Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100 - Stomatologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 3
Fan nomi Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish Fan kodi JSSMT 1404
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriq
yakuniy: Test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
12 48
 

2. Fan maqsadi

Talabalarga jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish fani haqida tushuncha, fanining vazifalari, profilaktik tibbiy koʻriklar oʻtkazish, stomatologik patologiyasi boʻlgan bemorlarni dispanserizatsiya nazoratiga olish, stomatologik kasalliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tibbiy-statistik tahlil qilishning ijtimoiy-gigiyenik usullaridan foydalana olishi, davolash-profilaktika muassasalari faoliyatining asosiy koʻrsatgichlarini tahlil qilishni shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Stomatologiyaga kirish (SK1104)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • inson salomatligiga salbiy taʼsir etuvchi xavf omillari va ularni bartarf etishni;
  • statistik tadqiqot va uni oʻtkazish bosqichlarini;
  • tibbiyot statistikasi asoslarini, koʻrsatgichlarni xisoblab, ularga baho berishni bilishlari lozim;
  • nisbiy miqdorlar, oʻrtacha miqdorlar, grafik tasvirlar, korrelyatsiya, dinamik qatorlar, standartlashtirish haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • davolash profilaktika muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
  • stomatologik kasaliklar koʻrsatgichlarini xisoblash va statistik tahlil qilishni bilishi kerak

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Aholi salomatligi, stomatologik muassasalar faoliyatining asosiy koʻrsatgichlarini tahlil qilish, ularni taqqosiy baholash;
  • Aholiga davolash –profilaktika va stomatologik yordamini tashkil qilish;
  • Mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish;
  • Sogʻliqni saqlash va stomatologik yordamning sifatini nazorat qilishni;
  • Aholini gigiyenik tarbiyalash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish ishlarini oʻtkazish;
  • Stomatologik kasalliklarni erta diagnostikasi, kelib chiqishini va tarqalishini oldini olish;
  • Profilaktik tibbiy koʻriklar oʻtkazish, sogʻlom va surunkali kasalliklari boʻlgan aholini dispanserizatsiyasi va dispanser kuzatishni amalga oshirishga tayyor boʻlish malakasiga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

“Jamoat salomatligi va sog`liqni saqlashni tashkil etish” faniga kirish. Tibbiyot statistikasi asoslari

  1. 1“Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish” fan sifatida tibbiyot, gigiyena va jamiyat fanlari ichidagi oʻrni.
  2. 2. Tibbiyot statistikasi va uning sogʻliqni saqlashni nazariy va amaliy ahamiyati..
  3. 3. General va tanlab olingan majmualar haqida tushuncha.
  4. 4. Statistik tadqiqot bosqichlari
  5. 5. Mutloq, nisbiy, oʻrtacha miqdorlar, dinamik qatorlar, grafik tasvirlar, korelyatsiya va ularni tibbiyotda qoʻllanilishi.
2
2.

Aholi orasida demografik jarayonlarni o‘rganish usullari.

  1. 1. Demografiya, uning tibbiyotda va sogʻliqni saqlashdagi oʻrni.
  2. 2. Aholi statistikasi va aholi dinamikasi.
  3. 3. Migratsiya va uning tibbiy-ijtimoiy ahamiyati.
  4. 2.Demografik portlash, krizis tushunchalari, aholi oʻsishining muammolari.
  5. 3.Demografik koʻrsatgichlar.
2
3.

Kasallanish va uni o‘rganish usullari, ijtimoiy-tibbiy qirralari. Oʻzbekistonda yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini. Vrach etikasi va tibbiyot deontologiyasi

  1. 1. Kasalliklar, jarohatlar va oʻlim sabablarining tasnifi.
  2. 2.Stomatologik kasallanishni oʻrganish usullari va uslublari, kasallanishni oʻrganishda ekspert baholash, aholini kasallanish sabablarini oʻrganish, kasllanish koʻrsatgichlari.
  3. 3. Sogʻlom turmush tarzi haqida tushuncha.
  4. 4. Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish texnologiyalari.
2
4.

Sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy sanitariya yordamni tashkil etish. PF-2857 , PF-6110 mazmun va moxiyati. Aholiga stomatologik yordamni tashkil etish. Stomatologiya muassasalari faoliyatini tahlil qilish.Shaxar va qishloq aholisiga stomatologik yordamni tashkil etish.

  1. 1. BTSYO koʻrsatadigan muassasalar, vazifalari, strukturasi.BTSYO tashkil etish (PF-2857 , PF-6110) , baholash va tahlil qilish.
  2. 2. Stomatologik yordamni tashkil etishning asosiy shakllari.
  3. 3. Stomatolog faoliyatida qoʻllaniladigan hisobiy va hisobot hujjatlari.
  4. 4. Stomatologik poliklinika tuzilishi, asosiy vazifalari.
  5. 5.Shahar va qishloq aholisiga stomatologik yordam koʻrsatishni oʻziga xos xususiyatlari. 6. Stomatologiyada dispanserizatsiya olib borish, dispenser guruhlari
  6. 7. Aholiga kasalxona (statsionar) yordamni tashkil etish, statsionar koʻrsatgichlari.
  7. 8. Sanoat korxonasi ishchilariga tibbiy sanitariya yordamini tashkil etish.
2
5.

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish.

  1. 1. Onalik va bolalikni muxofaza qilishning ijtimoiy-gigiyenik jixatlari.
  2. 2. Onalik va bolalikni muhofaza qilishning bosqichlari.
  3. 3. Akusher-ginekologik yordamni tashkil etish.
  4. 4. Ayollarga va bolalarga stomatologik xizmat koʻrsatish va uning bosqichlari.
2
6.

Mehnat qobiliyatini aniqlash bo‘yicha vrachlik ekspertizasi. Sanitariya-epidemiologiya xizmatini tashkil etish.

  1. 1. Ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminot xaqida tushuncha.
  2. 2. Mehnatga layoqatsizlik va uning turlari, vaqtinchalik va turgʻun mehnatga layoqatsizlik
  3. 3. Vaqtinchalik mehnatga yaroqsizlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy-mehnat ekspertizasini tashkil etish.
  4. 4. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va maʼlumotnomalarni ahamiyati.
  5. 5. Turgʻun mehnatga yaroqsizlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy-mehnat ekspertizasini tashkil etish. Nogironlik.
  6. 6. Sanitariya –epidemiologiya xizmatini tashkil etish
2
Jami 12

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Jamoat salomatligi va sog‘likni saqlashni tashkil etish fanni,Tibbiyot statistikasi, uning sog‘liqni saqlashdagi ahamiyati, tibbiyot statistikasi turlari va ularning asosiy vazifalari

  1. 1.Tibbiyot statistikasi (biostatistika) va uning asosiy vazifalari.
  2. 2. Statistik tadqiqotlarni tashkil etish
  3. 3. General va tanlab olingan majmua
2
2.

Statistik tadqiqotlarni tashkil etish bosqichlari

  1. 1. Tadqiqot rejasi va dasturini tuzish
  2. 2. Maʼlumot yigʻish va kuzatish
  3. 3. Yigʻilgan materiallarni guruhlarga ajratish, jamlash va hisoblash.
  4. 4. Statistik tahlil, xulosalar chiqarish va ularni amaliyotga tadbiq etish
2
3.

Nisbiy miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi.

  1. 1. Nisbiy miqdorlar xaqida tushuncha.
  2. 2. Intensiv koʻrsatgichlar va ularni xisoblash .
  3. 3. Ekstensiv koʻrsatgichlar va ularni xisoblash .
  4. 4. Aloqadorlik koʻrsatgichi va ularni xisoblash .
  5. 5. Yaqqollik koʻrsatgichi va ularni xisoblash
2
4.

O‘rtacha miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, tibbiyotda qo‘llanilishi.

  1. 1. Oʻrtacha miqdorlar xaqida tushuncha.
  2. 2.Varianta, variatsion qator, moda va mediana xaqida tushuncha.
  3. 3. Oʻrtacha miqdorlar turlari va ularni xisoblash usullari.
  4. 4. Oʻrtacha arifmetik qiymat (M), oʻrtacha kvadratik ogʻish (x) va oʻrtacha xatolik (m) xisoblash usullari.
2
5.

Statistik tadqiqotlar xaqoniyligini baholashning parametrik usullari

  1. 1. Tadqiqot natijasida olingan koʻrsatgichlarni aniqligiga baho berish
  2. 2. Nisbiy qiymatlarni oʻrtacha xatoligini xisoblash
  3. 3. Oʻrtacha arifmetik qiymatning oʻrtacha xatoligini topish
  4. 4. Oʻrtacha arifmetik qiymatlar orasidagi tafavutlarning xaqiqiyligini baholash
2
6.

Standartlash usuli statistik taxlilda qo`llanilishi

  1. 1. Sanitariya statistikasida standrtlash usulini qoʻllanilishi
  2. 2. Standart koʻrsatkichlarni hisoblash usullari
  3. 3. Standart koʻrsatkichlarni hisoblashning toʻgʻri usul
2
7.

Xodisalar va belgilar orasidagi bog`lanishni baholash-korrelyatsiya koeffitsienti, uning baholash usullari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi.

  1. 1. Korelyatsiya haqida tushuncha.
  2. 2. Korelyatsion va funktsional bogʻlanish.
  3. 3. Kuchli, oʻrtacha va kuchsiz korelyatsiya.
  4. 4. korelyatsiya koeffitsiyentini xisoblash usullari (Spirmen,Pirson usuli).
2
8.

Dinamik qatorlar, turlari, ko‘rsatkichlari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi.

  1. 1. Dinamik qatorlar xaqida tushuncha, oddiy va murakkab dinamik qatorlar.
  2. 2. Absolyut koʻpayish, oʻsish surʼati, koʻpayish surʼati va koʻrgazmali koʻrsatkichlar
  3. 3. Dinamik qatorlarni tahlil qilish koʻrsatgichlari.
2
9.

Grafik tasvirlar, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi

  1. 1. Grafik tasvirlar xaqida tushuncha.
  2. 2. Diagrammalar, turlari va ularning tibbiyotda qoʻllanilishi
  3. 3. Kartogramma va kartodiagrammalar
2
10.

Demografik jarayonlarning tibbiy va ijtimoiy jihatlari.

  1. 1.Demografiya xaqida tushuncha.
  2. 2.Aholi statistikasi, aholi zichligi va aholi tarkibi koʻrsatkichlarii
  3. 3 Aholi dinamikasi, aholini mexanik va tabiy xarakati (migratsiya, tugilish va oʻlim).
  4. 4.Aholini tabiy xarakati koʻrsatgichlari va ularni xisoblash.
  5. 5. Bolalar oʻlimi koʻrsatgichlari va ularni xisoblash
2
11.

Aholi kasallanishlari ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash. Halqaro kasalliklar tasnifi.

  1. Kasallanish xaqida tushuncha, xalqaro kasalliklar klassifatsiyasi
  2. 2. Stomatologik kasallanishni oʻrganish usullari va uslublari
  3. 3. Stomatologik kasallanish koʻrsatgichlari va ularni xisoblash.
  4. 4. Stomatologik hisob va hisobot hujjatlari
2
12.

Sog`lom turmush tarzi va uni shakllantirish.

  1. 1. Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish elementlari
  2. 2. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar va ularni oldini olish
  3. 3. Stomatologik kasalliklarni oldini olishda sogʻlom turmush tarzining ahamiyati
  4. 4. Axolini gigiyenik oʻqitish va tarbiyalashning gigiyenik asoslari.
  5. 5. Profilaktika tushunchasi, asosiy tamoyillari, mazmuni.
2
13.

Vrach etikasi va tibbiyot deontologiyasi

  1. 1. Shifokor etikasi va deontologiya haqida tushuncha.
  2. 2. Shifokor va bemor oʻrtasidagi munosabat
  3. 3. Shifokor bilan bemorning qarindosh-urugʻlari oʻrtasidagi munosabat
  4. 4. Tibbiyot jamoasi bilan vrachlar oʻrtasidagi munosabatlarning etik qirralari
2
14.

Muhim noepidemik kasalliklar va ularning profilaktikasi

  1. 1.Yurak qon-tomir va onkologik kasalliklari va ularning profilaktikasi
  2. 2. Qandli diabet ijtimoiy-gigienik muammo
  3. 3. Аllergik kasalliklar va oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari ijtimoiy-gigienik muammo.
  4. 4. Bronxial astma kasalligining tarqalganligi va uning profilaktikasi
2
15.

O`zbekiston respublikasida Sog`liqni saqlash tizimi faoliyatining me`yoriy xuquqiy asoslari .

  1. 1. Sogʻliqni saqlash tizimi xaqida tushuncha
  2. 2. Oʻzbekiston respublikasi sogʻliqni saqlash tizimining tashkiliy tuzilmasi.
  3. 3. “Fuqarolar sogʻligini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunning mohiyati
  4. 4. Sogʻliqni saqlash muassasalarining nomenklaturasi
  5. 5. Sogʻliqni saqlashni tashkil etishning asosiy prinsiplari
2
16.

Aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamni tashkil etish.

  1. 1.BTSYO koʻrsatadigan muassasalar, vazifalari, strukturasi.BTSYO tashkil etish (PF-2857 , PF-6110) , baholash va tahlil qilish. 2. Stomatologik yordamni tashkil etishning asosiy shakllari. 3. Stomatologik tibbiy yordam turlari 4. Stomatolog faoliyatida qoʻllaniladigan hisobiy va hisobot hujjatlari
2
17.

Shaxar aholisiga davolash-profilaktika yordamini tashkil etish. Stomatologik poliklinika ishini tashkil etish.

  1. 1.Shaxar aholisiga stomatologik yordam koʻrsatishning oʻziga xosligi
  2. 2.Stomatologik poliklinika ishini tashkil etish. 3.Stomatologik polklinikalarining turlari va tuzilishi 4.Oila tish shifokori shifokorininf ish uslubi
  3. 5. Aholi salomatligini muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar
2
18.

Qishloq aholisiga stomatologik yordamni tashkil etish.

  1. 1. Qishloq aholisiga stomatologik yordam koʻrsatishning oʻziga xos xususiyatlari
  2. 2. Qishloq aholisiga stomatologik yordam koʻrsatish etaplari (OShP,TTB,TKTMP,TMSh) 3.Kattalarga qishloq sharoitida stomatologik yordam koʻrsatish.
2
19.

Stomatologiyada dispanserizatsiya olib borish, asosiy vazifasi. Dispanser guruhlari.

  1. 1. Aholini dispanser nazoratiga olish bosqichlari va elementlari
  2. 2. Vrach-stomatolog dispanser nazoratidagi kasalliklar, dispanserizatsiya samaradorligi koʻrsatgichlari
  3. 3. Bolalar taʼlim muassasalarida dispsnserizatsiya bosqichlari
2
20.

Aholiga statsionar-kasalxona xizmatini tashkil etish

  1. 1. Aholiga stastsionar xizmatni tashkil etishning ahamiyati.
  2. 2. Shahar kasalxonasi tuzilishi, vazifasi.
  3. 3. Qabulxona tuzilishi, asosiy vazifalari
  4. 4. Kasalhonaning asosiy koʻrsatgichlari
2
21.

Sanoat korxonasi ishchilariga tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish. TSQ ning asosiy vazifalari.

  1. 1. Tibbiyot sanitariya qismi (TSQ), turlari va vazifasi
  2. 2. Ishchilarga tibbiy koʻriklarni tashkil etish va amalga oshirish
  3. 3. Tibbiy-sanitariya qismida stomatologik yordamni tashkil etish, stomatologik kabinet.
2
22.

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish.

  1. 1.Onalik va bolalikni muxofaza qilishning ijtimoiy-gigiyenik jixatlari.
  2. 2.Onalik va bolalikni muhofaza qilishning bosqichlari.
  3. 3.Ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarga ambulatoriya xizmatini tashkil etish. Dispanserizatsiya
  4. 4.Ayollarga stomatologik yordamni tashkil etish.
  5. 5.Bolalarga stomatologik yordamini tashkil etish.
2
23.

Vaqtinchalik va turg`un mehnatga layoqatsizlik qobiliyatini aniqlash bo‘yicha vrachlik ekspertizasi.

  1. 1.Ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminot xaqida tushuncha.
  2. 2.Mehnatga layoqatsizlik turlari. Vaqtinchalik va turgʻun mehnatga layoqatsizlik.
  3. 3. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va maʼlumotnomalarni ahamiyati.
  4. 4. Stomatologik kasallanish va jarohatlanishlarda, homiladorlikada,
  5. tugʻuruqda va bemorlarni parvarish qilishda mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berilishi.
  6. 5.Turgʻun mehnatga layoqatsizlikni ekspertiza qilish.
  7. 6.Nogironlik va nogironlik guruhlari
2
24.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini tashkil etish

  1. 1.Sanitariya –epidemiologiya xizmati ekologiya va profilaktikada tutgan oʻrni
  2. 2.DSENM asosiy vazifalari va funksiyalari
  3. 3.Aholiga sanitariya-epidemiologiya xizmat koʻrsatishning asosiy prinsiplari
  4. 4.Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati
2
Jami 48

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Statistik tadqiqot turlari va ularning bosqichlari. Jadvallar tuzish.

2.

Grafik tasvirlar, ularning qo‘llanilishi

3.

Korelyatsiya koefitsenti, Dinamik qatorlar, uning baholash usullari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi

4.

Aholi orasida demografik jarayon va demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari

5.

Ijtimoiy-gigienik ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish, ularni kamaytirish borasida umumiy amaliyot stomatologining roli

6.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami. Axoliga stomatologik yordam ko`rsatshni tashkil qilish. Dispaserizatsiya

7.

Stomatologik poliklinika ish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish usullari

8.

Onalik va bolalikni muxofaza qilishning ijtimoiy-gigiyenik jixatlari. Onalar va bolalarga stomatologik yordam ko`rsatish

9.

Mehnat qobiliyatini aniqlash bo‘yicha vrachlik ekspertizasi. Stomatologik kasalliklarda mehnatga layoqatsizlikni ekpertiza qilish

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Mamatqulov B.M. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish. Tibbiyot oliy o`quv yurtlari talabalari uchun darslik. Toshkent: «IJOD PRINT», nashriyoti. 2019yil. 640 bet.
  2. Mamatqulov B.M. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish, Darslik. Toshkent: «Qamar media», nashriyoti. 2023yil. 530 bet.
  3. Искандарова Ш., Расулова Н.Ф., Черных А.М. Тиббиёт статистикаси ва биостатистиканинг асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент-2020 йил

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari
  2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari.
  3. Iskandarova SH.T., Maxmudova N.M., Djalilova G.A. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilishning asosiy masalalari, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2011 y
  4. Global Health 101.Richard Skolnik, USA, 2015 y.
  5. Iskandarov T.I., Abdufattaev A.A. Jamoatchilik salomatligi va sog‘liqni saqlash, Darslik. Toshkent. 2008 y.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://yandex.ru/search/?text=mamtqulov+jamoat+salomatligi&clid=2411726
  • https://yandex.ru/search/?text=tibbiyot+statistikasi+mamatqulov&clid=2411726
  • https://tipme.uz/oz/pages/the_documents/orders_ministry/
  • iskandarova sh tibbiyot statistikasi —
  • jamoat salomatligi iskandarova —

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 10 – hafta-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi
Taqrizchilar:

S.M.Babich - ADTI Ijtimoiy gigiyena va SSB kafedrasi mudiri, dotsent

Saliyeva M.Yu - KUAF , Anatomiya, klinik va patologik anatomiya kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15.00- 16.00, B bino, 303-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi” kafedrasining 2025 yil 1- sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F. Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

A. Sh. Mamatyusupov

Kafedra mudiri

(imzo)

Sh.Hasanova

Fan oʻqituvchisi