Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Mumtoz poetika asoslari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Mumtoz poetika asoslari Fan kodi MPA2306
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
90
(aud)
90
(must)
30 30 30
 

2. Fan maqsadi

“Mumtoz poetika asoslari” fanini oʻqitishdan maqsad talabalarga Sharq mumtoz poetikasi asoslari va mumtoz poetika tarkibiga kiruvchi ilm hoyi segona – ilmlar uchligini tashkil etadigan ilmi aruz, ilmi qofiya hamda ilmi badeʼ doirasida dastlabki bilimlar shakllantirish, aruzda hijo, rukn, bahr tushunchalari va ularning turlari, talabalarda mumtoz lirik asarlar vaznini aniqlashga oid bilim va koʻnikmalar shakllantirish, mumtoz poetikada qofiya va radif, qofiya turlari, badiiy sanʼatlar va ularning sheʼriyatda tutgan oʻrni, shoir badiiy mahoratini ochib berishda badiiy sanʼatlarning oʻrni, badiiy sanʼatlarni aniqlay olish boʻyicha ilmiy-nazariy maʼlumot berishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • – mumtoz poetikaning zaruriy maʼlumotlari majmuasi (aruzga oid terminlar, qofiya, radif, badiiy sanʼatlar, mumtoz lirik asarlarni poetik tahlil qilish usullari va boshqalar) haqida bilimga ega boʻlish,
  • – talabalarning mantiqiy fikrlashga, toʻgʻri xulosa chiqarishga, poetik bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi bilimlar majmuyiga ega boʻlishi;
  • – shakl, mavzu va gʻoyaning mohiyati bilan tanishtirishga koʻmaklashish;
  • – ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotda qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllay olish;
  • – nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, mantiqiy fikrlash, ilmiy xulosalash, poetik tahlil koʻnimalarini oshirish hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi lozim.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • - Jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati koʻnikmalariga ega boʻladi;
  • - Mumtoz adabiyot durdonalarini mukammal oʻrganish orqali talabaning badiiy tafakkurini takomillashtirish;
  • - Fan boʻyicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish koʻnikmalariga ega boʻladi;
  • - Berilgan topshiriqlar boʻyicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish koʻnikmalariga ega boʻladi.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Mumtoz poetika haqida umumiy ma’lumot. Balog‘at ilmi

  1. 1. “Poetika” atamasining lugʻaviy va istilohiy maʼnolari
  2. 2. Ilmi balogʻa haqida umumiy maʼlumot
  3. 3. Ilmlar uchligi – mumtoz sheʼrni oʻlchash vositasi
  4. 4. Musulmon Sharqida mumtoz poetikaga doir asarlar
2
2.

Aruz tizimi haqida umumiy ma’lumot. Aruzning nazariy asoslari

  1. 1. Sheʼriy vazn tushunchasi
  2. 2. Aruzning paydo boʻlishi
  3. 3. Aruzning nazariy asoslari
  4. 4. Hijo va boʻgʻinning farqi
  5. 5. Choʻziq, qisqa va oʻta choʻziq hijolar
2
3.

Aruzda rukn va bahr tushunchasi haqida ma’lumot

  1. 1. Rukn tushunchasi
  2. 2. Bahr tushunchasi
  3. 3. Taqtiʼ haqida maʼlumot
  4. 4. Vasl hodisasi
2
4.

Musta’mal bahrlar. Bir xil asliy ruknlardan tarkib topgan bahrlar. Ramal bahri

  1. 1. Mustaʼmal bahrlar
  2. 2. Asliy ruknlar
  3. 3. Bir xil asliy ruknlar va ularning tarmoqlaridan tashkil topgan vaznlar
  4. 4. Ramal bahri
2
5.

Hazaj bahri vaznlari. Ruboiy vaznlari. Axrab va axram shajarasi

  1. 1. Hazaj bahri
  2. 2. Hazaj bahrining musamman vaznlari
  3. 3. Ruboiy vaznlari
  4. 4. Axrab va axram shajarasi
2
6.

Rajaz, mutaqorib va komil bahrlari

  1. 1. Rajaz bahri haqida maʼlumot
  2. 2. Rajazning musamman vaznlari
  3. 3. Mutaqorib bahri
  4. 4. Mutaqoribning musamman vaznlari
  5. 5. Komil bahri haqida maʼlumot
2
7.

Turli asliy ruknlar va ularning tarmoqlaridan tarkib topgan bahrlar. Sari’ va xafif bahrlari.

  1. 1. Turli asliy ruknlar va ularning tarmoqlaridan tarkib topgan bahrlar.
  2. 2. Sariʼ va xafif bahrlari.
  3. 3. Sariʼning musaddas vaznlari.
  4. 4. Xafif bahri haqida umumiy maʼlumot
2
8.

Mujtass va muzori’ bahrlari

  1. 1. Mujtass bahri va uning turlari.
  2. 2. Muzoriʼ bahri haqida umumiy tushunchalar.
  3. 3. Mumtoz asarlarni tahlil qilishda mujtass va muzoriʼ bahrlarining ahamiyati.
  4. 4. Mujtass va muzpriʼ bahrlarini misollar asosida oʻrganish.
2
9.

Mumtoz adabiyotda adabiy turlar va she’r nav’lari. Baytli she’r shakllari.

  1. 1. Adabiy tur tushunchasi va uning ifodalanish shakllari.
  2. 2. Lirik janrlar va ularning shakllari.
  3. 3. Baytli sheʼr shakllari va ularning tasnifi.
  4. 4. Qasida janri haqida maʼlumot.
2
10.

G‘azal va uning turlari. Mustazod janri.

  1. 1. Gʻazalning paydo boʻlishi va janr sifatida rivojlanishi.
  2. 2. Gʻazalning shakliga koʻra turlari.
  3. 3. Gʻazallarning mavzusiga koʻra tasnifi.
  4. 4. Kompozitsion jihatdan gʻazal turlari.
  5. 5. Mustazodlar va ular haqida maʼlumot.
2
11.

Bandli she’r shakllari. Musammatlarning shakliy xususiyatlari.

  1. 1. Bandli sheʼr shakllari haqida maʼlumot va ularning tasnifi.
  2. 2. Musammatlar haqida umumiy maʼlumot.
  3. 3. Musallas, murabbaʼ, muxammas va musaddas janrlari.
  4. 4. Musabbaʼ, musamman, mutassaʼ va muashshar.
2
12.

Ham bayt, ham bandga asoslangan she’r shakllari

  1. 1. Masnaviy – voqeaband sheʼr uchun asos sifatida
  2. 2. Tarjiʼband va vosila bayt haqida umumiy maʼlumot
  3. 3. Tarkibbandning janr xususiyatlari
  4. 4. Soqiynoma soqiyga murojaat sifatida yozilgan lirik janr
2
13.

Kichik lirik janrlar

  1. 1. Kichik lirik janrlar turlari
  2. 2. Ruboiy va tuyuq
  3. 3. Qitʼa va fard janrlari haqida maʼlumot
  4. 4. Muammo va lugʻz janrlari
2
14.

Ilmi badi’ yoki badiiy san’atlar talqini

  1. 1. Ilmi badiʼ yoki badiiy sanʼatlar haqida umumiy maʼlumot
  2. 2. Lafziy sanʼatlar va ularning turlari
  3. 3. Maʼnaviy sanʼatlar haqida umumiy maʼlumot
  4. 4. Mushtarak sanʼatlar
2
15.

Ilmi qofiya haqida ma’lumot

  1. 1. Mumtoz qofiya haqida umumiy maʼlumot
  2. 2. Mumtoz qofiya turlari
  3. 3. Qofiyaning qofiya harflari ishtirokiga koʻra turlari
  4. 4. Raviyning holatiga koʻra qofiya turlari
2
Jami 30

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Mumtoz poetikaning vujudga kelishi va ilmi balog‘a haqida umumiy ma’lumot

  1. 1. Mumtoz poetikaning vujudga kelish tarixi
  2. 2. “Poetika” atamasi va uning maʼnolari
  3. 3. Ilmi balogʻa haqida umumiy maʼlumot
2
2.

Aruzning asosiy birliklari. Bo‘g‘in va hijo tushunchalari

  1. 1. Aruzning paydo boʻlishi
  2. 2. Boʻgʻin va hijoning farqi
  3. 3. Qisqa, choʻziq va oʻta choʻziq hijolar
2
3.

Aruzda rukn va bahr tushunchasi. Vasl, imola va taslim hodisalari

  1. 1. Aruzda rukn va bahr tushunchasi
  2. 2. Bir xil asliy ruknlar
  3. 3. Turli asliy ruknlar
  4. 4. Vasl, imola va taslim hodisalari
2
4.

Ramal bahri va uning musamman vaznlari

  1. 1. Ramal bahri haqida umumiy maʼlumot
  2. 2. Ramalning musamman vaznlari
  3. 3. Misollar yordamida vaznni aniqlash koʻnikmasini hosil qilish
2
5.

Hazaj bahri va uning musamman vaznlari

  1. 1. Hazaj bahri va uning turlari
  2. 2. Hazajning musamman vaznlari
  3. 3. Misollar yordamida vaznni aniqlash koʻnikmasini hosil qilish
2
6.

Ruboiy vaznlari. Hazajning axrab shajarasi

  1. 1. Ruboiy vaznlari
  2. 2. Hazajning axrab shajarasi
  3. 3. Axrabdan tashkil topgan vaznlar haqida
2
7.

Rajaz bahri vaznlari

  1. 1. Rajaz bahri va uning turlari
  2. 2. Rajazning musamman vaznlari
  3. 3. Misollar yordamida mavzuni mustahkamlash
2
8.

Mutadorik va komil bahrlari

  1. 1. Mutadorik bahri haqida tushuncha
  2. 2. Mutadorikning musamman vazni
  3. 3. Komil bahri haqida tushuncha
  4. 4. Komil bahri kam qoʻllaniluvchi bahr
2
9.

Sari’ va xafif bahrlari

  1. 1. Turli asliy rukndan tashkil topgan bahrlar haqida maʼlumot
  2. 2. Sariʼ bahri vaznlari
  3. 3. Xafif va uning musaddas vaznlari
2
10.

Muzori’, munsarih bahrlari va ularning vaznlari

  1. 1. Muzoriʼ va munsarih bahrlari haqida umumiy maʼlumot
  2. 2. Muzoriʼning musamman vaznlari
  3. 3. Munsarih bahri haqida maʼlumot
2
11.

Mumtoz adabiyotda adabiy turlar va she’r nav’lari. Baytli she’r shakllari

  1. 1. Mumtoz adabiyotda adabiy turlar
  2. 2. Mumtoz poetikada sheʼr navʼlari
  3. 3. Baytli sheʼr shakllari haqida maʼlumot
2
12.

G‘azal va uning turlari

  1. 1. Gʻazal janri haqida umumiy maʼlumot
  2. 2. Gʻazalning shakliga koʻra turlari
  3. 3. Gʻazallarning mavzusiga koʻra shakllari
  4. 4. Kompozitsiyasiga koʻra gʻazal turlari
2
13.

Qasida va mustazod

  1. 1. Baytli sheʼr shakllari tarkibidagi qasida va mustazod janrlari
  2. 2. Qasida haqida maʼlumot
  3. 3. Mustazod janri haqida
2
14.

Bandli she’r shakllari va ularning turlari

  1. 1. Bandli sheʼr shakllari va ularning turlari haqida maʼlumot
  2. 2. Bandli sheʼr shakllari turlari
2
15.

Musammatlarning shakliy xususiyatlari

  1. 1. Mustaqil va tazmin musammatlar
  2. 2. Musammat turlari haqida maʼlumot
  3. 3. Musallas, murabbaʼ, muxammas va uning turlari
  4. 4. Musaddas va boshqa musammat turlari
2
Jami 30

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Asliy va tarmoq ruknlar. Bahrlar va ularning tuzilishi

  1. 1. Rukn tushunchasi
  2. 2. Asliy va tarmoq ruknlar farqi
  3. 3. Bahrlar va ularning turzilishi haqida ma’lumot
2
2.

Ramal bahrining musaddas vaznlari

  1. 1. Ramal bahrining musaddas vaznlari haqida ma’lumot
  2. 2. Ramal bahrining musaddas vaznlari turlari
  3. 3. Misollar yordamida mavzuni mustahkamlash
2
3.

Hazaj bahrining musaddas vaznlari

  1. 1. Hazaj bahri vaznlari
  2. 2. Hazajning musaddas vaznlari
  3. 3. Misollar yordamida mavzuni mustahkamlash
2
4.

Ruboiy vaznining axram shajarasi

  1. 1. Ruboiy vaznlari
  2. 2. Ruboiy vaznining axram shajarasi haqida
  3. 3. Misollar yordamida mavzuni mustahkamlash
2
5.

Mutaqorib bahri vaznlari

  1. 1. Mutaqorib bahri haqida ma’lumot
  2. 2. Mutaqorib bahri vaznlari
  3. 3. O‘n olti ruknli mutaqorib vazni
2
6.

Mujtass bahri vaznlari

  1. 1. Mujtass bahri vaznlari haqida ma’lumot
  2. 2. Mujtass bahri vaznlarini aniqlash texnologiyalari
  3. 3. Misollar yordamida mavzuni mustahkamlash
2
7.

Mumtoz aruzshunoslik asoslari

  1. 1. Mumtoz aruzshunoslik asoslari haqida umumiy ma’lumot
  2. 2. Mumtoz aruzshunoslik nazariyasiga oid qadimgi manbalar
2
8.

Ham bayt, ham bandga asoslangan she’r shakllari

  1. 1. Ham bayt, ham bandga asoslangan she’r shakllari haqida ma’lumot
  2. 2. Ham bayt, ham bandga asoslangan she’r shakllari tasnifi
2
9.

Tarji’band va tarkibband janrlari

  1. 1. Tarjiband va uning xususiyatlari
  2. 2. Tarkibband haqida tushuncha
2
10.

Masnaviy va soqiynoma janrlari

  1. 1. Masnaviy janri haqida tushuncha
  2. 2. Soqiynoma – noma janrining asosi
2
11.

Badiiy san’atlar tasnifi. Lafziy san’atlar

  1. 1. Ilmi badi’ – badiiy san’atlar haqida umumiy tushuncha
  2. 2. Mumtoz poetik asarlarda ilmi badi’ haqida ma’lumot
  3. 3. Lafziy san’atlar va ularning turlari
2
12.

Ma’naviy san’at turlari

  1. 1. Ma’naviy san’atlar haqida umumiy tushuncha
  2. 2. Ma’naviy san’at turlari
2
13.

Mushtarak san’atlar haqida

  1. 1. Mushtarak san’atlar va ularning ahamiyati
  2. 2. Mushtarak san’at turlari
  3. 3. Misollar orqali mavzuni mustahkamlash
2
14.

Mumtoz adabiyotda qofiya turlari

  1. 1. Qofiya she’riyat asosi sifatida.
  2. 2. Baytda qofiya va radifning o‘rni.
  3. 3. Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra turlari
  4. 4. Qofiyaning tuzilishiga ko‘ra turlari
2
15.

Radif va hojib

  1. 1. Baytlarda radifning o‘rni haqida
  2. 2. Qofiya, hojib va radif aloqadorligi
  3. 3. Hojib haqida ma’lumot
2
Jami 30

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

XX asr ikkinchi yarmi namoyondalari g‘azallarini qofiya turlariga ko'ra va kompozitsion tahlil etish, taqdimot tayyorlash

2.

Habibiy “Devon”idan o’rin olgan g'azallardan beshtasini vazniy tahlil qiling

3.

Chustiy g‘azallari asosida tahlil

4.

Erkin Vohidov g'azallari orasidan ishqiy g’azallardan uchtasini yod oling

5.

Abdulla Oripov g‘azallaridan ikkitasini yod oling

6.

Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi dostonlarni vazniy va badiiy san’atlar nuqtayi nazaridan qiyosiy tasniflang. “Farhod va Shinn'' dostoni va “Layli va Majnun ’ dostonlari misolida

7.

Chustiyning “Sadoqat gullari" devonini o‘qib, janriy tahlil qiiing

8.

Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” g‘azalini yodlab vazniy tahlil qiling

9.

Navoiyning “Kelmadi” radifli g‘azalini ilmlar uchligi asosida tasniflash

10.

Atoyining “Ul sanamkim” g‘azalini poetik tahlil eting

11.

Gadoyining “Sanga” radifli g‘azalini yod oling va kompozitsion tahlil eting

12.

Furqatning “Surmadin ko‘zlar qaro” g'azalini ilmlar uchligi asosida tasniflash

13.

Navoiy muxarnmaslaridan bittasini yodlang

14.

Uvaysiy chistonlaridan ikkitasini yod oling

15.

Bobur ruboiylaridan to’rttasini yodlang va poetik tahlil eting

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. 1. Болтабоев Ҳ. Шарқ мумтоз поэтикаси. Манба ва талқинлар. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006.
  2. 2. Yusupova D. Aruz va mumtoz poetikaga kirish. – Тoshkent: Akademnashr, 2020.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. 1. Болтабоев Ҳ. Мумтоз сўз қадри. – Тошкент: Адолат, 2004.
  2. 2. Орзибеков Р. Лирикада кичик жанрлар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат, 1976.
  3. 3. Rahmonova Sh. ХХ asr ikkinchi yarmi o‘zbek she’riyatida aruz tizimi. Monografiya. – T.: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2021.

7.3. Axborot manbaalari

  • 1. file:///C:/Users/BESTmusic/Downloads/819.pdf
  • ziyo.uz.com

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Oʻzbek va rus filologiyasi” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F. K. Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

Kiritilmagan

Fan oʻqituvchisi