Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310300 - Psixologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi Fan kodi EDU 102
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: Suhbat
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
30 14 16
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Fanni oʻqitishdan maqsad - boʻlajak kadrlarga jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi boʻyicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish orqali kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy tarbiya nazariyasi boʻyicha kasbiy bilimlar, koʻnikma va malakalarga ega qilish qatorida pedgogik va axborot texnologiyalardan foydalana olish kabi amaliy koʻnikmalar bilan qurollantirishni koʻzda tutadi

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • psixolog jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining oʻziga xos xususiyatlari, uning sifat xususiyatlari va jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining mazmuni asoslari haqida bilimga ega bоʼlishi kerak;
  • maktab oʻquvchilari uchun maktab kuni rejimida jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish tadbirlarining vazifalari va mazmuni, maktabda darslar va sport-ommaviy ishlarning dars shakllarini tashkil etish xususiyatlari haqida bilimga ega bоʼlishlari lozim;
  • jismoniy madaniyat darslarini tashkil qilish qonuniyatlarini bilishi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari jarayonida turli toifadagi odamlarni harakat faoliyatiga oʻrgatish va jismoniy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasini aniqlay olishi;
  • sanitar-gigiyenik, iqlimiy, hududiy va milliy sharoitlarni hisobga olgan holda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, kattalar bilan jismoniy tarbiya va dam olish mashgʻulotlarining asosiy turlarini rejalashtirish va oʻtkazishni bilishi;
  • jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari jarayonida jismoniy mashqlar texnikasiga ega boʻlish va maslahat ishlari koʻnikmalariga ega boʻlish, turli jismoniy mashqlarni toʻgʻri bajarish va koʻrsatib bera olishi;
  • jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida yuzaga keladigan aniq muammolarni hal qilish uchun ilmiy va uslubiy faoliyat koʻnikmalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari

  1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi predmeti
  2. Jismoniy tarbiya nazariyasi
  3. Jismoniy rivojlanish
  4. Jismoniy tarbiya
  5. Jismoniy barkamollik
  6. Jismoniy madaniyat
  7. Sport
  8. Jismoniy mashqlar
  9. ---
2

1

2.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining ilmiy-nazariy asoslari

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi
  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining maqsadi
  3. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining vazifalari
  4. Jismoni tarbiya nazariyasi qaysi fanlar bilan bogʻliq
  5. ---
2

2

3.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining tadqiqot metodlari

  1. Nazariy taxlil va umumlashtirish
  2. Pеdagogik tеkshirish
  3. Ekspеrimеnt
  4. ---
2

3

4.

O`zbekistonda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi

  1. Jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi va bosqichlari
  2. Mustaqil Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi
  3. ---
2

4

5.

Maktab va maktabgacha ta`lim jismoniy tarbiyasida ta'lim-tarbiya berish tamoyillari.Ta'lim metodlari va usullari

  1. Jismoniy tarbiya nazariyasida taʼlim-tarbiya berish tamoyillari
  2. Taʼlim metodlari va usullari
  3. ---
2

5

6.

Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari

  1. Jismoniy tarbiya vazifalari
  2. Jismoniy tarbiya vositalari
  3. ---
2

6

7.

Jismoniy mashqlarning mazmuni. Jismoniy mashqlar texnikasi.

  1. Jismoniy mashqlarning xaraktеristikasi
  2. Jismoniy mashqlarning paydo boʻlishi
  3. ---
2

7

8.

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari

  1. «Maktabgacha tarbiya kontsepsiyasi», Maktabgacha taʼlim Nizomida jismoniy tarbiya masalasining yoritilishi.
  2. Bolalar jismoniy rivojlanishining oʻziga xos yosh xususiyatlari.
  3. Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari.
  4. SHarq mutafakkirlari jismoniy tarbiya toʻgʻrisida.
  5. ---
2

8

9.

Gimnastika turlari va ularning tavsifi. Umumrivojlantiruvchi gimnastika

  1. Gimnastika maxsus tanlangan mashqlar tizimi sifatida.
  2. Gimnastika turlari va ularning tavsifi.
  3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida asosiy gimnastika.
  4. ---
2

9

10.

Asosiy xarakatlar. Yurish, yugurish, tirmashish, sakrashlar, uloqtirish, yugurib kelib uloqtirish, muvozanatni saqlash qobilyati.

  1. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni taʼlim muassasalarida va oilada asosiy harakatlarini rivojlantirishning ahamiyati
  2. Yurish mashqlarining turlari va ularni oʻtkazish metodlari
  3. Yugurish mashqlari turlari va ularni oʻtkazish metodlari
  4. Sakrash mashqlarining turlari va ularni oʻtkazish metodlari
  5. Muvozanatni saqlash mashqlarining tavsifi
  6. Tirmashish va emaklash mashqlarini oʻtkazish metodlari
  7. Uloqtirish mashqlarini oʻtkazish metodlari
  8. ---
2

10

11.

Yelka kamari va qo`l muskullarini rivojlantitish va mustaxkamlashga qarqtilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar

  1. Bolalarning qaddi-qomatini jismoniy tomondan shakllantirishda umumrivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyati
  2. Oilada bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga oʻrgatish
  3. Jismoniy buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
  4. Kichik va oʻrta guruh bolalariga umumrivojlantiruvchi mashqlarni oʻrgatish
  5. ---
2

11

12.

Harakatli o'yinlar haqida tushuncha, uning o`ziga xosligi. Harakatli o'yinlarni bolalarni tarbiyalashdagi ahamiyati.

  1. Qoidali harakatli oʻyinlarning jismoniy tarbiya vositasi va metodi sifatidagi tavsifi
  2. Bolani tarbiyalashda harakatli oʻyinlarning ahamiyati
  3. Oʻyinlarning tasnifi
  4. Kichik va oʻrta guruhlarda harakatli oʻyinlarni oʻtkazish metodlari
  5. Katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida harakatli oʻyinlarni oʻtkazish metodlar
  6. ---
2

12

13.

Jismoniy tarbiya dasturlarining tasnifi

  1. “Ilk qadam” dasturining tuzilishi va mazmuni.
  2. «Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
  3. ---
2

13

14.

Maktabgacha va boshlang`ich ta'lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika

  1. Gimnastika maxsus tanlangan mashqlar tizimidir
  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlari.
  3. Yurish va yugurishga оʼrgatish metodikasi
  4. Sakrash, uloqtirish va muvozanat saqlashga оʼrgatish.
  5. ---
2

14

15.

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun asosiy harakatlarning ahamiyati

  1. Maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarni taʼlim uassasalarida va oilada asosiy harakatlarini rivojlantirishning ahamiyati
  2. Yurish mashqlarining turlari va ularni oʻtkazish metodlari
  3. Yugurish mashqlari turlari va ularni oʻtkazish metodlari
  4. Sakrash mashqlarining turlari va ularni oʻtkazish metodlari
  5. ---
2

15

Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Saflanish mashqlari va qayta saflanishlar

  1. Saflanish mashqlari.
  2. Qayta saflanishlar
2
2.

Harakatli o'yinlaming turlari va mazmuni

  1. Harakatli оʼyinlar haqida tushuncha, uning оʼziga xosligi.
  2. Harakatli оʼyinlarni оʼtkazish metodikasi.
  3. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun sport оʼyinlari.
2
3.

O`zbek xalq o'yinlari

  1. Oʻzbek xalq oʻyinlari tarixi.
  2. Oʻzbek xalq oʻyinlari
2
4.

Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan tibbiy- pedagogik nazoratni olib borish.

  1. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan tibbiy nazoratni olib borish.
  2. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan pedagogik nazoratni olib borish
2
5.

Bolalar jismoniy tabiyasining rivojlanish tizimi

  1. Jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi va bosqichlari
  2. Mustaqil Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi
2
6.

Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish

  1. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoshidagilarning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalash
  2. Chaqqonlikni rivojlantirish
  3. Chidamliliknn rivojlantirish
  4. Tezkorlik sifati.
  5. Egiluvchanlik va boʻgʻinlar harakatchanligi
  6. Kuch va uni rivojlantirish
2
7.

Umumrivojlantiruvchi mashqlarning guruhlari

  1. Bolalarning qaddi-qomatini jismoniy tomondan shakllantirishda umumrivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyati
  2. Oilada bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga oʻrgatish
  3. Jismoniy buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
  4. Kichik va oʻrta guruh bolalariga umumrivojlantiruvchi mashqlarni oʻrgatish
2
Jami 14

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi    
1.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining fanlar tizimida tutgan o'rni

  1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fanlar bilan bogʻliqligi
  2. Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari
2
2.

Jismoniy tarbiya jarayonida ta'lim, tarbiya birligi va bolaning rivojlanishi

  1. Jismoniy tarbiya jarayonida taʼlim, tarbiya birligi.
  2. Jismoniy tarbiya jarayonida bolaning rivojlanishi
2
3.

Jismoniy tarbiya tizimida ta'lim-tarbiya berish tamoyillari

  1. Tizimlilik va izchillik prinsipi
  2. Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipi
  3. Taʼlimning koʻrgazmali, ogʻzaki va amaliy metodlarini optimal tarzda birga qoʻshib olib borish prinsipi
2
4.

Ta'lim metodlari va usullari tasnifi

  1. Koʻrgazmali metod
  2. Ogʻzaki metod
  3. Amaliy metod
  4. Reproduktiv metod
2
5.

Maktabgacha va boshlang`ich ta'limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari

  1. Bolalarni harakatlarga oʻrgatishning metodik usullari
  2. Yaqqol eshitish metodlari
2
6.

Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi

  1. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi
  2. Issiq iqlim sharoitida bolalarni jismoniy tarbiyalash
2
7.

Jismoniy mashqlarning umumiy tasnifi

  1. Jismoniy tarbiya mashgʻulotlarining tuzilishi va mazmuni.
  2. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
  3. Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari.
  4. Sayrda tashkil etiladigan jismoniy mashqlar va harakatli оʼyinlar.
2
8.

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari

  1. Maktabgacha 2-3 yoshdagi bolalarning rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Maktab yoshdagi bolalarning rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari
2
Jami 16

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari

2.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining ilmiy-nazariy asoslari

3.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining tadqiqot metodlari

4.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining rivojlanish tizimi

5.

Bolalar jismoniy tarbiyasida ta'lim-tarbiya berish tamoyillari.Ta'lim metodlari va usullari

6.

Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari

7.

Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi Jismoniy mashqlarning paydo bo'lishi

8.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari

9.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika

10.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar

11.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari

12.

Harakatli o'yinlar bolalarda jismoniy madaniyatni tarbiyalashning asosiy metodi va vositasi sifatida

13.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o'yinlari.

14.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etish shakllari

15.

Pedagogik texnologiyalarning metodlari.

16.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining fanlar tizimida tutgan o'rni

17.

Jismoniy tarbiya jarayonida ta'lim,tarbiya birligi va bolaning rivojlanishi

18.

Jismoniy tarbiya tizimida ta'lim-tarbiya berish tamoyillari

19.

Ta'lim metodlari va usullari tasnifi

20.

Maktabgacha ta'limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari

21.

Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish

22.

O`zbek xalq o'yinlari

23.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport mashqlari.

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. A.Y.Mahkamov, Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.Darslik. Qo`qon 2023- yil 2. A.Bobomurodov, Jismoniy tarbiya. Darslik. . Toshkent, 2020-yil (yangilandi)

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Abdullaev A, Xonkeldiev Sh. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (II tom). Darslik. Toshkent.,O‘zDJTI, 2018-yil (yangilandi)
  2. Xayitboyev N.Sh., Bolalar jismoniy tarbiyasi. O‘quv qo‘llanma. Andijon- 2024-yil (yangilandi)

7.3. Axborot manbaalari

  • www.tdpu.uz 2.www.pedagog.uz 3.https://sport.uz/ 4. https://jis tar .uz/ (yangilandi)

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 4-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. Suhbat Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-Juma, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbanov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

Kiritilmagan

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan