Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiy kimyo

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 1
Fan nomi Tibbiy kimyo Fan kodi TK1106
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
90
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

Tibbiy kimyo fanining maqsadi umumiy, analitik, fizik va kolloid kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan, tirik tabiatda sodir boʻlayotgan jarayonlar mohiyatini bilgan holda fizik-kimyoviy kattaliklarni xisoblashni bajara oladigan, organik kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan xolda, biokimyoning kirish qismi xisoblanadigan “Statik biokimyo”ni, biokimyoviy jarayonlarda qatnashuvchi biopolimerlar va bioboshqaruvchi moddalar tuzilishi, hossalari va funksiyalarini tushinadigan, ular ishtirokida boradigan jarayonlarni modellashtirib bajara oladigan, tirik organizmda kechuvchi kimyoviy jarayonlarning ilmiy asoslarini xujayra va molekulyar darajada tushinib yeta oladigan, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladigan mutahassislarni tayyorlash. Talabalarda kimyoviy jarayonlarni oʻrganish asosida tirik organizmda kechadigan modda oʻzgarishi mahsulotlarini oldindan sifat va miqdoran belgilash koʻnikmalarini fanning hozirgi zamon yutuqlari asosida shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • ?? Organizmdagi kimyoviy elementlar, ularning miqdoriy tarkibi va vazifalari. Organizmda elementlar bioakumulyatsiyasining oʻzgarishi bilan yuzaga keluvchi kasalliklarini bilishi kerak.
  • ?? Metabolizm va energiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik. Termodinamikaning birinchi qonuni. Sistema va uning holat funksiyalari haqida bilimga ega boʻlishi kerak. Odam organizmi ochiq termodinamik sistema ekanligini bilishi kerak.
  • ?? Toʻqimalar va organizm suyuqliklarining elektr oʻtkazuvchanligi, tibbiyotda tashxis hamda davolashda elektrokimyoviy usullarni qoʻllanilishi. Ionlar konsentratsiyalarini aniqlashning elektrokimyoviy usullari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
  • ?? Klinik laboratoriyalardagi konduktometriya va potensiometriya usullari haqidagi tushuncha va koʻrsatmalarni bilishi lozim.Biologik suyuqliklarning biokimyoviy tahlilida ushbu usullarning qoʻllanilishini bilish kerak.
  • ?? Antibiotiklar. Alkaloidlar ularni tuzilishi va reaksiya mexanizmlarini bilishi kerak.Tibbiyotda ushbu biologik faol moddalarning qoʻllanish oʻrinlarini bilish kerak.
  • ?? Organizmning asosi boʻlgan oqsil, yogʻ, uglevod va nuklein kislotalar ularni tuzilishi. Organizmda boʻladigan jarayonlar haqidagi bilimga ega boʻlishi kerak. Yuqoridagi moddalar almashinuvi buzilishining patologik tomonlari va irsiy kasalliklar haqida bilimlarga ega boʻlish kerak.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • ?? Miqdoriy tahlil uchun: tarozi, byuretka, pipetka, indikatorlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish;
  • ?? Biologik suyuqliklarda titrlash koʻnikmasini hosil qilish;
  • ?? Suv tarkibidagi Ca2+ ionlariga hos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish;
  • ?? Suv tarkibidagi Mg2+ ionlariga hos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish;
  • ?? Gipoatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish;
  • ?? Giperatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish;
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Tibbiy kimyoga kirish. Biogen elementlarning odam organizmidagi biologik faolligi.

  1. 1. 1. Biogen elementlar kimyosi
  2. 2. 2. Makro, mikro va ultramikrobiogen elementlar haqida
  3. 3. 3. Ayrim biogen elementlarning tirik organizmdagi roʻli.
2
2.

Eritmalar. Eritmalarning kolligativ xossalari. Osmos va osmotik bosim.

  1. Eritmalar va ularning turlari
  2. 2. 2. Osmotik bosim. Osmos hodisasi
  3. 3. 3. Biologik eritmalarning osmotik va onkotik bosimlari.
  4. 4. 4. Qon bosimining mohiyati
2
3.

Kislota-asosli muvozanat. Bufer sistemalar.

  1. 1. Buferlik xossasi va uning inson hayotidagi ahamiyati
  2. 2. Bufer sigʻim va bufer sigʻimga taʼsir koʻrsatuvchi omillar.
  3. 3. Qon tarkibidagi bufer eritmalar va ularning fiziologik ahamiyati
2
4.

Termodinamika. Kimyoviy reaksiyalar kinetikasi.

  1. 1. Kinetika. Biologik jarayonlar kinetikasi.
  2. 2. Termodinamika va kimyoviy termodinamika
  3. 3. Metobolizm va energiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik
2
5.

Kompleks birikmalar. Xelatoterapiya

  1. 1. Kompleks birikmalar va ularning tuzilishi
  2. 2. Xelat birikmalar. Gemoglobin
  3. 3. Xelatoterapiyaning tibbotda qoʻllanilishi
2
6.

Elektrokimyo. Organizmdagi elektrokimyoviy hodisalar.

  1. 1. Elektrokimyo asoslari. Galvanik element.
  2. 2. Elektrokimyo hujayralardagi moddalar almashinuvida
  3. 3. Uskunaviy tashxis hamda davolashda elektrokimyoning roʻli.
2
7.

Sirt hodisalar. Sirt hodisalarning fizik-kimyosi

  1. 1. Sorbsiya. Sorbsiya turlari va ularning biologik ahamiyati.
  2. 2. Dori vositalarining organizmda yutilish darajalari
  3. 3. Xromotografiyaning tibbiyotda qoʻllanilishi
2
8.

1. Dispers sistemalarning fizik-kimyosi. Qonning kolloidligi va uning ivishi.

  1. 1. Dispers sistemalar. Dispers biosuyuqliklarda boradigan jarayonlar.
  2. 2. Kolloid eritmalar biologik suyuqliklar sifatida.
  3. 3. Zollarning biologik ahamiyati. Koagulyant va antikoagulyant
2
9.

Bioorganik kimyo. Organik kimyoning asoslari .

  1. 1. Organik kimyoga kirish. Organik kimyoning nazariy asoslari tuzilish nazariyasi.
  2. 2. Stereoizomeriya. Organik birikmalarning sinflanishi va nomlanishi. Organik birikmalarning kislotali va asosli xossalari.
  3. 3.Alifatik va aromatik uglevodorodlarning umumiy xossalari
2
10.

Okso - va oksi birikmalar. Poli va geterofunksional birikmalar asosidagi metabolitlar va dorivor vositalar.

  1. 1. 1. Spirtlar va fenollar biologik jarayonlardagi ahamiyati
  2. 2. 2. Aldegid va ketonlarning tibbiyotda qoʻllanilishi
  3. 3. 3. Oddiy va murakkab efirlar tirik organizmdagi roli
  4. 4. 4. Davolashda qoʻllaniladigan okso – va oksibirikmalar
2
11.

Geterohalqali birikmalar.

  1. 1. Geterosiklik birikmalar tuzilishi va sinflanishi.
  2. 2. Besh aʼzoli, olti aʼzoli va kondensirlangan geterosiklik birikmalar.
  3. 3. Antibiotiklar. Alkaloidlar.
2
12.

Aminokislotalar. Peptidlar. Oqsillar.

  1. 1. Aminokislotalar va ularning sinflari
  2. 2. Peptidlar va oqsillar. Oqsillar hazmi
  3. 3. Aminokislota va oqsillarning biologik funksiyalari
2
13.

1. Uglevodlar. Mono-, di-, gomo- va geteropolisaxaridlarning tuzilishi va xossalari

  1. 1. Uglevodlar va ularning sinflari
  2. 2. Monosaxaridlar. Disaxaridlar. Polisaxaridlar
  3. 3. Qandli diabet haqida.
2
14.

Nuklein kislotalar. Fermentlar.

  1. 1. Nukleozid va nukleotid, DNK va RNK tuzilishi, funksiyalari
  2. 2. Irsiy kasalliklar. Genetik kod. Gen muhandisligi
  3. 3. Fermentlar biologik katalaizatorlar sifatida.
2
15.

Lipidlar. Vitaminlar.

  1. 1. Yogʻ va moylarning ahamiyati
  2. 2. Gormonlar. Steroid va nosteroid gormonlar
  3. 3. Vitaminlar turlari va ahamiyati. Vitamin yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar.
2
Jami 30

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Tibbiy kimyoga kirish. Biogen elementlarning analitik reaksiyalari. Yadro kimyosi.

  1. 1. Tibbiy kimyoning obʼyekti
  2. 2. Biogen elementlarning analitik reaksiyalari
  3. 3. Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Kalsiy va uning ahamiyati
2
2.

Osh tuzi va glyukozaning fiziologik, gipotonik, gipertonik eritmalarini tayorlash

  1. 1. Eritmalar va ularning turlari
  2. 2. Kolloid eritmalar va biologik suyuqliklar
  3. 3. Osmotik bosim va osmos hodisasi
2
3.

Organizmning bufer sistemalari Har xil pH qiymat buferi eritmalar tayyorlash

  1. 1. Bufer sistema. Buferlik xossa va uning inson salomatligidagi roli
  2. 2. Bufer sigʻim va uni aniqlash usullari
  3. 3. Organizmdagi kislota-asos muvozanati va titrlashning mohiyati.
2
4.

Biologik jarayonlar termodinamikasi. Kimyoviy reaksiyalar tezligi

  1. 1. Termodinamika va termodinamika qonunlari
  2. 2. Ochiq, yopiq va izolatsiyalangan sistemalar
  3. 3. Energiya almashinuvining inson hayotidagi ahamiyati
2
5.

Kompleks birikmalar. Ichki kompleks birikmalar. Kompleksometriya usulida ichimlik suvining qattiqligini aniqlash.

  1. 1. Kompleks birikmalar. Xelatlar.
  2. 2. Xelatlar-organik ligandlarning kompleks birikmalari.
  3. 3. Gemoglobin va mioglobin tuzilishi
2
6.

Davolash amaliyoti va tashxisda elektrokimyo asoslarining qo'llanilishi

  1. 1. Elektrokimyo va uning mohiyati
  2. 2. Elektromagnit maydon va odam organizmi
  3. 3. Elektroforez. Fizioterapiyadagi elektrokimyoviy usullar
2
7.

Tirik organizmlardagi sirt xodisalari va xromatografiya

  1. 1. Sirt taranglik. Mushaklarda sirt hodisalar.
  2. 2. Koagulyatsiya va Sedimentatsiya.
  3. 3. Qon ivishi - fiziologik muhim jarayon sifatida
  4. 4. Koagulyantlar va antikoagulyantlar
2
8.

Dispers sistemalar. Kolloid eritmalarning koagulyasiyasi. Qonning ivishi va kolloid himoya

  1. 1. Dispers sistemalar. Zollar
  2. 2. Kolloid shaklidagi biologik suyuqliklar
  3. 3. Kolloid eritmalarning biologik ahamiyati
2
9.

Organik birikmalar va ularning tasnifi, xossalari .

  1. 1. Toʻyingan va toʻyinmagan uglevodorodlar.
  2. 2. Kislorod saqlovchi organik birikmalar.
  3. 3. Efir moylari va ularning inson hayotiga taʼsiri.
2
10.

Okso- va oksi birikmalar. Poli va geterofunksional birikmalar asosidagi metabolitlar va dorivor vositalar.

  1. 1. Spirtlar. Fenollar, xossalari biologik jarayonlardagi ahamiyati
  2. 2. Aldegid va ketonlar. Xossalari va ularning tibbiyotda qoʻllanilishi
  3. 3. Oddiy va murakkab efirlar. Karbon kislotalar
  4. 4. Davolashda qoʻllaniladigan okso – va oksibirikmalar
2
11.

Geterohalqali birikmalar

  1. 1. Karbosiklik va geterosiklik birikmalar.
  2. 2. Metabolit bilan dorivor moddalarning farqlari;
  3. 3. Azot saqlovchi geterosiklik birikmalar.
  4. 4. Geterosiklik birikmalarning hazmdagi roli
2
12.

Alfa aminokislotalarning kimyoviy hossalariga oid sifat reaksiyalari. Oqsillar va ularning biologik funksiyalari. Klinik laboratoriyalarda qo‘llaniluvchi oqsillarga xos analitik reaksiyalar

  1. 1. Oqsillar va ularning biologik funksiyalari.
  2. 2. Oqsil va peptidlar. Oqsil biosintezi, Polipeptidlar
  3. 3. Oqsillarnimng inson organizmidagi biologik funksiyasi
2
13.

Uglevodlar. Monosaxaridlar. Di- va polisaxaridlar

  1. 1. Uglevodlar klassifikatsiyasi
  2. 2. Mono-, di- va polisaxaridlar
  3. 3. Nafas tizimi organlarining energiya almashinuvidagi roli
2
14.

Nuklein kislotalar - tirik organizmlar hayot ta’sirifaoliyati. Nuklein kislotalarning oqsil sitezidagi roli. Irsiy kasalliklar. Fermentlar - biokatalizatorlar sifatida. Fermentlarning biologik ro'li

  1. 1. Fermentalar va ularning biologik axamiyati
  2. 2. Nuklein kislotalar, nuklezidlar va nuleotidlar
  3. 3. Mononukleotidlar. Polinukleotidlar. RNK va DNK
2
15.

Lipidlar. Sovunlanadigan lipidlar - tirik organizmlar hujayra asosi. Sovunlanmaydigan lipidlar - xolesterin, o’t kislotalari va gormonlar asosi sifatida. Vitaminlar. Suvda va yog'da eruvchi vitaminlar.

  1. 1. Moylar va yogʻlar almashinuvi.
  2. 2. Murakkab efirlar. Lipidlarning turlari haqida
  3. 3. Vitaminlar. Suvda va yogʻda eruvchi vitaminlar
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

7.3. Axborot manbaalari

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Umumiy kimyo kafedrasi
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: D bino, Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, 307 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Umumiy kimyo” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F. Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

S. G. Usmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

Kiritilmagan

Fan oʻqituvchisi