![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60610300 - Kompyuter injiniringi | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 5 | Semestr | 3 | ||
| Fan nomi | Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar | Fan kodi | DAT102 | ||
| Taʼlim shakli | sirtqi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 5 | Baholash shakli |
oraliq: yozma joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 150 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | |
|
18 (aud) |
132 (must) |
6 | 12 | ||
2. Fan maqsadi
Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanining maqsadi dasturlashda qoʻllaniladigan maʼlumotlar tuzilmalari, ularning spetsifikatsiyasi va amalga oshirilishi boʻyicha bilimlarning nazariy asoslari oʻrgatiladi.Maʼlumotlar boshqarish tizimlari, obyektga yоʼnaltirilgan dasturlash muhitida ishlash, algoritmni dasturlash texnologiyasi va undan foydalanish, sunʼiy intellekt, bilimlar tizimi, ekspert tizimlarining umumiy xarakteristikasi va dasturiy taʼminoti klassifikatsiyasi, mantiqiy dasturlash haqida tushuncha shakllantiriladi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Dasturlash asoslari (DAT101)
2. Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf uchun darslik (---)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Algoritm nima uchun va qanday ishlashini tushuntirish;
- Algoritmlarini loyihalash va qoʻllashda qoʻyiladigan talablar, shuningdek, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish usullari haqida bilish;
- Loyihalarini amalga oshirishda normativ-texnik hujjatlar va standartlardan foydalana olish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- C++ dasturlash tili(dan birida) muhitida ishlash, koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
- Algoritmni strukturalash va tasvirlash, masala boshqarish tizimlarining dasturiy taʼminotlari bilan ishlash va ularda maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmni yaratish, yechimlarni Python, C++ dasturlash tili(dan birida) yordamida yechimlarini tashkil etish, obyektga yоʼnaltirilgan dasturlash va ulardan foydalanish, sunʼiy intellekt, ekspert tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
- C++ dasturlash tili(dan birida) yordamida maʼlumotlar tuzilmasini boshqarish, sinf, funksiya, massivlar, oʻzgarmaslar, lugʻat, saralash, qism dastular va qoʻshimcha yordamchi dasturlar yaratish hamda olingan natijalarni taqqoslay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlarga kirish.
|
2 |
| 2. |
Chiziqli ma’lumotlar tuzilmalari.
|
2 |
| 3. |
Tartiblash va qidirish algoritmlari
|
2 |
| Jami | 6 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
C++ da massivlar bilan ishlash
|
2 |
| 2. |
C++ da bir tomonlama bog‘langan ro‘yxat (Singly Linked List)
|
2 |
| 3. |
Stek (Stack) va Navbat (Queue)
|
2 |
| 4. |
Bubble Sort algoritmini C++ da amalga oshirish
|
2 |
| 5. |
Binary Search algoritmi C++ da
|
2 |
| 6. |
Murakkablik tahlili
|
2 |
| Jami | 12 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|---|
| 1. |
Ma’lumotlar tuzilmasi tushunchasi va uning dasturlashdagi o‘rni haqida tahliliy referat tayyorlash |
| 2. |
Oddiy ma’lumot turlari (integer, real, char, string) va murakkab tuzilmalar (array, list, record) o‘rtasidagi farqlarni misollar bilan tushuntirish |
| 3. |
Ma’lumotlar tuzilmasining klassifikatsiyasini diagramma ko‘rinishida tuzing |
| 4. |
C++ yoki Python tilida bir o‘lchovli massiv yaratish va elementlarini ekranga chiqaruvchi dastur yozing |
| 5. |
Ma’lumotlar tuzilmasi xotirada qanday joylashishini (stack, heap) tahlil qiling |
| 6. |
Foydalanuvchi kiritgan N ta sondan iborat massivdagi eng katta va eng kichik qiymatni topuvchi dastur tuzing |
| 7. |
Massiv elementlarini o‘sish tartibida saralovchi (Bubble Sort) algoritmni yozing va uning vaqt murakkabligini hisoblang |
| 8. |
Massiv elementlari yig‘indisi va o‘rtacha qiymatini topuvchi dastur yozing |
| 9. |
Ikki massivni birlashtiruvchi algoritmni ishlab chiqing |
| 10. |
Massivdan ma’lum bir elementni o‘chirish algoritmini yozing va uning ishlash bosqichlarini blok-sxemada ko‘rsating |
| 11. |
Oddiy bog‘langan ro‘yxat (Linked List) tuzilishini tushuntirib bering va uning Python kodini yozing |
| 12. |
Ro‘yxat boshiga yangi element qo‘shuvchi algoritmni tuzing |
| 13. |
Ro‘yxatdan elementni o‘chirish algoritmini yozing |
| 14. |
Ro‘yxatda element qidirish (search) amaliyotini amalga oshiruvchi dastur yozing |
| 15. |
Bog‘langan ro‘yxat va massivning afzalliklari va kamchiliklarini jadvalda taqqoslang |
| 16. |
Stack (stek) ma’lumotlar tuzilmasining ishlash prinsipi (LIFO)ni tushuntirib, amaliy misol bilan dastur yozing |
| 17. |
Navbat (Queue) ma’lumotlar tuzilmasining ishlash prinsipi (FIFO)ni tahlil qiling va dasturda modellashtiring |
| 18. |
Stack yordamida qavslar muvozanatini tekshiruvchi dastur yozing (masalan, “(a+b)*(c-d)”) |
| 19. |
Queue orqali avtobus bekatidagi navbatni modellashtiruvchi kichik dastur yozing |
| 20. |
Stack va Queue o‘rtasidagi farqlarni taqqoslovchi diagramma tuzing |
| 21. |
Chiziqli algoritm misolida sonning kvadrat ildizini hisoblash dasturini yozing |
| 22. |
Tarmoqlanuvchi algoritm (if–else) asosida uchburchak turini aniqlovchi dastur tuzing |
| 23. |
Takrorlanuvchi algoritm (for, while) orqali 1 dan N gacha sonlar yig‘indisini hisoblang |
| 24. |
Tarmoqlanuvchi algoritmda shartli operatorlar va mantiqiy ifodalar tahlilini bajaring |
| 25. |
Takrorlanuvchi algoritmlar uchun vaqt murakkabligini hisoblash usullarini misol bilan ko‘rsating |
| 26. |
Sorting algoritmlarini (Bubble, Insertion, Selection) taqqoslang va ularning ishlash vaqtini jadvalda solishtiring |
| 27. |
Qidirish algoritmlarini (Linear va Binary Search) misollar bilan tushuntiring |
| 28. |
Rekursiv algoritmlar mohiyatini tushuntirib, n faktorialni hisoblovchi rekursiv dastur yozing |
| 29. |
Stack yordamida sonlarni ikkilik sanoq tizimiga o‘tkazuvchi dastur yozing |
| 30. |
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlarni real hayotdagi bir jarayon (bank navbati, topshiriq planlash, talabalar reytingi)ga tatbiq etuvchi keys ishlab chiqing |
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Moʻminov B.B., Dasturlash I.(Darslik).-T.: “Nihol print” OK, 2021.-280 b.
- Moʻminov B.B., Dasturlash I.(Darslik).-T.: “Nihol print” OK, 2021.-604 b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Страуструп Б. Дизайн и эволюция С++: Пер. с англ. – М.: ДМК Пресс. – 448 с.: ил.(Серия «Для программистов»).
- Романов Е. Л . Практикум по программированию на C + + : Уч. пособие. СПб: БХВ-Петербург; Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2004. — 432 с.
- Васильев А. Н.Самоучитель С++ с примерами и задачами. 2-е издание (переработанное). Книга + CD. — СПб.: Наука и Техника, 2012. — 480 с.: ил. (+CD)
7.3. Axborot manbaalari
- https://metanit.com/cpp/
- https://www.w3schools.com/cpp/cpp_intro.asp
- https://ravesli.com/uroki-cpp/
- https://purecodecpp.com/
- https://code-live.ru/tag/cpp-manual/
- https://code.visualstudio.com/docs/languages/cpp
- http://cppstudio.com/post/213/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Abdumalikov Abduqodir Abdugʻaffor oʻgʻli |
|---|---|
| Elektron pochta: |
abduqodircoder@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar |
| Taqrizchilar: |
M.K.Mirzaaxmedov - Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Kompyuter injiniringi kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori N.M.Alimqulov - dotsent |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Dushanba-Seshanba, soat 15.00 – 16.00, A 004-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S. Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) N. A. Kabulov Kafedra mudiri |
(imzo) A.Abdumalikov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) Shamsitdinov Salohiddin Kamardinovich Fan oʻqituvchisi |
