Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310300 - Psixologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 4
Fan nomi Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat Fan kodi EVPX2404
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi tanlov
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
14
(aud)
106
(must)
6 8
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - talabalarni ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat koʻrsatishning asosiy tushunchalari, ilmiy va amaliy jihatlari bilan tanishtirish hamda ekstremal vaziyatlarda inson faoliyati va xulq-atvori bilan bogʻliq muammolarni hal eta oladigan psixolog-mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat koʻrsatish haqidagi tushunchalarni shakllantirish;
  • stressning shaxsga ijobiy va salbiy taʼsirlarini bilishi:
  • ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologiyasida sodir boʻladigan oʻzgarishlar haqida maʼlumotga ega boʻlishi;
  • emotsional-irodaviy xususiyatlarning ekstremal vaziyatlarda ahamiyatini bilishi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • shaxsning stressli vaziyatlarida yordam koʻrsata olishni bilishi;
  • shoshilinch psixologik yordam koʻrsatishda foydalaniladigan psixologik tashxis metodlarini bilishi,
  • ekstremal vaziyatlarda inson emotsional-irodaviy xususiyatlariga koʻra yordam koʻrsatishni bilishi lozim.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Halokatlar, ekstremal va favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida zamonaviy tushunchalar. Stressni o‘rganish tarixi va uning ta’rifi. Stress psixofiziologiyasi. Stress psixologiyasi.

  1. Favqulodda, ekstremal va inqirozli vaziyatlar haqida tushuncha.
  2. Favqulodda vaziyat. Ekstremal vaziyat. Inqirozli vaziyat.
  3. Ekstremal vaziyatlarning insonga taʼsiri.
  4. Stress: oʻrganish tarixi va zamonaviy tushunchalar.
  5. Stressga bardoshlilik haqida tushuncha.
  6. Stress vujudga kelishining tabiati.
  7. Asab tizimi: anatomik tuzilish va funksional taqsimlanish.
  8. Stress mexanizmlari.
  9. Stress vujudga kelishining tabiati.
  10. Psixologik stress shakllanishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar.
  11. Insonning stressga reaksiyalarining turlari (darajalari).
  12. ---
2

1

2.

Stressning inson hayotiga ta’siri. Shoshilinch psixologik yordam. Favqulodda vaziyatlarda shoshilinch psixologik yordam ko‘rsatishning tashkiliy jihatlari.

  1. Stressning inson organizmiga taʼsiri
  2. Stressga nisbatan oʻtkir (shiddatli) reaksiyalar paytida oʻz-oʻziga yordam koʻrsatish.
  3. Stressga nisbatan shiddatli reaksiya paytida shoshilinch psixologik yordam koʻrsatish.
  4. Qoʻrquv holatlarida yordam koʻrsatish.
  5. Bezovtalanish holatlarida yordam koʻrsatish. Yigʻlash holatlarida yordam koʻrsatish.
  6. Vahimaga tushish holatlarida yordam koʻrsatish.
  7. Apatiya holatlarida yordam koʻrsatish. Aybdorlik va uyalish holatlarida yordam koʻrsatish.
  8. Harakatli qoʻzgʻalish holatlarida yordam koʻrsatish.
  9. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyda psixologik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar faoliyatining tashkiliy sxemasi.
  10. Shoshilinch psixologik yordam koʻrsatishning umumiy tamoyillari va asosiy kasbiy psixologik metodlari.
  11. Favqulodda vaziyatlarda ishlaydigan mutaxassis-psixologning prinsiplari va axloq meʼyorlari.
  12. ---
2

2

3.

Jarohat stressiga nisbatan reaksiyalarning kechiktirilish holatlari. Jarohatdan keyingi stressli buzilish. Bezovtalanish tushunchasi. Jarohatdan keyingi stressli holatda bezovtalanish bilan bog‘liq kechinmalar bilan ishlash.

  1. Jarohatdan keyingi stressli buzilish (JKSB).
  2. Gʻam-qaygʻu reaksiyalari.
  3. Shoshilinch psixologik yordam koʻrsatish metodlari.
  4. Shoshilinch psixologik yordam koʻrsatishda foydalaniladigan psixologik tashxis metodlari.
  5. Nevrotik va sogʻlom harakatlarni ajratib turuvchi kichik farq — reaksiya tezligi.
  6. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyda psixologik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar faoliyatining tashkiliy sxemasi.
  7. Shoshilinch psixologik yordam koʻrsatishning umumiy tamoyillari va asosiy kasbiy psixologik metodlari.
  8. Favqulodda vaziyatlarda ishlaydigan mutaxassis-psixologning prinsiplari va axloq meʼyorlari.
  9. Bezovtalanish holatlarida yordam koʻrsatish.
  10. Asablar zoʻriqishi sindromi.
  11. Jarohatdan keyingi stressli holatda bezovtalanish bilan bogʻliq kechinmalar bilan ishlash.
  12. ---
2

3

Jami 6
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Halokatlar, ekstremal va favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida zamonaviy tushunchalar. Stressni o‘rganish tarixi va uning ta’rifi. Stress psixofiziologiyasi. Stress psixologiyasi.

  1. Favqulodda, ekstremal va inqirozli vaziyatlar haqida tushuncha.
  2. Favqulodda vaziyat. Ekstremal vaziyat. Inqirozli vaziyat.
  3. Ekstremal vaziyatlarning insonga taʼsiri.
  4. Stress: oʻrganish tarixi va zamonaviy tushunchalar.
  5. Stressga bardoshlilik haqida tushuncha.
  6. Stress vujudga kelishining tabiati.
  7. Asab tizimi: anatomik tuzilish va funksional taqsimlanish.
  8. Stress mexanizmlari.
  9. Stress vujudga kelishining tabiati.
  10. Psixologik stress shakllanishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar.
  11. Insonning stressga reaksiyalarining turlari (darajalari).
2
2.

Stressning inson hayotiga ta’siri. Shoshilinch psixologik yordam. Favqulodda vaziyatlarda shoshilinch psixologik yordam ko‘rsatishning tashkiliy jihatlari.

  1. Stressning inson organizmiga taʼsiri.
  2. Stressga nisbatan oʻtkir (shiddatli) reaksiyalar paytida oʻz-oʻziga yordam koʻrsatish.
  3. Stressga nisbatan shiddatli reaksiya paytida shoshilinch psixologik yordam koʻrsatish.
  4. Qoʻrquv holatlarida yordam koʻrsatish.
  5. Bezovtalanish holatlarida yordam koʻrsatish. Yigʻlash holatlarida yordam koʻrsatish.
  6. Vahimaga tushish holatlarida yordam koʻrsatish.
  7. Apatiya holatlarida yordam koʻrsatish. Aybdorlik va uyalish holatlarida yordam koʻrsatish.
  8. Harakatli qoʻzgʻalish holatlarida yordam koʻrsatish.
  9. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyda psixologik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar faoliyatining tashkiliy sxemasi.
  10. Shoshilinch psixologik yordam koʻrsatishning umumiy tamoyillari va asosiy kasbiy psixologik metodlari.
  11. Favqulodda vaziyatlarda ishlaydigan mutaxassis-psixologning prinsiplari va axloq meʼyorlari.
2
3.

Jarohat stressiga nisbatan reaksiyalarning kechiktirilish holatlari. Jarohatdan keyingi stressli buzilish. Bezovtalanish tushunchasi. Jarohatdan keyingi stressli holatda bezovtalanish bilan bog‘liq kechinmalar bilan ishlash.

  1. Jarohatdan keyingi stressli buzilish (JKSB).
  2. Gʻam-qaygʻu reaksiyalari.
  3. Shoshilinch psixologik yordam koʻrsatish metodlari.
  4. Shoshilinch psixologik yordam koʻrsatishda foydalaniladigan psixologik tashxis metodlari.
  5. Nevrotik va sogʻlom harakatlarni ajratib turuvchi kichik farq — reaksiya tezligi.
  6. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyda psixologik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar faoliyatining tashkiliy sxemasi.
  7. Shoshilinch psixologik yordam koʻrsatishning umumiy tamoyillari va asosiy kasbiy psixologik metodlari.
  8. Favqulodda vaziyatlarda ishlaydigan mutaxassis-psixologning prinsiplari va axloq meʼyorlari.
  9. Bezovtalanish holatlarida yordam koʻrsatish.
  10. Asablar zoʻriqishi sindromi.
  11. Jarohatdan keyingi stressli holatda bezovtalanish bilan bogʻliq kechinmalar bilan ishlash.
2
4.

Yo‘qotish bilan bog‘liq kechinmalar. Ekstremal vaziyatlarda inson emotsional-irodaviy xususiyatlarining o‘rni. Emotsiyalar va emotsional holatlar. Mutaxassislarning kasbiy salomatligi. Ekstremal sohadagi mutaxassislarda kasbiy so‘nish sindromi profilaktikasi.

  1. Yoʻqotish sindromi.
  2. Yoʻqotish, ayrilish bilan bogʻliq oʻtkir reaksiya.
  3. Yoʻqotish hissini his qilayotgan insonni konsultatsiyasi.
  4. Qisqa muddatli ijobiy terapiya treningi.
  5. Emotsional-irodaviy xususiyatlarning ekstremal vaziyatlarda ahamiyati.
  6. Suitsidal klientlar konsultatsiyasi.
  7. Oʻz joniga qasd qilgan insonlarning konsultatsiyasi
  8. Emotsiya tushunchasi. Emotsiya va his-tuygʻularning tasnifi.
  9. Emotsiyalarning ekstremal vaziyatlardagi oʻrni.
  10. Kasbiy salomatlik tushunchasi.
  11. Kasbiy salomatlikni tashxisi va psixoterapiyasi
  12. Mutaxassislarda kasbiy soʻnish sindromi profilaktikasi tushunchasi va koʻrinishlari.
  13. Kasbiy soʻnishi bor mutaxassislarning psixologik korreksiyasini tashkil etish.
2
Jami 8

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Halokatlar, ekstremal va favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida zamonaviy tushunchalar.

2.

Stressni o‘rganish tarixi va uning ta’rifi.

3.

Stress psixofiziologiyasi.

4.

Stress psixologiyasi.

5.

Stressning inson hayotiga ta’siri.

6.

Shoshilinch psixologik yordam.

7.

Favqulodda vaziyatlarda shoshilinch psixologik yordam ko‘rsatishning tashkiliy jihatlari.

8.

Jarohat stressiga nisbatan reaksiyalarning kechiktirilish holatlari.

9.

Jarohatdan keyingi stressli buzilish.

10.

Bezovtalanish tushunchasi. Jarohatdan keyingi stressli holatda bezovtalanish bilan bog‘liq kechinmalar bilan ishlash.

11.

Yo‘qotish bilan bog‘liq kechinmalar.

12.

Ekstremal vaziyatlarda inson emotsional-irodaviy xususiyatlarining o‘rni.

13.

Emotsiyalar va emotsional holatlar.

14.

Mutaxassislarning kasbiy salomatligi.

15.

Ekstremal sohadagi mutaxassislarda kasbiy so‘nish sindromi profilaktikasi.

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. O.R.Avezov. Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat. Darslik. Buxoro 2023. (yangilandi)
  2. Psixologiya ekstremalnix situatsiy: Xrestomatiya / Sost. AE. Taras, K.V. Selchenok. Minsk: Xarvest, 2000. (yangilandi)

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Aleksandrovskiy Yu.A. Psixicheskie rasstroystva vo vremya i pos¬le chrezvыchaynoy situatsii // Psixiatriya i psixofarmako-terapiya. 2001. (yangilandi)
  2. Bill D. Vse o stresse. Per. s angl. M.: Olimp; ACT, 2002. (yangilandi)

7.3. Axborot manbaalari

  • https://drive.google.com/file/d/159169AWC-YQ3XSZQ9F9X59H3nXPJ1sco/view?usp=sharing (yangilandi)
  • http://psylib.org.ua/index.html (yangilandi)

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Xamdamova Muazzamxon Xabibullo qizi
Elektron pochta: --pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Xaydarova - Dotsent v.b.

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, E bino 607–xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbanov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Xamdamova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan