![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Tilshunoslik nazariyasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 | Semestr | 1 | ||
| Fan nomi | Tilshunoslik nazariyasi | Fan kodi | TN1,809 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 5 | Baholash shakli |
oraliq: ogʻzaki joriy: amaliy topshiriq yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 150 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | sem | |
|
60 (aud) |
90 (must) |
30 | 0 | ||
2. Fan maqsadi
Talabalarni tilshunoslik asoslari fanining nazariy masalalari (tushunchalar, nazariyalar va ularning islubyuboti, sohaning amaliy masalalarini yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirishdan iborat. Ayni paytda u talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga, tilshunoslikning nazariy va amaliy muammolarini hal etish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- -- oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga qoʻllay olishga oʻrgatish va natijada talabalarda yozma adabiy nutq meʼyorlariga munosabati kabilar yuzasidan bilimlarga ega boʻladilar;
- - talimni loyihalashtirishda taʼlim mazmuni, oʻqitish vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligini taʼminlash metodikalarini bilishi lozim;
- - mustaqil va ijodiy, tanqidiy-tahliliy fikr yuritish, turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va ulardan chiqishning muqobil variantini tanlay oladi;
- - ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotga qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllaydi. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- - Tilshunoslik fanining asosiy terminlarini tushuntirib bera olishni biladi;
- - Til sathlari haqida toʻla maʼlumot berish va ularning birliklarini ajrata oladi;
- - Tilshunoslikning asosy masala va mavzularini yaxshi tushunadi. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
“Tilshunoslik nazariyasi” fanining mundarijasi. Uning maqsad va vazifalari. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan munosabati
|
2 |
| 2. |
Til- ijtimoiy hodisa sifatida
|
2 |
| 3. |
Til va tafakkur munosabati
|
2 |
| 4. |
Tilning taraqqiyoti
|
2 |
| 5. |
Dunyo tillari va tillar tasnifi
|
2 |
| 6. |
Yozuvning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti
|
2 |
| 7. |
Til – ramzlar tizimi.
|
2 |
| 8. |
Tilning sathli tuzilishi. Til birliklari munosabati
|
2 |
| 9. |
Fonetika va fonologiya
|
2 |
| 10. |
Morfemika
|
2 |
| 11. |
Leksikologiya va semasiologiya
|
2 |
| 12. |
Grammatika. Morfologiya
|
2 |
| 13. |
Tilning sintaktik strukturasi
|
2 |
| 14. |
“Tilshunoslik” va boshqa fanlar
|
2 |
| 15. |
Lingvistik taxlil metodlari
|
2 |
| Jami | 30 | |
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Til- ijtimoiy hodisa sifatida
|
2 |
| 2. |
Til va tafakkur munosabati
|
2 |
| 3. |
Tilning taraqqiyoti
|
2 |
| 4. |
Dunyo tillari va tillar tasnifi
|
2 |
| 5. |
Yozuvning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti
|
2 |
| 6. |
Til – ramzlar tizimi.
|
2 |
| 7. |
Tilning sathli tuzilishi. Til birliklari munosabati.
|
2 |
| 8. |
Fonetika va fonologiya
|
2 |
| 9. |
Morfemika
|
2 |
| 10. |
Leksikologiya va semasiologiya
|
2 |
| 11. |
Grammatika. Morfologiya
|
2 |
| 12. |
Tilning sintaktik strukturasi
|
2 |
| 13. |
Tilning sintaktik strukturasi
|
2 |
| 14. |
“Tilshunoslik” va boshqa fanlar
|
2 |
| 15. |
Lingvistik taxlil metodlari
|
2 |
| Jami | 30 | |
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|---|
| 1. |
Til qurilishi va tizimi. |
| 2. |
Til va tafakkur |
| 3. |
Til va nutq. |
| 4. |
Til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar |
| 5. |
Boduen de Kurtenening falsafiy qarashlari. |
| 6. |
Tilning tipologik tasnifi. |
| 7. |
Lisoniy paradigma. |
| 8. |
Lisoniy tasnif. |
| 9. |
Lisoniy ziddiyat. |
| 10. |
Ana’aviy va struktur tilshunoslik munosabatlari masalasi. |
| 11. |
Tilning belgilar sistemasi ekanligi |
| 12. |
Dunyo tillari tasnifi |
| 13. |
Yozuv. |
| 14. |
Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga koʻra turlari: umumiy fonetika, xususiy fonetika (tavsifiy fonetika, tarixiy fonetika), qiyosiy fonetika, eksperimental fonetika. |
| 15. |
Fonetika aspektlari: 1. Fizik-akustik aspekt. 2. Anatomik-fiziologik aspekt. 3. Perseptiv aspekt. 4. Lingvistik-funksional aspekt. |
| 16. |
Fonema nazariyalari. Fonemaning differensial va integral belgilari. |
| 17. |
Tilning leksik taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar |
| 18. |
Tilning lug‘at tarkibi. |
| 19. |
Til taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar. |
| 20. |
Leksikologiyaning turlari: umumiy va xususiy leksikolgiya. Diaxron va sinxron leksikologiya. |
| 21. |
Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. |
| 22. |
Tilshunoslikning taraqqiyot bosqichlari va tilshunoslik maktablari |
| 23. |
An’anaviy tilshunoslik |
| 24. |
Sistem-struktor tilshunoslik. |
| 25. |
Antroposentrik tilshunoslik |
| 26. |
Strurturalizm maktablari, |
| 27. |
“Yosh grammatiklar” maktabi. |
| 28. |
Qozon lingvistik maktabi. |
| 29. |
Moskva lingvistik maktabi. |
| 30. |
Praga lingvistik maktabi. |
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Sayfullayeva R.R. va boshq. Tilshunoslikka kirish. Darslik.- Buxoro. 2021. “Durdona”, – 274 b.
- Xolmonova Z. Tilshunoslik nazariyasi. Darslik. – Toshkent. “Nodirabegim”, 2020. – 256b.
- Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. Darslik. – Toshkent. “Yangi asr avlodi”.2009. – 256b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. 2008. -132 б.
- Qodirov Z. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent .”Yangi asr avlodi”, 2025. – 332 b.
- Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Darslik. – Toshkent. “Sharq”, 2010. – 176 b.
7.3. Axborot manbaalari
- https://ziyonet.uz/
- https://inlibrary.uz/
- https://arxiv.uz/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Arabboyeva Mahfuza Akramjonovna Kabuljonova Gulbaxor Komiljonovna |
|---|---|
| Elektron pochta: |
mahfuzaarabboyeva@gmail.com kabulzonovagulbaxor@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
O.O.Azamatova - Andijon davlat pedagogika insituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi v.b. dotsenti f.f.b.f.d. O.Azamatovadotsenti F.K.Xabibullayeva - Qo'qon universiteti Andijon filiali O'zbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, f.f.b.f.d (PhD) |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 18:00, 401– xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Oʻzbek va rus filologiyasi” kafedrasining 2025-yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S. Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) F. K. Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) M.A.Arabboyeva Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) G.K.Kabuljonova Fan oʻqituvchisi |
