Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiy biologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100 - Stomatologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 1
Fan nomi Tibbiy biologiya Fan kodi TBGGSI 112308
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy topshiriq
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
30
(aud)
30
(must)
6 24
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakillantirish; biologik qonuniyatlariga urgʻu bergan holda odamni biosotsial mavjudot sifatida oʻrganish; amaliy sogʻliqni saqlashga qiziqish uygʻotish; nazariy, uslubiy va amaliy koʻnikmalar orqali mustaqil ishga tayyorlash; ham nazariy ham klinik modullarni oʻzlashtirish uchun asosni shakllantirishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Hujayra nazariyasi va uning asosiy rivojlanish bosqichlarini bilishi;
  • Genetikaning tibbiyotdagi ahamiyatini va Mandel qonunlarini bilishlari lozim;
  • Mutatsion oʻzgaruvchanlik va uning xillarini bilishlari kerak;
  • Urugʻlanish. Embrional rivojlanish davrlari va uning umumiy tasnifi: urugʻlanish, zigota , maydalanish, blastula, gastrulatsiya, gistogenez, organogenez haqida bilimlarga ega boʻlishlari lozim.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • hujayra boʻlinish usullari va ularning bosqichlari;
  • xromosomalarda joylashgan irsiy axborot va uning tartibi;
  • mutatsion va modifikatsion oʻzgaruvchanlik va uning xillari;
  • har xil parazit guruhlarining kelib chiqishi va parazitizim haqida bilim koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Tibbiy ta’lim tizimida biologiyaning tutgan o‘rni. Hayotning molekulyar asoslari .

  1. Tiriklikning rivojlanish darajalari.
  2. Hujayra evolyutsiyasi.
  3. Hujayra sikli va uning davriyligi.
  4. Hujayraning faoliyatiga koʻra tuzilishi.
  5. ---
2

1

2.

Hujayra biologiyasi.

  1. Hujayraning boʻlinish usullari.
  2. Mitoz va Meyozning ahamiyati.
  3. Xromosomalarning tuzulishi.
  4. Gen va uning tuzilishi.
  5. ---
2

2

3.

Umumiy genetika asoslari.

  1. Genetika modulining vazifasi va usullari.
  2. genetikaning rivojlanish qonunlari
  3. Mendel qonunlari.
  4. Allel genlar va ularning axamiyati.
  5. ---
2

3

Jami 6
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Mikroskopning tuzilishini o‘rganish. Mikroskopda ishlashni o‘rganish. Vaqtinchalik preparat tayyorlash va unda ro‘znoma bo‘laklarini, paxta tolalarini ko‘rish.

  1. Mikroskopning tuzulishi va uning vazifalari..
  2. Mikroskopning turlari va ularning qismlari
  3. Suyaklarni biologik va hujayraviy tuzilishi
2
2.

Prokariot va eukariot hujayralarning umumiy tuzilishi.

  1. Prokariot hujayralar.
  2. Eukariot hujayralar.
  3. Organoidlar klasifikatsiyasi .
  4. Suyaklarning xosil boʻlishi.
2
3.

Xujayrada moddalarning va energiya oqimi, informatsiyaning berilishi.

  1. Hujayrada kechadigan metobolizmning jarayonlarining ahamiyati.
  2. Assimilatsiya va Dissimilatsiya jarayonlari.
  3. Suyaklarda moddalar almshinuvi.
2
4.

Xujayra biologiyasi: Xujayraning xayotiy sikli.

  1. Xujayraning koʻpayishi
  2. Mitoz koʻpayish.Somatik xujayralarning boʻlinishi.
  3. Meyoz koʻpayish. Jinsiy hujayralarining koʻpayish usullari.
  4. Suyak xujayralarining koʻpayish mexanizmlari.
2
5.

Mendelizm. Irsiyat qonunlari. Ko‘p allellik. Allel genlarning o‘zaro ta’siri.

  1. Mendel qonunlari.
  2. Di va monoduragay chatishtirish.
  3. Koʻp allellik va ularning axamiyati.
  4. Genlarning oʻzaro taʼsiri.
  5. Irsiyatning suyak sistemalariga taʼsiri.
2
6.

Xujayraning ko’payishi: Mitoz. Somatik xujayralarning ko’payish usullari.

  1. Mitoz va uning axamiyati.
  2. Mitoz jarayonlari
  3. Interfaza va uning axamiyati
2
7.

Meyoz. Jinsiy xujayralarning ko‘payish usullari

  1. Meyoz va uning axmiyati
  2. Meyoz jarayonlari va bosqichlari
  3. Meyoz turlari
2
8.

Di- va poliduragay chatishtirishg.

  1. Komplementarlik taʼsir.
  2. Epistaz taʼsirlar.
  3. Polimeriya va uning axamiyati, tiplari.
2
9.

Noallel genlarning o‘zaro ta’siri .

  1. Komplementarlik taʼsir.
  2. Epistaz taʼsirlar.
  3. Polimeriya va uning axamiyati, tiplari.
2
10.

Morgan qonuni. Jins genetikasi.

  1. Morgan qonuni va uning axamiyati.
  2. Jins genetikasini oʻrganish.
  3. Jinsga birikkan xolda irsiylanish.
  4. Irsiy kasalliklarni irsiylanishi.
  5. Gen va xromosoma kasalliklarini oldini olish hamda davolashda gen injineriyasining axamiyati.
2
11.

Jinsga bog‘liq belgilarning irsiylanishi.

  1. Jinsga birikkan xolda irsiylanish.
  2. Irsiy kasalliklarni irsiylanishi.
  3. Gen va xromosoma kasalliklarini oldini olish hamda davolashda gen injineriyasining axamiyati.
2
12.

O‘zgaruvchanlik va uning xillari.

  1. Kombinativ oʻzgaruvchanlik.
  2. Mutatsion oʻzgaruvchanlik.
  3. Modifikatsion oʻzgaruvchanlik.
  4. Oʻzgarishning moslashish xarakteri.
2
Jami 24

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Xujayra tuzilishi. Xujayra nazariyasi. Hayvon va odam xromosomalarning morfofunsianal xarakteristikasi.

2.

Xujayrada moddalar, energiya va ma’lumotlar oqimi. Aktiv va passiv transport.

3.

Retseptorlar klassifikatsiyasi. Ionotrop, metobotrop retseptorlar. Kallagen va elastin sintezi. Ularga oid kasalliklar.

4.

Belgilarning irsiylanish qonunlari. Irsiyat qonunlari. Genetik injeneriyaning tibbiyotdagi roli. Antimutagenez.

5.

Reparatsiya fermentlari faoliyatining xilma-xilligi. Noallel genlarning o‘zaro ta’siri. Pleyotropiya.

6.

Organizmning mutagen ta’siriga chidamliligi. Tomas Morganning xromasoma nazariyasi. Jins genetikasi.

7.

Irsiyatning molekular asoslari.

8.

Antropogenetika usullari: shajara usuli, egizaklar usuli, biokimyoviy va sitogenetik usul, populyatsion-statistik usul.

9.

Irsiy kasalliklar: xromosoma va gen kasalliklari. Tibbiy genetik maslahat.

10.

Odamlarda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlar. Zaxarli hayvonlar.

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Xoliqov P.X., Qurbonov A.Q. va boshq. Tibbiy biologiya va umumiy genetika. Darslik. Toshkent. 2018 y. (yangilandi)
  2. Xoliqov P.X., Qurbonov A.Q. va boshq. Tibbiy biologiya va genetika. Darslik. Toshkent. 2024 y. – 568 bet. (yangilandi)
  3. Leslie P., Gartner PhD, James L. Hiatt Ph D, professor Emeritus Departament of Biomedical Sciances University of Meryland Dental School Baltimore Meryland. “Cell biology and histology”. – 436 2019 (yangilandi)
  4. Mamatyusupov A.Sh., Mamajonov A.A. va boshq. Tibbiy biologiya. Darslik. Andijon. 2025 y. - 213 (yangilandi)

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Nishonboev K.N., Hamidov J.H. Tibbiy biologiya va genetika. Darslik. Toshkent. 2005 y. 344 bet.
  2. Jamolov A.K., Yo.B.Muqumov va boshq. Tibbiy biologiya va umumiy genetika. O‘quv qo‘llanmasi. Toshkent. 2022 y. – 480 bet. (yangilandi)
  3. Nishonboev K.N., Eshonqulov O.E. va boshq. Tibbiyot genetikasi. Darslik. Toshkent . 2011 y. - 300 bet.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://lib.niuuz.online/read/16161/pdf
  • https://yandex.uz/search/?text=.+Jamolov+A.K.%2C+Yo.B.Muqumov+va+boshq.+Tibbiy+biologiya+va+umumiy+genetika.+O%E2%80%98quv+qo%E2%80%98llanmasi.+Toshkent.+2022+y.&clid=2411726&rdrnd=979463&lr=10335&redircnt=1766236288.1

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13-haftalar davomida -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14-haftalar davomida -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13-haftalar davomida -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 4-13-haftalar davomida-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 10-hafta-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Mamajonov Abrorbek Adiljonovich
Elektron pochta: --pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi
Taqrizchilar:

Y.Tursunov - Dotsent

T.Saydullayev - --vazifasini kiriting--

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15:00 – 18:00, B 413 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

A.Mamatyusupov

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Mamajonov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan