Update Delete

ID138
NomiIshlab chiqarish muhitining fizik va kimyoviy omillari haqida tushuncha. Ishlab chiqarishga doir zararli omillarning maxsus ta’siri: allergen, kanserogen, mutagen, teratogen, embriotoksik; oldini olish tadbirlari.
Mazmuni Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillarga umumiy ta’rif: nomuvofiq mikroiqlim, shovqin, tebranish (fizikaviy ta’rif, ishchilar organizmiga zararli ta’siri, zararli ta’sirini oldini olish tadbirlari). Sanoat changlari, changlarning tasniflari, changga doir patologiyalar haqida tushuncha va ularni oldini olish tadbirlari.
Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar va davolovchi profilaktik ovqatlanish haqida tushuncha. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar haqida tushuncha, ularning gigiyenik ahamiyati: organizmga kirish yo‘llari, mumkin bo‘lgan ta’sir etish tabiati, ularning zaharliligi bo‘yicha tasnifi. O‘tkir va surunkali kasbiy zaharlanishlar haqida tushuncha, ularni oldini olish tadbirlari.
Zararli kasblarda ishlovchi ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlar berish va ularga gigiyenik ta’rif. O‘zR qishloq xo‘jaligida mehnat gigiyenasi asoslari. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jaligidagi mehnatning zamonaviy muammolari, o‘ziga xos xususiyatlari, qishloq xo‘jaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi nomuvofiq omillarga umumiy ta’rif, ishchilarni sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar. Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash gigiyenasi.
Pestitsidlar haqida tushuncha, ularning tasniflari. Ularni qo‘llaganda nomuvofiq ta’sir etish ehtimoli, oldini olish tadbirlari.
Soati2
Fan dasturi nomiGIGIYENA, HARBIY GIGIYENA. TIBBIY EKOLOGIYA
Position(qiymatlanmagan)