![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910300 - Pediatriya ishi |
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 6 | Semestr | 6 |
| Fan nomi | Ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasi | Fan kodi | IKKKXDT16-1012 |
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy |
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta |
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 3 | Baholash shakli |
oraliq: Ogʻzaki joriy: workshop/ talaba mustaqil ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat yakuniy: Ogʻzaki |
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 90 | Auditoriya soatlari taqsimoti | |
|
38 (aud) |
52 (must) |
||
2. Fan maqsadi
“Ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasi”fanini oʻqitishdan maqsad – ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasidan nazariy, uslubiy, amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish orqali mustaqil ishlashga tayyorlashdir. Shu bilan birga talabalarda terapevtik bemorlarni umumiy parvarishlash, harbiy davrda yuzaga keladigan turli kasalliklarda mustaqil ravishda tekshirish oʻtkazish, tashxis qoʻyish, kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda tezkor yordam koʻrsatish, davolash, keng tarqalgan kasalliklarni oldini olish, ishga layoqatliligini bilish asoslarini shakllantirish, kasb kasalliklari tashxisini aniqlash, kasbiy kasalliklarni davolash, kasbiy kasalliklarning turli koʻrinishida reabilitatsiya masalalarini hal etish, shu guruhdagi kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora - tadbirlarni ishlab chiqish kabi bilimlarni oʻrgatish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- .1. Bilimlar jihatidan:
- - ichki kasalliklar klinikasi, tasnifi, klinik koʻrinishlari, qiyosiy tashxislash, asoratlari, davosi va profilaktikasi boʻyicha bilimlarni shakllantirish; sistema boʻyicha kasallardan anamnez yigish va tekshirishlar oʻtkazish malakasini rivojlantirish; kasallik asosiy klinik mezonlarini aniqlashni oʻrgatish; dastlabki va klinik tashxis qoʻyishni oʻrgatish; tekshirish rejasi, vrach taktikasini tuzish va kompleks davo buyurishga oʻrgatish; laborator va instrumental tekshirish usullari natijalarini interpritatsiya qilishga oʻrgatish; ayrim shoshilinch holatlarda tez yordam berish malakasini rivojlantirish;asosiy tibbiy xujjatlarni oʻrgatish;
- - kasb kasalliklarining nazariy etio-patogenetik asoslari, kasb kasalliklarining barvaqt koʻrinishlarini aniqlash usullari va diagnostik мезонlari, koʻp uchraydigan kasbiy kasalliklarning asosiy klinik sindromlari, kasbiy zaharlanishlarda antidot davolash va boshqa davolash usullari, kasb kasalliklarida mehnat ekspertizasining alohidalik tomonlari haqida bilimlarini egallashi;
- - harbiy dala terapiyasi fani maksad va vazifalarini; taraqqiyoti tarixi; harbiy dala sharoitida kelib chiquvchi kasalliklar va ularning turlari; oshqozon - ichak tizimi kasalliklari va shikastlanishlarini davolashning zamonaviy prinsiplari; nurlanish kasalligi; nurlanish kasalligining turlari va tasnifi; jangovor xolatlarda shikastlanishlari va kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini oʻrganishi kerak. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- 4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- - bemorlardan anamnestik maʼlumotlarni yigʻa bilish (kasallik va hayot tarixi), .aʼzolar boʻyicha umumiy koʻrikdan oʻtkazish, taxminiy tashxisni asoslash:
- - bemorni tekshirish rejasini tuzish, umumiy klinik laborator tekshiruvlar natijalarini va qon, siydik, balgʻam, axlatning bakteriologik ekma natijalarini interpretatsiya qila olish;
- - Koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT va rentgenologik tekshiruvlari natijalarini interpretatsiya qila olish; EKG ni olish va oʻqishni bilish;
- - QVP/OP sharoitida OSH kasb kasalliklarini erta tashxislashi; kerakli xujjatlarni tayyorlashi va tashxisni tasdiqlash uchun ixtisoslashgan kasb kasalliklari klinikasiga yuborishnii bilishi;
- - QVP/OP da ishlab chiqarishning zararli va noxush omillari taʼsirida ishlaydigan ishlovchilarning profilaktik tibbiy koʻriklarini oʻtkazish;
- - bemor shikast olgan harakterini, ogʻirlik darajasini, somatik statusini aniqlash;
- - bemorlarni soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish va klinik tekshirish; birlamchi tibbiy va shifokor yordamni, asosan shoshilinch sharoitda toʻgʻri bajarish; tibbiy evakuatsiya bosqichlarida bemorlarni navbatma-navbat oʻtkazish rejasini tuzish; darmonlar bilan shoshilinch terapevtik davolash muolajalarini oʻtkazish;
- - jaroxat olgan va harbiy sharoitda kasallangan bemorlarni tekshirish, nurlanishlarni klinik belgilari boʻyicha aniqlash, jangovor shikastlarda tibbiy yordamni tibbiy evakuatsiya bosqichlarida yordam berish, gemogramma va boshqa tekshiruvlarni tahlil qila olish, tashxisni toʻgʻri ifodalash, kasallik tarixini yozish malakasiga ega boʻlishi kerak. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: | |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 103 -xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Kilinik fanlar” kafedrasining 2025____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F. Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) G. M. Qutlikova Kafedra mudiri |
(imzo) Kiritilmagan Fan oʻqituvchisi |
