![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Tibbiy biologiya va umumiy genetika pediatriya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910300 - Pediatriya ishi | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 6 | Semestr | 1 | ||
| Fan nomi | Tibbiy biologiya va umumiy genetika pediatriya | Fan kodi | TBUG1106 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 6 | Baholash shakli |
oraliq: ogʻzaki joriy: amaliy topshiriq yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 180 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | |
|
90 (aud) |
90 (must) |
30 | 60 | ||
2. Fan maqsadi
Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakillantirish; biologik qonuniyatlariga urgʻu bergan holda odamni biosotsial mavjudot sifatida oʻrganish; amaliy sogʻliqni saqlashga qiziqish uygʻotish; nazariy, uslubiy va amaliy koʻnikmalar orqali musta qil ishga tayyorlash; ham nazariy ham klinik modullarni oʻzlashtirish uchun asosni shakllantirishdir
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Hujayra nazariyasi va uning asosiy rivojlanish bosqichlarini bilishi;
- Genetikaning tibbiyotdagi ahamiyatini va Mndel qonunlarini bilishlari lozim;
- Mutatsion oʻzgaruvchanlik va uning xillarini bilishlari kerak;
- Urugʻlanish. Embrional rivojlanish davrlari va uning umumiy tasnifi: urugʻlanish, zigota, maydalanish, blastula, gastrulatsiya, gistogenez, organogenez haqida bilimlarga ega boʻlishlari lozim.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- hujayra boʻlinish usullari va ularning bosqichlari;
- xromosomalarda joylashgan irsiy axborot va uning tartibi;
- mutatsion va modifikatsion oʻzgaruvchanlik va uning xillari;
- har xil parazit guruhlarining kelib chiqishi va parazitizim haqida bilim koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Tibbiy ta’lim tizimida biologiyaning tutgan o‘rni. Mikroskop yordamida hujayra biologiyasini o‘rganish
|
2 |
| 2. |
Hujayrada moddalar va energiya oqimi, informatsiyaning berilishi. Aktiv va Passiv transport.
|
2 |
| 3. |
Hujayra organoidlari va ularning funksiyalari
|
2 |
| 4. |
Signal transduksiyasi va retseptorlar
|
2 |
| 5. |
Hujayra sikli. Mitoz va Meyoz. Tinchlik va harakat potensiali, kollagen va elastin sintezi
|
2 |
| 6. |
Umumiy genetika asoslari
|
2 |
| 7. |
O’zgaruvchanlik va uning xillari, Autosoma dominant va retsessiv kasalliklar
|
2 |
| 8. |
Morgan qonuni, Jins genetikasi va Embrional rivojlanish
|
2 |
| 9. |
Odam genetikasi va tibbiy genetika.
|
2 |
| 10. |
Irsiy kasallikning tasnifi (gen, xromosoma, genom kasalliklari).
|
2 |
| 11. |
Parazitlik qiluvchi sodda xayvonlar. Ichak parazitlari va Sporalilar
|
2 |
| 12. |
So‘rg‘ichlilar va Tasmasimon chuvalchanglar
|
2 |
| 13. |
Yumaloq chuvalchanglar tipiga umumiy tasnif
|
2 |
| 14. |
Odamlarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar. A’zolar sistemasining evolyusiyasi
|
2 |
| 15. |
Muxit-ekologik tushuncha. Zaxarli hayvonlar.
|
2 |
| Jami | 30 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Mikroskopning tuzilishini o‘rganish. Mikroskopda ishlashni o‘rganish. Hujayra biologiyasi. Hujayraning kimyoviy tarkibi.
|
2 |
| 2. |
Prokariot va eukariot hujayralarning umumiy tuzilishi. Hujayraning asosiy tarkibiy qisimlari.
|
2 |
| 3. |
Xujayrada moddalar va energiya oqimi, informatsiyaning berilishi. Aktiv va Passiv transport.
|
2 |
| 4. |
Xujayrada moddalar va energiya oqimi, informatsiyaning berilishi. Aktiv va Passiv transport.
|
2 |
| 5. |
Hujayra organoidlari: Endoplazmatik to’r, go’lji majmuosi, lizosoma.
|
2 |
| 6. |
Hujayra organoidlari: Periksisoma. Pratosoma Mitoxondrya
|
2 |
| 7. |
Hujayra organoidlari: Ribosoma Sitosiklet yadro
|
2 |
| 8. |
Signal transduksiyasi. Retseptorlar klasifikatsiyasi. Ionotrop retseptor
|
2 |
| 9. |
Metabatrob retseptorlar. Ikklamchi messenger
|
2 |
| 10. |
Tinchlik va harakat potensiali
|
2 |
| 11. |
Kollagen va Elastin sintezi. Ularning kasalliklari.
|
2 |
| 12. |
DNK strukturasi va replikatsiyasi. Oqsil biosintezi.
|
2 |
| 13. |
Hujayra biologiyasi: Hujayraning hayot sikli
|
2 |
| 14. |
Embrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
|
2 |
| 15. |
Mendel qonunlari. Ko’p allellik. Allel genlarning o’zaro ta’siri.
|
2 |
| 16. |
O’zgaruvchanlik va uning xillari.
|
2 |
| 17. |
Autosoma dominant va retsessiv kasalliklar
|
2 |
| 18. |
Morgan qonuni. Jins genetikasi. Jinsga bog’liq kasalliklar
|
2 |
| 19. |
Irsiy kasalliklar
|
2 |
| 20. |
Tibbiy genetik maslahat.
|
2 |
| 21. |
Postembrional rivojlanish. Atrof-muxit ifloslanishining genetik asoratlari. Rivojlanishda kuzatiladigan anomaliyalar.
|
2 |
| 22. |
Odamlarda parazitlik qiluvchi sodda xayvonlar: xivchinlilar odam parazitlari: tripanosomalar, leyshmaniyalar, trixomonodalar, lyambliyalar.
|
2 |
| 23. |
Sarkodalilar va infuzoriyalar - ichak parazitlari.
|
2 |
| 24. |
Sporalilar-odam parazitlari.
|
2 |
| 25. |
So‘rg‘ichlilar –odam parazitlari.
|
2 |
| 26. |
Tasmasimon chuvalchanglar - odam parazitlari
|
2 |
| 27. |
Yumaloq chuvalchanglar tipiga umumiy tasnif.
|
2 |
| 28. |
A’zolar sistemasining evolyusiyasi Irsiy kasalliklarning tasnifi.
|
2 |
| 29. |
Muxit-ekologik tushuncha
|
2 |
| 30. |
Zaxarli hayvonlar.
|
2 |
| Jami | 60 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|---|
| 1. |
Xujayra tuzilishi. Xujayra nazariyasi. Hayvon va odam xromosomalarning morfofunsianal xarakteristikasi. |
| 2. |
Xujayrada moddalar, energiya va ma’lumotlar oqimi. Aktiv va passiv transport. |
| 3. |
Retseptorlar klassifikatsiyasi. Ionotrop, metobotrop retseptorlar. Kallagen va elastin sintezi. Ularga oid kasalliklar. |
| 4. |
Belgilarning irsiylanish qonunlari. Irsiyat qonunlari. Genetik injeneriyaning tibbiyotdagi roli. Antimutagenez. |
| 5. |
Reparatsiya fermentlari faoliyatining xilma-xilligi. Noallel genlarning o‘zaro ta’siri. Pleyotropiya |
| 6. |
Organizmning mutagen ta’siriga chidamliligi. Tomas Morganning xromasoma nazariyasi. Jins genetikasi. |
| 7. |
Irsiyatning molekular asoslari. |
| 8. |
Antropogenetika usullari: shajara usuli, egizaklar usuli, biokimyoviy va sitogenetik usul, populyatsion-statistik usul. |
| 9. |
Irsiy kasalliklar: xromosoma va gen kasalliklari. Tibbiy genetik maslahat. |
| 10. |
Odamlarda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlar. Zaxarli hayvonlar. |
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Xoliqov P.X., Qurbonov A.Q. va boshq. Tibbiy biologiya va genetika. Darslik. Toshkent. 2024 y. – 568 bet.
- Ярыгин M. Biologiya.Moskva 2020 г. – 513 страница. Учебник для вузов.
- James L Hiatt Ph D, professor Emeritus Departament of Biomedical Sciances University of Meryland Dental School Baltimore Meryland. “Cell biology and histology”. - 436
- Mamatyusupov A.Sh., Mamajonov A.A. va boshq. Tibbiy biologiya. Darslik. Andijon. 2025y. – 213 bet.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Nishonboev K.N., Hamidov J.H. Tibbiy biologiya va genetika. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2005 y. 344 bet.
- Jamolov A.K., Yo.B.Muqumov va boshq. Tibbiy biologiya va umumiy genetika. O‘quv qo‘llanmasi. Toshkent. 2022 y. 480 bet.
- Nishonboev K.N., Eshonqulov O.E. va boshq. Tibbiyot genetikasi. Darslik. Toshkent . 2011 y. 300 bet.
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
|
|---|---|
| Elektron pochta: |
|
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
Ya.B.Tursunov - Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent T. Saydullayev - b.f.n., dotsent |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 18.00, B 413 -xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi” kafedrasining 2025 yil 1 - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F. Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) A. Sh. Mamatyusupov Kafedra mudiri |
(imzo) Mamajonov Abrorbek Adiljonovich. Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) Mamajonov A.A. Fan oʻqituvchisi |
