Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Web dasturlashga kirish

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300 - Kompyuter injiniringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Web dasturlashga kirish Fan kodi VDK2305
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

“Web dasturlashga kirish” fanidan barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr tayyorlashga moʻljallangan hamda mazkur sohadagi mutaxassislar tayyorlash uchun oʻquv standarti boʻlib hisoblanadi. Kurs oʻz ichiga fanni egallash boʻyicha talabalarni, zamonaviy web dasturlashni nazariy asoslari, frontend va backend texnologiyalari, sayt arxitekturasi tuzish, foydalanuvchi interfeysini yaratish hamda ularni boshqarishni oʻrgatish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Dasturlash (PROG16MBK)

2. Ma’lumotlar bazasi (DTBS16MBK)

3. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (DTSA16MBK)

4. Kompyuterni tashkil etish (CORG16MBK)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Zamonaviy veb dasturlashning nazariy asoslari, xususan, foydalanuvchi interfeysi (UI) va foydalanuvchi tajribasi (UX) tamoyillari boʻyicha chuqur bilimlarga ega boʻladi;
  • Frontend (HTML5, CSS3, JavaScript, jQuery) va backend (PHP, MySQL) texnologiyalarining oʻzaro bogʻliqligi, ishlash tamoyillari va ular yordamida veb-ilovalar yaratish mexanizmlari haqida tasavvur hosil qiladi;
  • Web arxitektura, mijoz-server modeli, HTTP protokoli, veb-sayt xavfsizligi va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizimlar haqida tizimli bilimga ega boʻladi;
  • PHP dasturlash tili, server tomonli skriptlash, fayllar bilan ishlash, formalarni qayta ishlash, sessiyalar va cookieʼlar kabi backend funksiyalarini tushunadi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Web-sahifalar yaratishda HTML5, CSS3 va JavaScript yordamida foydalanuvchi interfeyslarini loyihalash, ularga estetik koʻrinish va interaktivlik qoʻshish koʻnikmalariga ega boʻladi;
  • PHP tilida backend logikani ishlab chiqish, foydalanuvchi soʻrovlarini qayta ishlash, maʼlumotlarni saqlash va chiqarish, xatoliklarni boshqarish kabi texnik koʻnikmalarni egallaydi;
  • MySQL maʼlumotlar bazasini yaratish, jadvallar bilan ishlash, SQL soʻrovlarini tuzish va ularni veb-ilovaga integratsiyalashni oʻrganadi;
  • Dinamik, foydalanuvchiga qulay va xavfsiz ishlovchi saytlar yaratish, ularni testlash va sinovdan oʻtkazish boʻyicha amaliy malakaga ega boʻladi;
  • Frontend va backend texnologiyalarini birlashtirish orqali toʻliq funksional veb-ilovalarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va sintez qilish koʻnikmalarini shakllantiradi;
  • Zamonaviy veb dasturlash muhitlaridan (masalan, VS Code, XAMPP, phpMyAdmin) foydalanish, loyiha kodlarini boshqarish (Git asosida) va hujjatlashtirish boʻyicha amaliy koʻnikmalar hosil qiladi;
  • Web-loyihalarda foydalaniladigan dizayn vositalari va responsiv interfeyslar yaratish boʻyicha zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yechimlar ishlab chiqadi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Web dasturlashga kirish

  1. Web texnologiyaning umumiy tushunchalari.
  2. WWW rivojlanish bosqichlari
  3. Web texnologiyada qoʻllaniladigan dasturlash tillari.
2
2.

HTML xujjatining umumiy strukturasi va uning asosiy teglari.

  1. HTML tiliga kirish.
  2. HTML5 da sahifa tuzilishining semantik tavsifi.
  3. HTML5 yangi standartlari va ularning vazifalari.
2
3.

HTML xujjatining umumiy strukturasi va uning asosiy teglari.

  1. HTML5 da yangi grafik va multimedia elementlari.
  2. Meta elementlar va ular bilan ishlash.
  3. Formalar bilan ishlash.
2
4.

CSS imkoniyatlari.

  1. CSS ga kirish. Selektor turlari.
  2. CSS xususiyatlari.
  3. CSS saxifalash
2
5.

CSS3 asoslari.

  1. Effektlar, tranformatsiya, animatsiya.
  2. Web sahifaning turli qurilmalarga moslashuvchanlik imkoniyati (CSS3: @media).
  3. CSS3:selektor, tipografiya va ranglar rejimi
2
6.

JavaScript asoslari

  1. JavaScript asoslari.
  2. JavaScript funksiyalari va obyektlari.
  3. JavaScript brauzer va web xujjat obyektlari modeli bilan ishlash.
2
7.

JQuery ga kirish.

  1. JQuery ga kirish. Asosiy tushunchalar.
  2. JQuery selektorlar.
  3. Formalarga ishlov berish.
2
8.

Mijoz – server texnologiyasi.

  1. Mijoz – server texnologiyasi.
  2. Apache server sozlash.
  3. Web server paketlarini foydalanish: XAMPP, LAMPP va boshqalar.
2
9.

PHP asoslari.

  1. PHP asoslari.
  2. Maʼlumotlar turlari.
  3. PHP matematik va mantiqiy amallar.
2
10.

PHP da shart va takrorlanuvchi operatorlar.

  1. PHP shart operatori.
  2. PHP takrorlanuvchi operator:for,while.
  3. PHP takrorlanuvchi operator: foreach.
2
11.

PHP da massivlar

  1. PHP massiv haqida tushuncha.
  2. PHP massiv bilan ishlovchi funksiyalar.
  3. PHP massiv bilan ishlovchi funksiyalar va unda misollar bilan tanishish.
2
12.

PHP da HTML formalar bilan ishlash

  1. PHP da HTML formalar bilan ishlash.
  2. PHP da global oʻzgaruvchilar bilan ishlash.
  3. PHP fayllar bilan ishlash.
2
13.

PHP da obyektga yo‘naltirilgan dasturlash.

  1. PHP da funksiyalari va obyektlari.
  2. PHP da sinf hosil qilish.
  3. PHP da sinf xususiyatlari.
2
14.

PHP da MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bilan ishlash.

  1. MySQL maʼlumotlar bazasi haqida tushuncha.
  2. PHP ni MySQL maʼlumotlar bazasiga ulash.
  3. MySQL maʼlumotlar bazasidan PHP orqali maʼlumotlarni olish.
2
15.

PHP da CRUD amallari

  1. PHP yordamida maʼlumotlarni kiritish va oʻqish.
  2. PHP yordamida maʼlumotlarni oʻzgartirish va oʻchirish.
  3. PHP da autentifikatsiya va avtorizatsiyani amalga oshirish usullari.
2
Jami 30

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Web dasturlashda foydalaniladigan dasturlar

  1. Web dasturlashda foydalaniladigan dasturlar haqida tushuncha
  2. Web dasturlashda foydalaniladigan dasturlar sozlash
  3. Web sahifa ishlab chiqish
2
2.

HTML5 umumiy strukturasi.

  1. HTML5 da sahifa tuzilishining semantik tavsifi.
  2. HTML5 yangi standartlari va ularning vazifalari.
  3. HTML5 matnlar bilan ishlash.
2
3.

HTML5 teglari bilan ishlash

  1. HTML5 da yangi grafik va multimedia elementlari
  2. SEO uchun kerakli meta teglar bilan sahifani toʻldirish.
  3. Foydalanuvchi maʼlumotlarini kiritish formasi yaratish va validatorlar bilan ishlash
2
4.

CSS xususiyatlari

  1. Har xil selektorlar (class, id, universal) yordamida elementlarni stil qilish.
  2. CSS yordamida HTML jadvalini chiroyli koʻrinishga keltirish.
  3. Navigatsion menyu uchun CSS selektorlaridan foydalanish.
2
5.

CSS3 asoslari: Effektlar, tranformatsiya, animatsiya. CSS3: @media orqali moslashuvchanlik

  1. CSS3: selektor, tipografiya va ranglar rejimi
  2. Oddiy hover transition effekti yaratish. Blokni aylantirish va transformatsiya qilish.
  3. Web sahifada oddiy animatsiya yaratish (keyframes bilan).
  4. Responsive sahifa yaratish (mobil, planshet va desktop uchun).
2
6.

JavaScript funksiyalari va obyektlari

  1. Oddiy funksiya yaratish va chaqirish.
  2. DOM orqali HTML elementlarini oʻzgartirish.
  3. Hodisa (event) bilan ishlash: onclick, onmouseover.
2
7.

JQuery selektorlar

  1. JQuery kutubxonasini ulash va tekshirish. Elementlar ustida effeklar (slide, fade) qoʻllash.
  2. Turli selektorlar orqali elementlarga murojaat qilish.
  3. Forma maʼlumotlarini olish va koʻrsatish.
2
8.

Mijoz – server texnologiyasi

  1. Mijoz-server modelini chizmada ifodalash.
  2. Apache serverni ishga tushirish va sozlash.
  3. XAMPP orqali mahalliy serverda ishlash.
2
9.

PHP asoslari

  1. Oddiy PHP skript yozish (echo, print).
  2. PHP da oʻzgaruvchi turlari va ularning farqlari.
  3. PHP matematik amallar bilan hisoblash.
2
10.

PHP shart va takrorlanuvchi operatorlar

  1. PHP if-else orqali qaror qilish.
  2. PHP for va while sikllari bilan hisoblash.
  3. Foreach orqali massivdagi elementlarni chiqarish.
2
11.

PHP massivlar

  1. Indexed va associative massivlar bilan ishlash.
  2. array_push, count, sort funksiyalarini qoʻllash.
  3. Har xil tipdagi massivlar bilan misollar bajarish
2
12.

PHP da HTML formalar bilan ishlash

  1. Forma yuborilgan maʼlumotni PHP bilan olish.
  2. $_GET va $_POST orqali maʼlumot olish.
  3. Fayllarni yuklash formasi yaratish.
2
13.

PHP da obyektga yo‘naltirilgan dasturlash

  1. PHP da class va obyekt yaratish.
  2. Konstruktor, metod va atributlar bilan ishlash.
  3. PHP OOP prinsiplarini (inheritance, encapsulation) qoʻllash.
2
14.

PHP + MySQL: Bazaga ulanish

  1. MySQL maʼlumotlar bazasi yaratish va ulanish (mysqli_connect).
  2. Jadval yaratish va INSERT soʻrovini yozish.
  3. SELECT orqali maʼlumotni chiqarish.
2
15.

PHP da CRUD amallari

  1. Maʼlumot kiritish (C) va oʻqish (R) formasi yaratish.
  2. Maʼlumot tahrirlash (U) va oʻchirish (D) uchun sahifa yaratish.
  3. Foydalanuvchi kirishi va chiqish (login/logout) tizimini PHP orqali yaratish.
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Прохоренок П. А. HTML, JavaScript, РНР и MySQL. Джентльменский набор Web-мастера. — 5-е изд., перераб. и доп. / Н. А. Прохоренок, В. А. Дронов.— СПб.:БХВ-Петербург, 2019. — 912 с.: ил. — (Профессиональное программирование)
  2. Маклафлин Б. PHP и MySQL. Исчерпывающее руководство. 2-е изд. — СПб.: Питер, 2014. — 544 с.: ил. — (Серия «Бестселлеры O’Reilly»).
  3. Кузнецов, М. В. Самоучитель РНР 7 / М.В.Кузнецов, И.В.Симдянов. - СПб.:БХВ-Петербург, 2018. -448 с.: ил. - (Самоучитель)

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Манн Эрик А. Рецепты PHP. Для профессиональных разработчиков. — Астана: «Спринт Бук», 2025. — 432 с.: ил.
  2. Никсон Робин Создаем динамические веб-сайты с помощью PHP, MySQL, JavaScript, CSS и HTML5. 6-е изд. — СПб.: Питер, 2023. — 832 с.: ил. — (Серия «Бестселлеры O’Reilly»).

7.3. Axborot manbaalari

  • www.php.net.
  • www.phpframewrok.com
  • https://www.w3schools.com/php/default.asp
  • www.tutorialspoint.com/php
  • www.yiiframework.com/
  • https://metanit.com/php/
  • https://code.mu/ru/php/book/oop/
  • https://www.guru99.com/ru/php-mvc-frameworks.html

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Olimov Muslimbek Ulugʻbek oʻgʻli
Abdumalikov Abduqodir Abdugʻaffor oʻgʻli
Elektron pochta: ochilov92@list.ru
abduqodircoder@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar
Taqrizchilar:

N...O‘rinov - Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri dotsenti

N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba - Chorshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N. A. Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Olimov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.Abdumalikov

Fan oʻqituvchisi