Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tizim administratori

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300 - Kompyuter injiniringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 5
Fan nomi Tizim administratori Fan kodi SYSADMIN6
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
22
(aud)
158
(must)
12 10
 

2. Fan maqsadi

Tizim administratori fani zamonaviy axborot tizimlari, kompyuter tarmoqlari va server infratuzilmasini samarali boshqarish, konfiguratsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishni maqsad qiladi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Dasturlash (PROG16MBK)

2. Ma’lumotlar bazasi (DTBS16MBK)

3. 3. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (DTSA16MBK)

4. Kompyuterni tashkil etish (CORG16MBK)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Tizim administratorligining nazariy asoslari haqida bilimlarga ega boʻlish;
  • Algoritmlarini loyihalash va qoʻllashda qoʻyiladigan talablar, shuningdek, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish usullari haqida bilish;
  • Loyihalarini amalga oshirishda normativ-texnik hujjatlar va standartlardan foydalana olish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Loyihalarni tashkil etish va amalga oshirish, maʼlumotlarni tayyorlash va tahlil qilish koʻnikmalariga ega boʻlish;
  • Operatsion tizimlar (Windows/Linux) tuzilishi, funksiyalari va xizmatlari haqida bilimga ega boʻladi;
  • Serverlar, tarmoq protokollari va tarmoq infratuzilmasining asosiy tushunchalarini tushunadi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Tizim administratori fanining maqsadi, vazifalari va dolzarbligi.

  1. Tizim administratorining roli va funksiyalari.
  2. Tizim administratoriga qoʻyiladigan asosiy talablar.
  3. Zamonaviy AKT sohasida tizim administratori kasbining dolzarbligi.
2
2.

Operatsion tizimlar va ularning turlari.

  1. Operatsion tizim tushunchasi va asosiy vazifalari.
  2. Windows, Linux va boshqa OT turlari
  3. Operatsion tizimlar bilan tizim administratorining ishlash jarayoni
2
3.

Foydalanuvchilar va ularning huquqlarini boshqarish

  1. Foydalanuvchilar va guruhlar tushunchasi
  2. Foydalanuvchi huquqlari va rollarini boshqarish (ACL, UAC)
  3. Linux va Windows tizimlarida foydalanuvchilarni yaratish va boshqarish
2
4.

Mahalliy va global tarmoqlar asoslari.

  1. LAN, MAN, WAN tarmoqlari haqida umumiy tushuncha.
  2. IP-manzil, subnet, gateway va DNS tushunchalari.
  3. Tarmoq qurilmalari (router, switch, modem) va ularning konfiguratsiyasi.
2
5.

Server xizmatlarini tashkil etish

  1. Server va klient tushunchasi, server turlari
  2. DHCP, DNS, FTP, Web-serverlarni sozlash asoslari
  3. Server monitoringi va xizmatlar holatini nazorat qilish
2
6.

Tizim xavfsizligi va zaxira nusxa olish (backup)

  1. Axborot xavfsizligi va tizim administratorining roli
  2. Zaxira nusxalash turlari (full, incremental, differential)
  3. Parollar siyosati, antivirus va fayrvol sozlamalari
2
Jami 12

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Operatsion tizimni o‘rnatish va dastlabki sozlamalarni bajarish

  1. Virtual mashinada (masalan, VirtualBox yoki VMware) Windows yoki Linux tizimini oʻrnatish;
  2. Foydalanuvchi interfeyslarini tanlash va konfiguratsiya qilish;
  3. Disk boʻlimlari, vaqt, til va tarmoq sozlamalarini sozlash.
2
2.

Foydalanuvchilar va guruhlarni boshqarish

  1. Linux tizimida useradd, usermod, groupadd buyruqlari bilan ishlash
  2. Windows tizimida foydalanuvchilarni va ularning huquqlarini boshqarish (GUI va CMD orqali)
  3. Foydalanuvchilarga kataloglarga kirish huquqlarini berish va cheklash
2
3.

Tarmoq sozlamalari va IP-manzil konfiguratsiyasi

  1. Kompyuterga statik IP-manzil berish (Windows va Linuxda)
  2. ping, ipconfig/ifconfig, tracert/traceroute kabi buyruqlardan foydalanish
  3. DNS server, gateway va subnet masklarni sozlash
2
4.

Server xizmatlarini sozlash (masalan, FTP yoki Web-server)

  1. Apache yoki nginx serverni oʻrnatish va ishga tushirish
  2. Server konfiguratsiya fayllari bilan ishlash
  3. Mahalliy tarmoq orqali xizmatdan foydalanishni tekshirish
2
5.

Zaxira nusxa olish va xavfsizlik choralarini ko‘rish

  1. Fayl va kataloglarni zaxiralash (rsync, tar, robocopy, backup utility)
  2. Antivirus va firewall sozlamalarini koʻrish va oʻzgartirish
  3. Foydalanuvchi parollari siyosatini joriy qilish va sinovdan oʻtkazish
2
Jami 10

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Operatsion tizimlar turlari va ularning solishtiruvchi tahlili

2.

Linux OT da foydalanuvchi va fayl huquqlarini boshqarish

3.

Tarmoq vositalaridan foydalanib nosozliklarni aniqlash

4.

Web-server va FTP-server o‘rnatish yo‘riqnomasi

5.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha tizim administratori vazifalari

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Introduction to Linux – Machtelt Garrels (Linux Foundation hujjatlari asosida),223 b.
  2. UNIX and Linux System Administration Handbook – Evi Nemeth, 2017 1226 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Network administration - Remo Suppi Boldrito, 2009 58 b.
  2. TCP/IP Network administration Craig Hunt,2002 748 b.
  3. Network and System adminstration Jan Bergstra, Mark Burges, 2007 1027 b.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://learn.microsoft.com/en-us/windows-server/
  • https://ubuntu.com/server/docs
  • https://access.redhat.com/documentation/en-us/red_hat_enterprise_linux/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N. A. Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

Kiritilmagan

Fan oʻqituvchisi