![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Ogʻzaki nutq amaliyoti
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 | Semestr | 1,2 | ||
| Fan nomi | Ogʻzaki nutq amaliyoti | Fan kodi | ENG102 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 30 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 12 | Baholash shakli |
oraliq: ogʻzaki joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat yakuniy: yozma va ogʻzaki |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 360 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | |
|
144 (aud) |
216 (must) |
0 | 144 | ||
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi - Ogʻzaki nutq amaliyoti fanining maqsadi talabalar uchun tinglash va gapirish boʻyicha muhim akademik koʻnikmalarni rivojlantirish.Shuningdek, talabalarning oʻz fikrlarini aniq va ravon ifodalash, ogʻzaki muloqotda ishonch bilan qatnashish, va matnlarni tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan.Talabalar turli interaktiv mashgʻulotlar, rolli oʻyinlar va munozaralar orqali amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash va dars davomida faol ishtirok etishga ragʻbatlantiriladi. Ushbu yoʻnalishlarga eʼtibor qaratish orqali, fan talabalarni akademik muvaffaqiyat va samarali real dunyo kommunikatsiyasiga tayyorlaydi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- tinglash va gapirish koʻnikmalarining ahamiyati va ularga taʼsir qiluvchi omillar haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- akademik muvaffaqiyat uchun zarur boʻlgan asosiy grammatika va soʻz boyligi boʻyicha bilimlarni egallashlari lozim;
- nutq matnlarini tushunish va tahlil qilish usullari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- turli gapirish usullari va ularni qoʻllash imkoniyatlari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- madaniy ong va turli madaniyatlar haqida bilimga ega boʻlishlari kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- tinglash va gapirishni amalda qoʻllash, nutq matnlarini tushunish va tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantirish;
- oʻz fikrlarini ogʻzaki ravishda aniq va ravon ifodalash koʻnikmalariga ega boʻlish;
- nutq matnlarini tahlil qilish va turli gapirish usullari orqali oʻz fikrlarini ifodalashni bilish;
- nutq tayyorlash jarayonini, jumladan, rejalashtirish, tahrirlash va qayta koʻrib chiqishni amalda qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
- madaniy sezgirlikni rivojlantirish va turli madaniy kontekstlarda tilni toʻgʻri ishlatishni bilish.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- David Bohkle& Robyn Brinks Lockwood. Skillful (Listening and Speaking, Student’s Book 1). – London 2020: Macmillan Education, 109.
- David Bohkle& Robyn Brinks Lockwood. Skillful (Listening and Speaking, Teacher’s Book 1). – London 2020: Macmillan Education.
- Paul Nation. 4000 essential English word 3. Second edition 2020
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Mindset for IELTS Student’s Book 2. Cambridge University Press and UCLES 2017 – First published 2017: Printed in Dubai by Oriental Press.
- Raymond Murphy. English Grammar in Use. University Printing House, Cambridge CB2 8BS, United Kingdom. Fifthedition 2019.
- Paul Nation. 4000 essential English words 4. Secondedition 2020.
7.3. Axborot manbaalari
- https://ziyonet.uz
- https://en.islcollective.com
- https://www.macmillaneducationeverywhere.com
- https://www.britishcouncil.org
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 -hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 -hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 -hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15-hafta(lar) davomida |
| Jami | 0 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | yozma va ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 60 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Kuchkarova Gavxar Abdullayevna Maxkamov Jaxongir Komiljon oʻgʻli |
|---|---|
| Elektron pochta: |
--pochta kiriting-- --pochta kiriting-- |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Ingliz filiologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
J.Egamberdiyev - Ta’lim sifatini nazorat qilish bo'limi raisi D.Egamnazarova - Kafedra mudiri |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 17:00, 101 A – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Ingliz filiologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) D.Egamnazarova Kafedra mudiri |
(imzo) G.Kuchkarova Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) J.Maxkamov Fan oʻqituvchisi |
