ID | 1 |
Fan dasturi nomi | Dasturlash asoslari |
Fan kodi | DAT101 |
Semestrlar | 1 |
Kreditlar | 5 |
Fan turi | majburiy |
Fan dasturining amal qilish yili | 2025 |
Fan tili | 1 |
Vazirlik | 1 |
Oliy taʻlim muassasasi | 1 |
Rahbar | 1 |
Bilim sohasi | 1 |
Taʻlim sohasi | 1 |
Taʻlim yoʻnalishi | 1 |
Haftalik dars soati | 4 |
Auditoriya soati | 60 |
Mustaqil soati | 90 |
Maqsad | algoritmik bilimlarni rivojlantirish, C++ tilida dasturlashtirish, texnik bilimlarga oid masalalarni zamonaviy dasturlash tillarida hal etish boʻyicha kerakli bilimlarni berish. Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalari haqida tasavvurga ega boʻladi va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. Dastur tuzilishi va alifbosi boʻyicha bilimlarga ega boʻladi. Oʻzgarmas va oʻzgaruvchilar, maʼlumot tiplarini qoʻllay oladi. Matematik, mantiqiy amallarni, kiritish chiqarish operatorlarini, massivlarni bilish va tadbiq qilish usullarini qoʻllashni oʻrganadi |
Vazifa | talabalarda yuqori darajadagi dasturlash tillarida amaliy masalalarni yechish koʻnikmasini hosil qilish, xavfsizlikni taʼminlash va loyihalarni samarali boshqarish kabi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, fan talabalarda mustaqil dasturiy yechimlarni ishlab chiqish, muammoli vaziyatlarda toʻgʻri texnik qarorlar qabul qilish, loyihalarni sinovdan oʻtkazish va dasturiy axloq normalariga rioya qilish kabi koʻnikmalarni rivojlantiradi. Bu orqali talabalar mustaqil, ijodkor va raqobatbardosh dasturchi sifatida shakllanish imkoniga ega boʻladi. |
Bilim | - Zamonaviy dasturlash tillari haqida tushunchaga, uning dasturlashdagi oʻrni, funksiyalari va asosiy tarkibiy qismlariga, dasturiy-ilovalarni ishlab chiqish jarayonida dasturchiga qoʻyiladigan talablar va loyihalarni tashkil etish yoʻllariga ega boʻlishi va ulardan foydalana olishi;
|
Koʻnikma | - C++ dasturlash tili yordamida dasturlarni ishlab chiqish usullarini, maʼlumotlar bazasi bilan ishlash texnikalarini, xavfsizlik tamoyillarini qoʻllashni, formalar yaratishni, loyihalarni samarali boshqarish yoʻllarini qoʻllay bilish va ulardan foydalana olish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
|
Malaka | - C++ dasturlash tili OOP prinsiplariga asoslangan tizimlarni loyihalash va dasturiy-ilovalarni ishlab chiqish jarayonida qoʻyiladigan talablarni bajarish, loyihalarni sinovdan oʻtkazish, xatolarni tahlil qilish va tuzatish, shuningdek, dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalangan holda samarali va xavfsiz ilovalarni tashkil etish malakasiga ega boʻlishi taʼminlanadi. |
Talablar | Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni toʻla oʻzlashtirish, tahlil natijalarini toʻgʻri aks ettira olish, oʻrganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va nazorat uchun berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat boʻyicha imtixonni topshirish va GPA 2 va undan yuqori baho olish. |
Kafedra | 1 |
---|