Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Jamoat salomatligi. marketing, menejment.

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 6
Fan nomi Jamoat salomatligi. marketing, menejment. Fan kodi JSMM 1606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriq
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
90
(aud)
90
(must)
18 72
 

2. Fan maqsadi

Talabalarga jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish fani haqida tushuncha, fanining vazifalari, profilaktik tibbiy koʻriklar oʻtkazish, stomatologik patologiyasi boʻlgan bemorlarni dispanserizatsiya nazoratiga olish, kasalliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tibbiy-statistik tahlil qilishning ijtimoiy-gigiyenik usullaridan foydalana olishi, davolash-profilaktika muassasalari faoliyatining asosiy koʻrsatgichlarini tahlil qilishni shakllantirishdan iborat

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya (GHGTE1406)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • inson salomatligiga salbiy taʼsir etuvchi xavf omillari va ularni bartarf etishni;
  • statistik tadqiqot va uni oʻtkazish bosichlarini;
  • tibbiyot statistikasi asoslarini, koʻrsatgichlarni xisoblab, ularga baho berishni bilishlari lozim;
  • nisbiy miqdorlar, oʻrtacha miqdorlar, grafik tasvirlar, korrelyatsiya, dinamik qatorlar, standartlashtirish haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • davolash profilaktika muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
  • kasalliklar koʻrsatgichlarini xisoblash va statistik tahlil qilishni bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Aholi salomatligi,davolash-profilaktika muassasalari faoliyatining asosiy koʻrsatgichlarini tahlil qilish, ularni taqqosiy baholash;
  • Aholiga davolash –profilaktika yordamini tashkil qilish;
  • Mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish;
  • Sogʻliqni saqlash va tibbiy yordamning sifatini nazorat qilishni;
  • Aholini gigiyenik tarbiyalash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish ishlarini oʻtkazish;
  • Kasalliklarni erta diagnostikasi, kelib chiqishini va tarqalishini oldini olish;
  • Profilaktik tibbiy koʻrikalar oʻtkazish, sogʻlom va surunkali kasalliklari boʻlgan aholini dispanserizatsiyasi va dispanser kuzatishni amalga oshirishga tayyor boʻlish malakasiga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

“Jamoat salomatligi. Marketing, menejment” faniga kirish. Tibbiyot statistikasi asoslari

  1. 1“Jamoat salomatligi. Marketing, menejment” fan sifatida tibbiyot, gigiena va jamiyat fanlari ichidagi oʻrni..
  2. 2. Tibbiyot statistikasi va uning sogʻliqni saqlashni nazariy va amaliy ahamiyati.
  3. 3. Statistik tadqiqot bosqichlari
  4. 4. General va tanlab olingan majmualar haqida tushuncha.
  5. 5. Mutloq, nisbiy, oʻrtacha miqdorlar, ularni tibbiyotda qoʻllanilishi.
2
2.

Aholi orasida demografik jarayonlarni o‘rganish usullari.

  1. 1 Demografiya, uning tibbiyotda va sogʻliqni saqlashdagi oʻrni.
  2. 2. Demografik portlash, krizis tushunchalari, aholi oʻsishining muammolari.
  3. 3.Demografik koʻrsatgichlar.
  4. 4.Jismoniy rivojlanish - aholi salomatligini koʻrsatkichi sifatida
2
3.

Aholi kasallanishi va uni o‘rganish usullari, ijtimoiy-tibbiy qirralari. Sog‘lom turmush tarzi va uni shakllantirish usullari. Vrach etikasi va tibbiyot deontologiyasi

  1. 1.Kasalliklar, jarohatlar va oʻlim sabablarining tasnif.
  2. 2.Aholini kasallanishini oʻrganishning usullari va uslublari, kasallanishni oʻrganishda ekspert baholash, aholini kasallanish sabablarini oʻrganish..
  3. 3. Sogʻlom turmush tarzi haqida tushuncha.
  4. 4. Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish texnologiyalari.
2
4.

Sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy sanitariya yordamni tashkil etish

  1. 1. BTSYO koʻrsatadigan muassasalar, vazifalari, strukturasi.BTSYO tashkil etish, baholash va tahlil qilish.
  2. 2. Oilaviy shifokor asosiy vazifalari, oilaviy shifokorning asosiy ish uslubi, ish faoliyatini baholaydigan koʻrsatkichlar.
  3. 3. OSH faoliyatida qoʻllaniladigan hisobiy va hisobot hujjatlari.
  4. 4. Tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish (TTYo) va uning aholining barcha qatlamlariga yordam koʻrsatishning muhim tomonlari.
2
5.

Shahar va qishloq aholisiga tibbiy yordamni tashkil etish

  1. 1. Oilaviy poliklinika tuzilishi, asosiy vazifalari.
  2. 2 Qishloq aholisiga tibbiy yordam koʻrsatishni oʻziga xos xususiyatlari.
  3. 3. Shahar aholisiga tibbiy yordam koʻrsatishni oʻziga xos xususiyatlari.
  4. 4. Aholiga statsionar yordamni tashkil etish, statsionar koʻrsatgichlari.
  5. 5.Oʻzbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar vazifalari va strukturasi
2
6.

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish.

  1. 1.Onalar va bolalarga davolash-profilaktik yordamini koʻrsatish tizimini boshqarish tartibi.
  2. 2. Tibbiy-akusherlik yordamni koʻrsatishni tashkillashtirish, ayollar va bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalarning asosiy turlari va ularning ishini tashkillashtirish tamoyillari.
  3. 3. Akusherlik kompleksi, uning vazifalari va tarkibi; xizmat koʻrsatishning asosiy kontingentlari
  4. 4. Ayollarga va bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish va uning bosichlari.
  5. 5. Bolalar va onalar oʻlimini oldini olish chora-tadbirlari.
2
7.

Mehnat qobiliyatini aniqlash bo‘yicha vrachlik ekspertizasi. Sanitariya epidemiologiya xizmatini tashkil etish

  1. 1. Ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminot xaqida tushuncha.
  2. 2. Mehnatga layoqatsizlik va uning turlari, vaqtinchalik va turgʻun mehnatga layoqatsizlik
  3. 2. Vaqtinchalik mehnatga yaroqsizlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy-mehnat ekspertizasini tashkil etish.
  4. 3. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va maʼlumotnomalarni ahamiyati.
  5. 4. Turgʻun mehnatga yaroqsizlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy-mehnat ekspertizasini tashkil etish. Nogironlik. Ijtimoiy milliy himoya agentligi (IHMA).
  6. 5. Sanitariya –epidemiologiya xizmatini tashkil etish
2
8.

Sog`liqni saqlashdada marketing.

  1. 1. Sogʻliqni saqlashda marketingning taʼrifi.
  2. 2. Marketing kontseptsiyalari, marketing muhitlari.
  3. 3. Tibbiy xizmat tushunchasi.
  4. 4 Tibbiy xizmatlarga narx belgilash.
2
9.

Sog`liqni saqlashda menejment. Sog`liqni saqlash muassasalarida xodimlarni boshqarish

  1. 1. Menejment tarixiy rivojlanish bosqichlari, boshqaruv maqsadi, turlari.
  2. 2. Menejment funktsiyalari (rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat, motivatsiya)
  3. 3. Boshqaruv usullari
  4. 4. Sogʻliqni saqlash muassasalarida xodimlarni boshqarish, boshqarish obʼyekti va subyekti.
  5. 5. Rahbarning xodimlar bilan oʻzaro munosabati. Rahbarning sifatiy tomonlari va ish stili.
2
Jami 18

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Jamoat salomatligi va sog‘likni saqlashni tashkil etish fanni,Tibbiyot statistikasi, uning sog‘liqni saqlashdagi ahamiyati, tibbiyot statistikasi turlari va ularning asosiy vazifalari

  1. 1.Tibbiyot statistikasi (biostatistika) va uning asosiy vazifalari.
  2. 2. Statistik tadqiqotlarni tashkil etish
  3. 3. General va tanlab olingan majmua
2
2.

Statistik tadqiqotlarni tashkil etish bosqichlari

  1. 1. Tadqiqot rejasi va dasturini tuzish
  2. 2. Maʼlumot yigʻish va kuzatish
  3. 3. Yigʻilgan materiallarni guruhlarga ajratish, jamlash va hisoblash.
  4. 4. Statistik tahlil, xulosalar chiqarish va ularni amaliyotga tadbiq etish
2
3.

Nisbiy miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi

  1. 1. Nisbiy miqdorlar xaqida tushuncha.
  2. 2. Intensiv koʻrsatgichlar va ularni xisoblash .
  3. 3. Ekstensiv koʻrsatgichlar va ularni xisoblash .
  4. 4. Aloqadorlik koʻrsatgichi va ularni xisoblash .
  5. 5. Yaqqollik koʻrsatgichi va ularni xisoblash
2
4.

O‘rtacha miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, tibbiyotda qo‘llanilishi.

  1. 1. Oʻrtacha miqdorlar xaqida tushuncha.
  2. 2.Varianta, variatsion qator, moda va mediana xaqida tushuncha.
  3. 3. Oʻrtacha miqdorlar turlari va ularni xisoblash usullari.
  4. 4. Oʻrtacha arifmetik qiymat (M), oʻrtacha kvadratik ogʻish (x) va oʻrtacha xatolik (m) xisoblash usullari.
2
5.

Statistik tadqiqotlar xaqoniyligini baholashning parametrik usullari

  1. 1. Tadqiqot natijasida olingan koʻrsatgichlarni aniqligiga baho berish
  2. 2. Nisbiy qiymatlarni oʻrtacha xatoligini xisoblash
  3. 3. Oʻrtacha arifmetik qiymatning oʻrtacha xatoligini topish
  4. 4. Oʻrtacha arifmetik qiymatlar orasidagi tafavutlarning xaqiqiyligini baholash
2
6.

Standartlash usuli statistik taxlilda qo`llanilishi

  1. 1. Sanitariya statistikasida standrtlash usulini qoʻllanilishi
  2. 2. Standart koʻrsatkichlarni hisoblash usullari
  3. 3. Standart koʻrsatkichlarni hisoblashning toʻgʻri usul
2
7.

Xodisalar va belgilar orasidagi bog`lanishni baholash-korrelyatsiya koeffitsienti, uning baholash usullari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi.

  1. 1. Korelyatsiya haqida tushuncha.
  2. 2. Korelyatsion va funktsional bogʻlanish.
  3. 3. Kuchli, oʻrtacha va kuchsiz korelyatsiya.
  4. 4. Korelyatsiya koeffitsiyentini xisoblash usullari (Spirmen,Pirson usuli).
2
8.

Dinamik qatorlar, turlari, ko‘rsatkichlari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi.

  1. 1. Dinamik qatorlar xaqida tushuncha, oddiy va murakkab dinamik qatorlar.
  2. 2. Absolyut koʻpayish, oʻsish surʼati, koʻpayish surʼati va koʻrgazmali koʻrsatkichlar
  3. 3. Dinamik qatorlarni tahlil qilish koʻrsatgichlari.
2
9.

Grafik tasvirlar, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi

  1. 1. Grafik tasvirlar xaqida tushuncha.
  2. 2. Diagrammalar, turlari va ularning tibbiyotda qoʻllanilishi
  3. 3. Kartogramma va kartodiagrammalar
2
10.

Demografik jarayonlarning tibbiy va ijtimoiy jihatlari.

  1. 1.Demografiya xaqida tushuncha.
  2. 2.Aholi statistikasi, aholi zichligi va aholi tarkibi koʻrsatkichlarii
  3. 3 Aholi dinamikasi, aholini mexanik va tabiy xarakati (migratsiya, tugilish va oʻlim).
  4. 4.Aholini tabiy xarakati koʻrsatgichlari va ularni xisoblash.
  5. 5. Bolalar oʻlimi koʻrsatgichlari va ularni xisoblash
2
11.

Aholi kasallanishlari ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash. Halqaro kasalliklar tasnifi.

  1. 1. Kasallanish xaqida tushuncha, xalqaro kasalliklar klassifatsiyasi
  2. 2. Kasallanishni oʻrganish usullari va uslublari
  3. 3. Kasallanish koʻrsatgichlari va ularni xisoblash.
  4. 4. Hisob va hisobot hujjatlari
2
12.

Sog`lom turmush tarzi va uni shakllantirish.

  1. 1. Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish elementlari
  2. 2. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar va ularni oldini olish
  3. 3. Kasalliklarni oldini olishda sogʻlom turmush tarzining ahamiyati
  4. 4. Axolini gigiyenik oʻqitish va tarbiyalashning gigiyenik asoslari.
  5. 5. Profilaktika tushunchasi, asosiy tamoyillari, mazmuni.
2
13.

Vrach etikasi va tibbiyot deontologiyasi

  1. 1. Shifokor etikasi va deontologiya haqida tushuncha.
  2. 2. Shifokor va bemor oʻrtasidagi munosabat
  3. 3. Shifokor bilan bemorning qarindosh-urugʻlari oʻrtasidagi munosabat
  4. 4. Tibbiyot jamoasi bilan vrachlar oʻrtasidagi munosabatlarning etik qirralari
2
14.

Muhim noepidemik kasalliklar va ularning profilaktikasi

  1. 1.Yurak qon-tomir va onkologik kasalliklari va ularning profilaktikasi
  2. 2. Qandli diabet ijtimoiy-gigienik muammo
  3. 3. Аllergik kasalliklar va oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari ijtimoiy-gigienik muammo.
  4. 4. Bronxial astma kasalligining tarqalganligi va uning profilaktikasi
2
15.

O`zbekiston Respublikasida Sog`liqni saqlash tizimi faoliyatining me`yoriy xuquqiy asoslari .

  1. 1. Sogʻliqni saqlash tizimi xaqida tushuncha
  2. 2. Oʻzbekiston respublikasi sogʻliqni saqlash tizimining tashkiliy tuzilmasi.
  3. 3. “Fuqarolar sogʻligini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunning mohiyati
  4. 4. Sogʻliqni saqlash muassasalarining nomenklaturasi
  5. 5. Sogʻliqni saqlashni tashkil etishning asosiy prinsiplari
2
16.

Aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamni tashkil etish.

  1. 1.BTSYO koʻrsatadigan muassasalar, vazifalari, strukturasi.BTSYO tashkil etish (PF-2857 , PF-6110) , baholash va tahlil qilish.
  2. 2. Birlamchi tibbiy sanitariya yordamni tashkil etishning asosiy shakllari. 3. Tibbiy yordam turlari 4.Oilaviy shifokor faoliyatida qoʻllaniladigan hisobiy va hisobot hujjatlari
2
17.

Shaxar aholiga davolash-profilaktika yordamini tashkil etish. Poliklinika ishini tashkil etish.

  1. 1.Shaxar aholisiga tibbiy yordam koʻrsatishning oʻziga xosligi
  2. 2.Poliklinika ishini tashkil etish.
  3. 3.Polklinikalarining turlari va tuzilishi 4.Oila shifokorininf ish uslubi 5. Aholi salomatligini muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar
2
18.

Qishloq aholisiga davolash-profilaktika yordamini tashkil etish. Qishloq shifokorlik punkti (QShP) ishini tashkil etish

  1. 1. Qishloq aholisiga tibbiy yordam koʻrsatishning oʻziga xos xususiyatlari
  2. 2.Qishloq aholisiga tibbiy yordam koʻrsatish etaplari (OShP,TTB,TKTMP,TMSh) 3.Kattalarga va bolalarga qishloq sharoitida tibbiy yordam koʻrsatish.
2
19.

Aholini dispanserizatsiyadan o`tkazish, asosiy vazifasi. Dispanser guruhlari.

  1. 1. Aholini dispanser nazoratiga olish bosqichlari va elementlari
  2. 2. Oilaviy shifokor (OSh) dispanser nazoratidagi kasalliklar, dispanserizatsiya samaradorligi koʻrsatgichlari
  3. 3. Bolalar taʼlim muassasalarida dispsnserizatsiya bosqichlari
2
20.

Aholiga statsionar-kasalxona xizmatini tashkil etish

  1. 1. Aholiga stastsionar xizmatni tashkil etishning ahamiyati.
  2. 2. Shahar kasalxonasi tuzilishi, vazifasi.
  3. 3. Qabulxona tuzilishi, asosiy vazifalari
  4. 4. Kasalhonaning asosiy koʻrsatgichlari
2
21.

Sanoat korxonasi ishchilariga tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish. TSQ ning asosiy vazifalari.

  1. 1. Tibbiyot sanitariya qismi (TSQ), turlari va vazifasi
  2. 2. Ishchilarga tibbiy koʻriklarni tashkil etish va amalga oshirish
  3. 3. Tibbiy-sanitariya qismida tibbiy yordamni tashkil etish.
2
22.

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish.

  1. 1.Onalik va bolalikni muxofaza qilishning ijtimoiy-gigiyenik jixatlari.
  2. 2.Onalik va bolalikni muhofaza qilishning bosqichlari.
  3. 3.Ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarga ambulatoriya xizmatini tashkil etish. Dispanserizatsiya
  4. 4.Ayollarga tibbiy yordamni tashkil etish.
  5. 5.Bolalarga tibbiy yordamini tashkil etish.
2
23.

Vaqtinchalik va turg`un mehnatga layoqatsizlik qobiliyatini aniqlash bo‘yicha vrachlik ekspertizasi.

  1. 1.Ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminot xaqida tushuncha.
  2. 2.Mehnatga layoqatsizlik turlari. Vaqtinchalik va turgʻun mehnatga layoqatsizlik.
  3. 3. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va maʼlumotnomalarni ahamiyati.
  4. 4. Kasallanish va jarohatlanishlarda, homiladorlikada, tugʻuruqda va bemorlarni parvarish qilishda mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berilishi.
  5. 5.Turgʻun mehnatga layoqatsizlikni ekspertiza qilish. Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) xaqida tushuncha.
  6. 6.Nogironlik va nogironlik guruhlari
2
24.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini tashkil etish

  1. 1.Sanitariya –epidemiologiya xizmati ekologiya va profilaktikada tutgan oʻrni
  2. 2.DSENM asosiy vazifalari va funksiyalari
  3. 3.Aholiga sanitariya-epidemiologiya xizmat koʻrsatishning asosiy prinsiplari
  4. 4.Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati
2
25.

Sog`liqni saqlashda marketing.

  1. 1.Sogʻliqni saqlashda marketingning tushunchasi.
  2. 2. Sogʻliqni saqlashda bozor turlari.
  3. 3. Marketing kontseptsiyalari.
2
26.

Marketing muhitlari. Tibbiy xizmat tushunchasi.

  1. 1.Marketing makro va mikro muhitini tahlil qilish.
  2. 2.Marketing makro muhitiga taʼsir qiluvchi omillar.
  3. 3. Tibbiy xizmatlarga narx belgilash
2
27.

Menejment asoslari.

  1. 1.Menejment xaqida tushuncha.
  2. 2.Menejment tarixiy rivojlanish bosqichlari.
  3. 3.Menejment maktablari: Ilmiy menejment maktabi, mumtoz yoki maʼmuriy menejment, inson munosabatlari maktabi, miqdoiriy, tizimli yoki zamonaviy menejment.
2
28.

Boshqaruv maqsadi, turlari. Menejment funktsiyalari.

  1. 1.Boshqaruv maqsadlari va ularga qoʻyiladigan talablar.
  2. 2. Boshqaruv maqsadlarining turlari.
  3. 3. Maqsadli boshqaruv usuli pogʻonalari.
  4. 4.Boshqaruv funktsiyalarining maʼnosi va mohiyati
2
29.

Boshqaruv usullari va uslublari.

  1. 1.Boshqaruv usullari toʻgʻrisida tushuncha.
  2. 2.Maʼmuriy boshqaruv.
  3. 3. Iqtisodiy boshqaruv.
  4. 4. Ijtimoiy-psixologik boshqaruv.
  5. 5.Rahbarlik uslubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi.
2
30.

Menejmentda motivlashtirish.

  1. 1. Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha.
  2. 2.Moddiy va nomoddiy motivatsiya.
  3. 3.F.Gersbergning motivatsiya nazariyasi.
  4. 4.Motivatsiyaning boshqaruvdagi ahamiyati
2
31.

Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish usullari.

  1. 1.Boshqaruv qarorlarining maqsadi.
  2. 2.Boshqaruv qarorlariga qoʻyiladigan talablar.
  3. 3.Boshqaruv qarorlari elementlari.
  4. 4.Qaror qabul qilish usullari.
2
32.

Sog`liqni saqlash muassasalarida menejment.

  1. 1.Sogʻliqni saqlash menejmentining asosiy vazifalari.
  2. 2.Menejmentda axborot va tahlilning oʻrni.
  3. 3.Boshqaruv jarayonining bosqichlari.
2
33.

Boshqarish ob`yekti va sub`yekti.

  1. 1.Soʻgʻliqni saqlash tizimida boshqaruv subʼektlari.
  2. 2.Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv obʼyektlari.
  3. 3.Vakolatlar, turlari, vakolatlarni yuklash.
2
34.

Xodimlarni boshqarish.

  1. 1.Xodimlarni boshqarishning asosiy maqsadi va funktsiyalari.
  2. 2.Xodimlarni ragʻbatlantirish, turlari.
  3. 3.Xodimlarni boshqarishda duch kelinadigan muammolar.
2
35.

Xodimlarni boshqaruv jarayonlarining asosiy bosqichlari.

  1. 1.Xodimlarni boshqaruvining asosiy bosqichlari xaqida tushuncha.
  2. 2.Xodimlarga boʻlgan ehtiyojni rejalashtirish.
  3. 3.Xodimlarni jalb qilish va tanlab olish
  4. 4.Ish haqi va imtiyozlarni belgilash, mehnatga qiziqtirish.
  5. 5.A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi.
2
36.

Rahbarning xodimlar bilan o`zaro munosabati.

  1. 1.Psixologik omillar va ularning oʻzaro munosabatlarda tutgan oʻrni.
  2. 2.Xodimlar bilan munosabatda rahbarning asosiy vazifalari.
  3. 3.Xodimlarni boshqarishda huquqiy yondoshuv asoslari.
2
Jami 72

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Nisbiy miqdorlar, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi

2.

O‘rtacha miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, tibbiyotda qo‘llanilishi

3.

Grafik tasvirlar, ularning qo‘llanilishi

4.

Korelyatsiya koefitsenti, uning baholash usullari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi

5.

Dinamik qatorlar, turlari, ko‘rsatkichlari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi

6.

Aholi orasida demografik jarayon va demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari

7.

Ijtimoiy-gigienik ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish, ularni kamaytirish borasida oilaviy shifokorning roli

8.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining ish faoliyatini tashkil qilish. Dispaserizatsiya

9.

OP, OShP va statsionar (kasalxona) ish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish usullari

10.

Shoshilinch tibbiy xizmat va ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati. Tez tibbiy yordam stansiyalarining ish faoliyatining mazmuni, asosiy vazifalari, ish faoliyatini tahlili.

11.

Sog‘liqni saqlash tizimida marketing asoslari.

12.

Zamonaviy menejment. Sog‘liqni saqlash tizimida sifat menejmenti

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari
  2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari.
  3. Iskandarova SH.T., Maxmudova N.M., Djalilova G.A. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilishning asosiy masalalari, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2011 y
  4. Global Health 101.Richard Skolnik, USA, 2015 y.
  5. Iskandarov T.I., Abdufattaev A.A. Jamoatchilik salomatligi va sog‘liqni saqlash, Darslik. Toshkent. 2008 y.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://yandex.ru/search/?text=mamtqulov+jamoat+salomatligi&clid=2411726
  • - https://yandex.ru/search/?text=tibbiyot+statistikasi+mamatqulov&clid=2411726
  • https://tipme.uz/oz/pages/the_documents/orders_ministry/
  • iskandarova sh tibbiyot statistikasi —
  • jamoat salomatligi iskandarova —
  • richard skolnick global health —
  • iskandarov jamoatchilik salomatligi kitob —
  • www.minzdrav.uz- O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi buyruqlari

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi
Taqrizchilar:

Babich S.M - ADTI Ijtimoiy gigiyena va SSB kafedrasi mudiri, dotsent.

Saliyeva M.Yu - KUAF , Anatomiya, klinik va patologik anatomiya kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, B bino, 303-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi” kafedrasining 2025 yil 1 - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F. Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

A. Sh. Mamatyusupov

Kafedra mudiri

(imzo)

Sh.Hasanova

Fan oʻqituvchisi