Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Adabiyotshunoslik nazariyasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Adabiyotshunoslik nazariyasi Fan kodi AN,809
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
60
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - –bаdiiy аdаbiyotning umuminsоniy mоhiyati, аdаbiy-nаzаriy tаfаkkur tаriхidаgi oʻzigа хоsliklаr, bаdiiy аsаr mаvzusi vа pоetik gʻоyasi, pоetik tаfаkkurgа хоs bеlgilаr, bаdiiy ijоd qоnuniyatlаri vа ijоd psiхоlоgiyasi, bаdiiy аdаbiyotning ijtimоiy hаyotdаgi oʻrni, bаdiiy аsаrni qаbul qilish mаsаlаlаri, jаhоn аdаbiyotshunоsligidа kеchаyotgаn jаrаyonlаr hаqidа bilimgа egа boʻlish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. 1. Adabiyot nazariyasi (ANI,106)

2. 1. Adabiyot nazariyasi (ANI,106)

3. 1. Adabiyot nazariyasi (ANI,106)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • badiiy adabiyotning umuminsoniy mohiyati, adabiy-nazariy
  • tafakkur tarixidagi oʻziga xosliklar, badiiy asar mavzusi va gʻoyasi, poetik tafakkurga xos
  • belgilar, badiiy ijod qonuniyatlari va ijod psixologiyasi, badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotdagi
  • oʻrni, badiiy asarni qabul qilish masalalari, jahon adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlar
  • haqida bilimlarga ega boʻladilar.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • “Adabiyot nazariyasi” fani boʻyicha bakalavr talaba badiiy adabiyotning umuminsoniy
  • mohiyati, adabiy-nazariy tafakkur tarixidagi oʻziga xosliklar, badiiy asar mavzusi va poetik
  • gʻoyasi, poetik tafakkurga xos belgilar, badiiy ijod qonuniyatlari va ijod psixologiyasi, badiiy
  • adabiyotning ijtimoiy hayotdagi oʻrni,
  • badiiy asarni qabul qilish masalalari, jahon
  • adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlar haqida tasavvurga ega boʻladi;
  • Ushbu fan doirasida talaba adabiyotshunoslik nazariyasining tarix, falsafa, psixologiya va
  • boshqa ijtimoiy fanlar bilan bogʻliqligini, adabiyotshunoslik ilmi va adabiy jarayondagi nazariy
  • masalalarni, badiiy asarning shakl va mazmuniga oid nazariy qarashlarni, lirikaning poetik
  • 1
  • 2
  • mohiyatini, badiiy asar tili, poetik nutq va uslu biy individuallik masalalarini biladi va ulardan
  • foydalana oladi. Shuningdek, nazariy bilim olgan bakalavr talaba adabiy manbalarga nazariy
  • baho bera olish, badiiy asarni filologik nuqtai nazardan talqin va tahlil etish, badiiy adabiyot va
  • sanʼatning mazmun-mohiyati boʻyicha adabiy suh batlar oʻtkazish, mavjud adabiy manbalar
  • asosida ilmiy

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Kirish. Adabiyotshunoslik asoslari fan sifatida

  1. Adabiyotshunoslik fanining predmeti.
  2. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi.
  3. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari.
  4. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
  5. ---
2

1

2.

Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati

  1. Badiiy adabiyot haqida adabiyotshunoslikdagi bahslar toʻgʻrisida.
  2. Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham sanʼat sohasi sifatida.
  3. Badiiy adabiyotning ijtimoiy tabiati.
  4. ---
2

2

3.

Badiiy obraz va obrazlilik. Badiiy obraz spestifikasi

  1. Obrazli tafakkur (obrazlilik) sanʼatning spesifik xususiyati sifatida.
  2. Badiiy obraz tushunchasi.
  3. Badiiy obraz xususiyatlari.
  4. Inson obrazi va uni yaratish vositalari.
  5. Obraz turlari.
  6. ---
2

3

4.

Badiiy asar tushunchasi

  1. Badiiy asar tushunchasi.
  2. Badiiy asar - badiiy kommunikatsiya vositasi.
  3. Badiiy ijod jarayoni haqida.
  4. Badiiy asar sistem butunlik sifatida.
  5. ---
2

4

5.

Mavzu: Badiiy asarda shakl va mazmun

  1. Shakl va mazmun tushunchalari haqida.
  2. Badiiy asarda shakl va mazmun birligi.
  3. Badiiy asarda shakl va mazmunning oʻzaro muvofiqligi badiiyatning muhim sharti sifatida.
  4. Shakl va mazmun unsurlari tasnifi masalasi.
  5. ---
2

5

6.

Badiiy asar syujeti. Konflikt

  1. Syujet haqida tushuncha.
  2. Syujet turlari. Syujet komponentlari.
  3. Syujetning badiiy asardagi funksiyalari.
  4. Konfilikt va uning turlari
  5. ---
2

6

7.

Badiiy asar kompozitsiyasi. Epik asar kompozitsiyasi

  1. Kompozision usullar.
  2. Kompozitsiya turlari.
  3. Epik nutqning kompozitsion shakllari: rivoya, tavsif, dialog
  4. Obrazlar sistemasi.
  5. Badiiy vaqt
  6. Tashqi kompozitsiya
  7. ---
2

7

8.

Lirik va dramatik asar kompozitsiyasi

  1. Lirik asar kompozitsiyasining uch aspekti.
  2. Tematik, matniy, ritmik-intonasion kompozitsiya.
  3. Dramatik asarning tashqi kompozitsiyasi
  4. Parda va koʻrinishlar.
  5. Asosiy va yondosh matn. Ramka unsurlari
  6. ---
2

8

9.

Badiiy asar tili

  1. Badiiy (poetik) til tushunchasi.
  2. «Poetik til» va umumxalq tili va «adabiy til» tushunchalari, ularning oʻzaro munosabati.
  3. Badiiy asar tilining spesifik xususiyatlari.
  4. Badiiy nutq shakllari: sochma (nasr)va tizma (sheʼriy); monologik va dialogik.
  5. Badiiy tilning anʼanaviyligi
  6. ---
2

9

10.

Badiiy tasvir va ifoda vositalari

  1. Tasvir va ifoda vositalari haqida umumiy tushuncha.
  2. Tildan foydalanishda normadan "ogʻish" tushunchasi va uning turlari.
  3. Leksik sathdagi normadan ogʻish: "soʻz tanlash" asosida tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirish
  4. Trop(koʻchim) semantik satxdagi normadan ogʻish sifatida.
  5. Tropning asosiy turlari
  6. ---
2

10

11.

Badiiy san’atlar va mumtoz qofiya

  1. Mutoz badiiy sanʼatlar.
  2. Maʼnaviy, lafziy va mushtarak sanʼatlar.
  3. Qofiya va uning turlari
  4. Mumtoz qofiya nazariyasi.
  5. ---
2

11

12.

She’riy nutq haqida.

  1. Sheʼriy va nasriy nutq haqida.
  2. Ritm tushunchasi.
  3. Ritmik boʻlak va ritmik vositalar.
  4. Sheʼriy sintaksis haqida.
  5. ---
2

12

13.

She’r tizimlari.

  1. "Sheʼr tizimi" va "vazn" tushunchalari haqida.
  2. Sheʼriy tizimlar. Metrik,melodik, sillabik, tonik sheʼr tizimlari.
  3. Aruz atamasi haqida. Aruzda ritmik boʻlaklar: harf, juzv, rukn, bahr.
  4. Solim va farʼiy bahrlar. Zihof.
  5. Aruzda yozilgan sheʼr vaznini aniqlash.
  6. ---
2

13

14.

Adabiy tur va janrlar.

  1. Adabiy tur tushunchasi.
  2. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish prinsiplari.
  3. Epik turning oʻziga xos spetsifik xususiyatlari.
  4. Epik tur janrlari, janrlarga ajratish prinsiplari. Eposning asosiy janrlari.
  5. ---
2

14

15.

Badiiy asar tahlili.

  1. .Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida.
  2. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar haqida.
  3. Kontekstual va immanent tahlil.
  4. Tahlil metodlari.
  5. ---
2

15

Jami 30
 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi    
1.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari

  1. Adabiyotshunoslik fanining predmeti.
  2. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi
2
2.

Adabiyotning ijtimoiy tabiatini belgilovchi omillari.

  1. Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham sanʼat sohasi sifatida.
  2. Badiiy adabiyotning ijtimoiy tabiati.
2
3.

Badiiy adabiyotning ijtimoiy ong shakllari orasidagi o‘rni va vazifalari.

  1. Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham sanʼat sohasi sifatida.
  2. Badiiy adabiyotning ijtimoiy tabiati.
2
4.

Badiiy obraz xususiyatlari.

  1. Individuallashgan umumlashma, ratsional va emotsional funksiyalar
  2. Metaforiklik, assotsiativlik
  3. Badiiy bashorat
2
5.

Badiiy asarda shakl va mazmun unsurlarining uyg‘unligi.

  1. Badiiy asarda shakl unsurlari
  2. Badiiy asarda mazmun unsurlari
  3. Problema
  4. Tema.
  5. Tendebsiya.
  6. Gʻoya
2
6.

Badiiy asarda obrazlar sistemasi.

  1. Sistem butunlik
  2. Obrazlar sistemasi
  3. Mikro Sistema
2
7.

Badiiy asarda syujet elementlari. Konflikt va uning turlari

  1. Syujet haqida tushuncha
  2. Syujet funksiyalari
  3. Xarakterlararo
  4. Qahramon va muhit
  5. Psixologik
2
8.

Badiiy asar kompozitsiyasi.

  1. Epik asar kompozitsiyasi
  2. Lirik asar kompozitsiyasi
  3. Dramatik asar kompozitsiyasi
2
9.

Adabiy asarlarni turlarga ajratish tamoyillari. Epik tur va uning janrlari

  1. Adabiy tur tushunchasi
  2. Badiiy adabiyotning turlarga ajratish prinsiplari
  3. Epik turning oʻziga xos spetsifik xususiyatlari
  4. Epik tur janrlari
  5. Epik turni janrga ajratish prinsipi
2
10.

Hozirgi she’riyatdagi lirik janrlar xususiyati.

  1. Meditativ lirika
  2. Intelektual lirika
  3. Voqeaband va tavsifiy lirika
2
11.

Badiiy nutq qurilishi. Nutqiy semantika

  1. Badiiy nutq tushunchasi.
  2. Badiiy nutqning spetsifik xususiyatlari.
  3. Badiiy nutqningvleksik xususiyatlari.
  4. Semantik sathdagi normadan ogʻishlar
  5. Koʻchim va uning turlari
2
12.

Adabiy yo‘nalish va oqimlar

  1. Metod va uslub tushunchasi haqida.
  2. Adabiy yoʻnalish haqida.
  3. Adabiy oqim, adabiy maktab
  4. Adabiy anʼana, adabiy taʼsir, adabiy aloqa
2
13.

Badiiy asar tahlili

  1. Tahlil, sintez va talqin atamalari haqida
  2. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar.
  3. Tahlil metodlari tasnifi. Kontekstual tahlil.
  4. Immanent tahlil.
  5. Kompleks tahlil.
2
14.

Immanent va Kontekstual tahlil turlari asosida hozirgi adabiy jarayondagi asarlrni tahlil qilish

  1. Struktural tahlil metodi.
  2. Stilistik tahlil metodi.
  3. Semiotik tahlil metodi
  4. Biografik tahlil metodi.
  5. Tarixiy-madaniy tahlil metodi.
  6. Sotsiologik tahlil metodi
  7. Psixologik tahlil metodi
2
15.

Hozirgi adabiy jarayon manzaralari

  1. Adabiy jarayon tushunchasi
  2. Adabiyot va ijtimoiy-tarixiy sharoit
  3. Adabiy jarayonni davrlashtirish
2
Jami 30

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Badiiy adabiyot haqida adabiyotshunoslikdagi bahslar to‘g‘risida shaxsiy muloxazalarni yozish.

2.

Aristotelning “Poetika” asarlarini o‘rganish.

3.

Alisher Navoiyning “Majolis un nafois” asarini o‘rganish

4.

Cho‘lponning “Adabiyot nadur?” maqolasi bilan tanishish va shu savolga shaxsiy mulohaza tayyorlash

5.

Fitratning “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” asarlarini o‘rganish.

6.

O.Sharafiddinov asarlari bo‘yicha taqdimot tayyorlash.

7.

A.Rasulovning “Badiiylik bezavol yangilik” asari tahlili

8.

Matyoqub Qo‘shjonovning “O‘zbekning o‘zligi” kitobini o’qib tahlil qilish

9.

N.Karimovning asar va maqolalari bilan tanishish.

10.

B.Karimovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

11.

Individual obraz, xarakter, tipik obrazlarni bir asar doirasida aniqlash va tavsif yozish.

12.

Jadid adabiyoti namunalari misolida motiv obrazlar mavzusida tezes tayyorlash.

13.

Mumtoz adabiyot janrlaridan namunalar yod olish va tahlil qilish

14.

Badiiy asarlardagi peyzaj, portretlardan parchalar yod olish

15.

Epik asar kompozitsiyasini tahlil qilish

16.

Lirik asar kompozitsiyasini tahlil qilish

17.

Dramatik asar kompozitsiyasini tahlil qilish

18.

Mutoz adabiyot namunalari asosida toposlarni aniqlash.

19.

I.G‘afurov asarlari bilan tanishish va taqdimot tayyorlash

20.

I.Haqqulning “Navoiyga qaytish” kitobini o’qib tahlil qilish

21.

Q.Yo‘ldoshning “Badiiy tahlil asoslari”ni o’qish

22.

Umarali Normatovning “Ijod sehri” kitobini mutolaa qilish

23.

D.Quronovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

24.

A.Hayitmetovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

25.

B.Sarimsoqovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

26.

Z.Qobilovaning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

27.

U.Hamdamovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

28.

B.Rahmonovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

29.

N.Jobborovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

30.

M.Asadovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini o‘qib, tahlil qilish.

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

7.3. Axborot manbaalari

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Qodirov Abdulazizbek Luqmonjon oʻgʻli
Elektron pochta: --pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

L.Semeneyeva - o'qituvchi

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Qodirov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan