishi, xillari va vazifalari.
|
2 |
| 11. |
O‘simliklar sistematikasi. Tuban o‘simliklarga xarakteristikasi. Bakteriyalarning tuzilishi va ko‘payishi.
|
2 |
| 12. |
Yuksak sporali o‘simliklarga tasnif. Moxsimonlar. Qirqquloqsimonlilar.
|
2 |
| 13. |
Yopiq urug‘li o‘simliklar. Reproduktiv orgaiilarning paydo bo‘lishi.
|
2 |
| 14. |
Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o‘simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovoniloshlar, zirkdoshlar, ko’knordoshlar.
|
2 |
| 15. |
Ekologiya, fitotsenologiya va o’simliklar geografiyasi.
|
2 |
| Jami | 30 | |
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Mikroskopning tuzilishi. Hujayra tuzilishi. Osmotik bosim. Plastidlar Mikroskopning tuzilishi. Hujayra tuzilishi. Osmotik bosim. Plastidlar |
2 |
| 2. |
Hujayradagi zahira oziq moddalar. Kristallar va ularning tuzilishi. Vakuola, hujayra po‘sti va ularni aniqlash reaksiyalari. Hujayradagi zahira oziq moddalar. Kristallar va ularning tuzilishi. Vakuola, hujayra po‘sti va ularni aniqlash reaksiyalari. |
2 |
| 3. |
Hosil qiluvchi to‘qimalar, apikal, lateral va interkolyar meristemalar. Birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar. Qoplovchi to‘qima va mexanik to‘qima Hosil qiluvchi to‘qimalar, apikal, lateral va interkolyar meristemalar. Birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar. Qoplovchi to‘qima va mexanik to‘qima |
2 |
| 4. |
O‘tkazuvchi to‘qimalar. O‘tkazuvchi to‘qima ksilema va floema elementlari, bog‘lamlari va ularning bajaradigan vazifasi. Asosiy va ajratuvchi to‘qimalar, bezlar va ularning xillari. Smola yo‘llari. O‘tkazuvchi to‘qimalar. O‘tkazuvchi to‘qima ksilema va floema elementlari, bog‘lamlari va ularning bajaradigan vazifasi. Asosiy va ajratuvchi to‘qimalar, bezlar va ularning xillari. Smola yo‘llari. |
2 |
| 5. |
Birlamchi va ikkilamchi ildizning ichki tuzilishi. Kambiy hosil bo‘lishi. Bargning anatomik tuzilishi. Birlamchi va ikkilamchi ildizning ichki tuzilishi. Kambiy hosil bo‘lishi. Bargning anatomik tuzilishi. |
2 |
| 6. |
Bir va ikki pallali o‘tli o‘simlik poyasining anatomik tuzilishi. Yog‘ochli o‘simlik poyasining anatomik tuzilishi. Ochiq urug‘li o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi. Bir va ikki pallali o‘tli o‘simlik poyasining anatomik tuzilishi. Yog‘ochli o‘simlik poyasining anatomik tuzilishi. Ochiq urug‘li o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi. |
2 |
| 7. |
Vegetativ organlar morfologiyasi. Ildiz morfologiyasi. Poya morfologiyasi. Kurtak tuzilishi. Vegetativ va generativ kurtaklar. Tinim davridagi kurtaklar. Vegetativ organlar morfologiyasi. Ildiz morfologiyasi. Poya morfologiyasi. Kurtak tuzilishi. Vegetativ va generativ kurtaklar. Tinim davridagi kurtaklar. |
2 |
| 8. |
Barg morfologiyasi. Gerbariy namunalari asosida o‘simliklarning morfologik belgilarini (ildiz, poya va barglarni) aniqlash. Barg morfologiyasi. Gerbariy namunalari asosida o‘simliklarning morfologik belgilarini (ildiz, poya va barglarni) aniqlash. |
2 |
| 9. |
Tuban sporali o‘simliklar, suv o‘tlari. Zamburug‘lar va lishayniklar. Tuban sporali o‘simliklar, suv o‘tlari. Zamburug‘lar va lishayniklar. |
2 |
| 10. |
Yuqori sporali o‘simliklar, moxsimonlar, plaunlar, qirqbo‘g‘imsimonlar, qirqquloqsimonlilar. Yuqori sporali o‘simliklar, moxsimonlar, plaunlar, qirqbo‘g‘imsimonlar, qirqquloqsimonlilar. |
2 |
| 11. |
Urug‘li o‘simliklar. Ochiq urug‘lilar. Yopiq urug‘lilar. Gulning tuzilishi. Gul formulasi va diagrammasi Urug‘li o‘simliklar. Ochiq urug‘lilar. Yopiq urug‘lilar. Gulning tuzilishi. Gul formulasi va diagrammasi |
2 |
| 12. |
To‘pgullar va ularning xillari. Meva xillari va urug‘ning tuzilishi. To‘pgullar va ularning xillari. Meva xillari va urug‘ning tuzilishi. |
2 |
| 13. |
Gulxayridoshlar, atirguldoshlar, dukkakdoshlar va mirtadoshlar oilalari . Gulxayridoshlar, atirguldoshlar, dukkakdoshlar va mirtadoshlar oilalari . |
2 |
| 14. |
Bir pallalilar sinfi: Liliyagullilar tartibi (piyozdoshlar, loladoshlar oilasi: shirachlar, marvaridgullilar avlodlari), qo‘ng‘irboshlilar tartibi (g‘alladoshlar oilasi: makkajo‘xori,sholi,bug‘doy avlodlari) Bir pallalilar sinfi: Liliyagullilar tartibi (piyozdoshlar, loladoshlar oilasi: shirachlar, marvaridgullilar avlodlari), qo‘ng‘irboshlilar tartibi (g‘alladoshlar oilasi: makkajo‘xori,sholi,bug‘doy avlodlari) |
2 |
| 15. |
O‘simliklar ekologiyasi, geobotanikasi va geografiyasi O‘simliklar ekologiyasi, geobotanikasi va geografiyasi |
2 |
| Jami | 30 | |
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|---|
| 1. |
Tirik tabiatning tarixiy jarayonida paydo bo’lishi, simbioz nazariyasi. Avtotrof va geterotrof organizmlarning tabiatdagi modda almashinuvida tutgan o’rni. Yer biosferasi. O’simliklar - dorivor mahsulotlarning manbai. |
| 2. |
To’qimalarning hosil bo’lishi. Mexanik to’qimalarni o’tli va daraxt o’simliklaridagi xillari, joylashishi. O’tkazuvchi to’qimalarning o’tli va daraxt o’simliklarida joylashishi, ahamiyati. Ajratuvchi to’qimalarning o’simlikda uchrash joylari, ahamiyati. Asosiy to’qimalarda to’planadigan moddalar va ularning vazifasi. |
| 3. |
Asosiy morfologik qonuniyatlar: simmetriya turlari, metamorfoz. Analogik va gomologik organlar. Ildiz oziqlanishi va moddalarni sintez qiladigan qism. O’simliklarda mineral moddalarning miqdori. Azotning o’simlik hayotidagi o’rni. Dukkakli va ayrim o’simliklarda azotning o’zlashtirilishi. |
| 4. |
O’simliklarning vegetativ (ildiz, poya, barg) organlari, ularning tuzilishi, vazifalari va farmatsevtik ahamiyati. |
| 5. |
O’simliklarning generativ (gul, meva, urug’) organlari, ularning tuzilishi, vazifalari va farmatsevtik ahamiyati. |
| 6. |
O’simliklar sistematikasi. O’simliklar guruhlarining morfologik, anatomik, embriologik belgi, xususiyatlariga asoslanib tasniflash va guruhlarning tabiiy qarindoshligiga qarab, o’simlik oilasining evolyutsion jarayonini ifodalaydigan ma'lum tizimda joylashtirish. Har xil o’simliklarni muayyan guruhlarga birlashtirish yoki ular orasidagi farqni aniqlashga yordam beradigan sistematik belgilari. |
| 7. |
Tuban sporali o’simliklarga tavsif va ularning tasnifi. Suv o’tlarining rivojlanish davri va sinflarga bo’linishi: ulotrikslar, sifonlilar, ularning umumiy xususiyatlari. Suv o’tlarining asosiy vakillari (xlomidomanada, ulotriks, ulva, kaulerpa, vosheriya, spirogira). Oq qayindagi chaga zamburug’i va uning tibbiyotdagi ahamiyati. |
| 8. |
Talaba o’z hududida uchraydigan dorivor o’simliklarning aniqlash, ularning biologiyasi, ekologiyasi va farmatsevtik ahamiyati to’g’risida ma’lumot tayyorlash va himoya qilish kerak. |
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Mustafaeva M.S., Yulchieva M.T. Botanika. – T.: «TAFAKUR BO‘STONI» MCHJ bosmaxonasi, 2012. – 202 b.
- Yulchieva M.T., Atamuratova N.T., Latipova A.E., Safarova N.T. Farmatsevtik botanika.T.: 2021.- 328.b
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Asqarov I.R. Tabobat qomusi – T.: Mumtoz so’z. 2019. – 1140 b.
- Asqarov I.R. Fitoterapiya – T.: Mumtoz so’z. 2018. – 620 b.
- Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. – T.: O’zFan, 2006. – 434 b.
- Ahmedov O’.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elektron darslik. - T.: 2008
- Botanika fanidan amaliy mas’hg‘ulotlar uchun o’quv-uslubiy ko’rsatmalar.- T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2006, 2007, 2012.
- Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O’.A. va bos’hqalar. Dorivor o’simliklarning lotinchao’zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati. -T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
7.3. Axborot manbaalari
- http://nature.vspu.ru/links/botlinks.html
- http://flower.onego.ru/
- http://www.botany.net/IDB/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
|
|---|---|
| Elektron pochta: |
|
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
Ro‘zimatov E.Yu. - ADU, «Botanika va ekologiya» kafedrasi professori. Mamajonov A.A. - QUAF, «Tibbiy biologiya va jamoat salomatltgi» kafedrasi dosenti v.b. |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, B-bino 403-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi” kafedrasining 2025 yil 1 - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F. Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) A. Sh. Mamatyusupov Kafedra mudiri |
(imzo) A.Sh.Mamatyusupov Fan oʻqituvchisi |
