![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʻzbek (rus) tili. Oʻzbek til (rus tili ). Tibbiyotda xorijiy til
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910100 - Stomatologiya | |
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 5 | Semestr | 1 | |
| Fan nomi | Oʻzbek (rus) tili. Oʻzbek til (rus tili ). Tibbiyotda xorijiy til | Fan kodi | OʻRTOʻTSQTXT1206 | |
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | |
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | |
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 2 | Baholash shakli |
oraliq: yozma joriy: workshop /topshiriq / loyixa / davomat yakuniy: test |
|
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 60 | Auditoriya soatlari taqsimoti | amal | |
|
30 (aud) |
30 (must) |
30 | ||
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi - Oʻzbek tilining fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi, xususan, tibbiyot leksikasining qoʻllanishi, maʼnolari, sinonimiyasi va uslubiy xususiyatlari; oʻzbek tilida sintaktik jihatdan toʻgʻri gap tuza olish; bogʻlangan matn tuzish, uni ijodiy oʻzgartirish, qisqartirish va kengaytirish kabilarni bilishi; tibbiy atamalarni oʻrgatish, tibbiyot sohasidagi oʻzbekcha atamalarni tushunish va qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat. Fanni oʻrganish jarayonida talabalar asosiy tibbiy tushunchalar, kasalliklar, diagnostika usullari va davolash usullarining oʻzbek tilidagi nomlari bilan tanishadilar. Tibbiyotga oid axborot materiallarini oʻzbek tiliga va aksincha oʻz ona tiliga erkin tarjima qilish; oʻqish va keyingi mehnat faoliyati jarayonida oʻzbek tilida muloqotga kirisha olish, yetarli yozma va ogʻzaki savodxonlikka ega boʻlish, oʻzbek tilida ish yuritish va ixtisosligi sohasidagi kitob, maqolaga taqriz yoza bilish, boshqalar fikriga munosabat bildirish, turli nutqiy vaziyatlarda oʻz fikrini oʻzbek tilida asosli bayon qilish malakalariga ega boʻlishi taʼminlanadi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Fanni oʻzlashtirish yakunida talaba quyidagi bilim, koʻnikma va kompetensiyalarga ega boʻladi:
- Umummadaniy va tarixiy bilimlar:
- oʻzbek tilining ahamiyati, oʻzbek xalqining boy madaniy merosini oʻrganish; -xalqaro tibbiy va farmatsevtik terminologiyaning shakllanishiga hissa qoʻshgan olimlar haqidagi bilimlarni boyitish.
- Lingvistik bilimlar:
- oʻzbek tili grammatikasining boshlangʻich darajasi;
- soʻz yasalish usullari haqida asosiy tushunchalar;
- tibbiy terminlarni tushunish, shakllantirish va amalda qoʻllash uchun zarur boʻlgan fonetik va grammatik qoidalarni oʻrganish.
- Anatomiyaga oid atamalar boʻyicha bilimlar:
- odam anatomiyasiga oid atamalarning asosiy prinsplari va qoidalari;
- anatomik atamalarni oʻzbek tilida toʻgʻri talaffuz qilish va yozish;
- anatomik atamalarni oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan rus tiliga toʻgʻri tarjima qilish koʻnikmasiga ega boʻlish;
- tana qismlari, boʻlimlari, yoʻnalishlari va sathlari, boʻshliqlari, organlar va tizimlarni ifodalovchi asosiy anatomik atamalarni oʻzbek tilida toʻgʻri talaffuz qilishni oʻrganish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- tibbiy bilimlarni oʻzbek tilida ogʻzaki va yozma ravishda toʻgʻri va aniq ifoda eta olish;
- tibbiy atamalarni ogʻzaki va yozma nutqda samarali qoʻllay olish;
- ilmiy va rasmiy uslub elementlarini nutqda toʻgʻri qoʻllay olish;
- Davlat tilida ish yuritish hujjatlarini toʻliq lotin yozuvida rasmiylashtira olish;
- maqola, tezis, annotatsiya kabi ilmiy ishlar yozish koʻnikmasiga ega boʻlish;
- "4K" koʻnikmalarini (kreativlik, kommunikatsiya, kritik fikrlash, kollaboratsiya) amaliyotda qoʻllay olish;
- oʻzbek tilida uslubiy jihatdan toʻgʻri yoza olish.
5. Fan mazmuni
Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Qo‘ziboyeva M.M., Kabuljonova G.K. O‘zbek tili. (darslik).-Andijon, 2023.-208 b.
- K.Turdiyeva, D.Ahmedova O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan ( Tibbiyot institutlarining rus guruhlari uchun) “ Musiqa ” nashriyoti Toshkent. 2007.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5850 – sonli qarori. (yangilandi)
- Sohaviy lug‘atlar.
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13 -hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13 -hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13 -hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 0 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 60 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Xolmatova Muxayyo Abdugʻopporovna |
|---|---|
| Elektron pochta: |
--pochta kiriting-- |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
G.Kabuljonova - Dotsent |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tibbiyotda tillarni oʻqitish» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) Y.Nasirdinova Kafedra mudiri |
(imzo) M.Xolmatova Fan oʻqituvchisi |
