Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tarixiy geografiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60220300 - Tarix
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Tarixiy geografiya Fan kodi TG 1105
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: test
joriy: workshop/mustaqil taʼlim/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 0
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - – talabalarda tarixiy geografiya fanining shakllanishi va taraqqiyoti, uning tarixiy fanlarni oʻrganishdagi oʻrni, mintaqamizning boy tarixiy geografiyasi haqida tarixiy-geografik bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishdir

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • tarixiy geografiya va kartografiyaning vazifalari, tarixiy geografiyaning asosiy boʻlimlari, tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti, tarixiy kartografiya va uning asosiy yoʻnalishlari, tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyotini bilishi kerak;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • talaba Oʻrta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi, Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar va XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy geografiyasi, mintaqaning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi hamda Turkistonning 1917–1924-yillarda tarixiy geografiyasi va ushbu davrlarga oid kartografik tadqiqotlar haqida koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak;

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

O‘zbekistonning tarixiy geografiyasi (1924-1991-yillar).

  1. Oʻzbekistonning 1924–1938-yillardagi chegaralari va maʼmuriy-hududiy boʻlinishi.
  2. Oʻzbekistonning XX asr 40–80-yillaridagi maʼmuriy-hududiy boʻlinish tizimi.
  3. Hududiy boʻlinishdan soʻng Oʻrta Osiyo chegaralari 1936 yilda Qoraqalpogʻistonning avtonom respublika sifatida Oʻzbekiston tarkibiga kirishi
  4. ---
2

1

2.

O‘zbekiston Respublikasi tarixiy geografiyasi

  1. Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy-geografik tavsifi va maʼmuriy-hududiy tuzilishi.
  2. Respublikaning aholi geografiyasi.
  3. Sanoat va qishloq xoʻjaligi geografiyasi. Transport va aloqa yoʻllari.
  4. ---
2

2

3.

Tarixiy geografiya fanining vazifalari. Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari.

  1. Tarixiy geografiyaning asosiy boʻlimlari.
  2. Tarixiy-geografik tadqiqotlarning asosiy metodlari fan sifatida.
  3. Tarixiy kartografiyama mqsad, vazifalari va asosiy boʻlimlari.
  4. Tarixiy kartografik va geografik tadqiqotlar tarixshunosligi.
  5. ---
2

3

4.

Tarixiy geografiyani o‘rganishda yordamchi fanlar. O‘rta Osiyo olimlarining tarixiy-geografik merosi.

  1. Tarixiy geografiyani oʻrganishda yordamchi fanlarning oʻrni.
  2. Oʻrta Osiyo olimlari asarlarining tarixiy geografiya uchun ahamiyati (Al- Xorazmiy, Beruniy, Narshaxiy, Mirxond, Xondamir, Bobur va boshqalar).
  3. ---
2

4

5.

Tarixiy kartografiya va uning asosiy yo‘nalishlari. Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti.

  1. Kartografiya haqida ilmiy tushuncha. Kartalarning mazmuniga koʻra boʻlinishi. Tarixiy kartografiya ilmiy fan sifatida.
  2. Tarixiy kartografiyaning paydo boʻlish bosqichi va taraqqiyoti. Tarixiy-oʻquv kartalar.
  3. Tarixiy kartalarni oʻrganishning tarixnavislik jihatlari. Ilk tarixiy atlaslarning xususiyatli jihatlari.
  4. ---
2

5

6.

O‘rta Osiyo olimlarining kartografik tadqiqotlari. O‘ra Osiyo hududi aks etgan xaritalar.

  1. Oʻrta Osiyolik olimlarning kartografik tadqiqotlari.
  2. Antik davr mualliflarining Oʻrta Osiyoga doir kartografik tadqiqotlari.
  3. Gʻarbiy yevropaliklar tuzgan kartalarda Oʻrta Osiyo hududlarining aks ettirilishi va ularning xususiyatlari.
  4. ---
2

6

7.

O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa davri tarixiy geografiyasi.

  1. Oʻrta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tarixiy geografiyasining asosiy jihatlari va xususiyatlari.
  2. Temir asri (paleolit, mezolit, neolit) manzilgohlari tarixiy
  3. Arxeologik obyektlar tarixiy geografiyasi.
  4. ---
2

7

8.

Аntik davr O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi.

  1. Qadimgi Xorazm, Soʻgʻd va Baqtriyaning tarixiy geografiyasi.
  2. Ahamoniylar hukmronligi davrida Oʻrta Osiyo tarixiy geografiyasi (mil. avv. VI-IV asrlar). Asosiy tarixiy viloyatlar, aholi joylashuvi.
  3. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasining xususiyatli jihatlari; shaharlar, davlat birlashmalarining shakllanishi
  4. ---
2

8

9.

O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar va arab xalifaligi boshqaruvi davri tarixiy geografiyasi.

  1. Oʻrta Osiyo hududida ilk feodal davlatlarning tashkil topishi.
  2. Eftaliylar davlati tarixiy geografiyasi.
  3. Oʻrta Osiyo Turk hoqonligi tarkibida (VI-VII asrlarga tarixiy geografik tavsif).
  4. ---
2

9

10.

IX–XIV asr o‘rtalarida O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi.

  1. IX asrda Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi.
  2. Tohiriylar va Safforiylar davlatining tarixiy geografiyasi. Somoniylar davlatining tarixiy geografiyasiga tavsif (chegaralari, iqtisodiy aloqalari, shaharlar).
  3. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va tarixiy geografiyasiga tavsif.
  4. ---
2

10

11.

Amir Temur va temuriylar davri tarixiy geografiyasi.

  1. Amir Temur davlatining shakllanishi va taraqqiyoti (maʼmuriy-siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar va hokazo).
  2. Temuriylar davlatining tarixiy geografiyasi (XV asr). Ulugʻbekning Movarounnahrdagi davlati.
  3. 3XV asr oxirida Oʻrta Osiyoning tarixiy geografiyasi.
  4. ---
2

11

12.

XVI–XVIII asr birinchi yarmida O’rta Osiyodagi tarixiy geografik jarayonlar.

  1. Koʻchmanchi oʻzbeklarning Dashti Qipchoqdagi davlati (Abulxayrxon davlati) va uning Shayboniyxon tomonidan tiklanishi (tarixiy-geografik tavsifi).
  2. Temuriylar va shayboniylar oʻrtasidagi kurashlar tarixiy geografiyasi.
  3. Shayboniylar davlati tarixiy geografiyasi. Etnik jarayonlar.
  4. ---
2

12

13.

O’rta Osiyo xonliklari tarixiy geografiyasi (XVIII asr ikkinchi yarmi-XIX asr birinchi yarmi).

  1. Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklarining siyosiy tuzilishi va maʼmuriy-hududiy boʻlinishi.
  2. Xoʻjalik, xalqlar, savdo aloqalari va tarixiy demografiyasiga tavsif. Oʻrta Osiyoni geografik va kartografik jihatdan oʻrganilishi.
  3. ---
2

13

14.

O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi.

  1. Rossiya imperiyasining istilo geografiyasi. Asosiy istehkomlar, harbiy yurishlar tarixiy geografiyasi.
  2. 1865–1867-yillarda Turkiston. 1867-yilda general-gubernatorlikning tashkil topishi, chegaralari va maʼmuriy-hududiy boʻlinishi.
  3. Rossiya–Buxoro (1868 y) va Rossiya–Xiva (1873 y) urushlari; chegaralarning oʻzgarishi.
  4. ---
2

14

15.

1917-1924 yillarda Turkiston o’lkasi tarixiy geografiyasi.

  1. 1917-yil fevralidan soʻng Turkiston oʻlkasi.
  2. 1917–1920-yillardagi keskin harbiy-siyosiy kurashlar davrining tarixiy geografiyasiga tavsif. Turkiston muxtoriyati
  3. Turkiston ASSR va uning tarixiy geografiyasi. 1917–1920-yillarda Buxoro va Xiva xonliklarining tarixiy geografiyasi.
  4. ---
2

15

Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

O‘zbekiston poytaxtlari. Sovet davrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston chegarasining o‘zgarishlari.

  1. Oʻzbekiston poytaxtlari.
  2. Sovet davrida Oʻzbekiston, Qozogʻiston chegarasining oʻzgarishlari.
  3. Tojikiston chegarasining oʻzgarishlari.
2
2.

O‘zbekistonning xo‘jaligi, aholi va tabiiy geografiyasi.

  1. Oʻzbekistonning xoʻjaligi, aholi va tabiiy geografiyasi.
  2. Oʻzbekistonning aholi.
  3. Tabiiy geografiyasi
2
3.

O‘zbekiston Respublikasining tarixiy geografiyasi (1991-2017 yillar).

  1. Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy-geografik tavsifi va maʼmuriy-hududiy tuzilishi.
  2. Respublikaning aholi geografiyasi.
  3. Sanoat va qishloq xoʻjaligi geografiyasi. Transport va aloqa yoʻllari.
2
4.

O‘zbekistonda tarixiy geografiya fani taraqqiyoti vazifalari

  1. Oʻzbekistonda tarixiy geografiya fani taraqqiyoti vazifalari.
  2. Oʻzbekistonda tarixiy geografiya fani tadqiqot uslublari
2
5.

O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi.

  1. Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Oʻrta Osiyoni geografik va kartografik jihatdan oʻrganilishi.
  2. 1865-1867 yillarda Turkiston viloyati. 1867 yilda general-gubernatorlikning tashkil topishi, chegaralari va maʼmuriy-hududiy boʻlinishi.
  3. XIX asr 80-90 yillari va XX asrboshlarida Turkiston oʻlkasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi tarixiy geografiyasi.
2
6.

1917-1924 yillarda Turkiston. O‘zbekistonning 1924-1938 yillardagi chegaralari va ma’muriy-hududiy bo‘linishi.

  1. 1917-1920 yillardagi keskin harbiy-siyosiy kurashlar davrining tarixiy geografiyasiga tavsif.
  2. Turkiston muxtoriyati. Turkiston ASSR va uning tarixiy geografiyasi.
  3. 1917-1920 yillarda Buxoro va Xiva xonliklarining tarixiy geografiyasi. BXSR va XXSRining tashkil topishi.
2
7.

O‘zbekistonning XX asr 40-80 yillaridagi ma’muriy-hududiy bo‘linish tizimi.

  1. Oʻzbekistonning XX asr 40-80 yillaridagi maʼmuriy-hududiy boʻlinish tizimi.
  2. 1932 yilda Qoraqalpogʻiston ASSRning tashkil etilishi. 1936 yilda Qoraqalpogʻistonning avtonom respublika sifatida Oʻzbekiston tarkibiga kirishi.
2
8.

Tarixiy geografiyaning metodi, predmeti va vazifalari.

  1. Tarixiy geografiyaning asosiy boʻlimlari.
  2. Tarixiy-geografik tadqiqotlarning asosiy metodlari.
  3. Tarixiy geografiya fan sifatida.
2
9.

Tarixiy geografiyaning vazifalari. Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari.

  1. Tarixiy kartografiyama mqsad, vazifalari va asosiy boʻlimlari.
  2. Tarixiy kartografik va geografik tadqiqotlar tarixshunosligi.
  3. Tarixiy geografiyaning asosiy boʻlimlari.
2
10.

Tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti.

  1. Tarixiy geografiya haqida ilmiy tushuncha.
  2. Tarixiy geografiyaning paydo boʻlish bosqichi va taraqqiyoti.
  3. Oʻrta osiyolik olimlarning tadqiqotlari.
2
11.

Tarixiy kartografiya va uning asosiy yo‘nalishlari.

  1. Tarixiy kartalarni oʻrganishning tarixnavislik jihatlari.
  2. Ilk tarixiy atlaslarning xususiyatli jihatlari.
  3. Oʻrta osiyolik olimlarning kartografik tadqiqotlari.
  4. Rossiya imperiyasi va sobiq SSSRda tarixiy kartografiya.
2
12.

Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti.

  1. Kartografiya haqida ilmiy tushuncha. Kartalarning mazmuniga koʻra boʻlinishi. Tarixiy kartografiya ilmiy fan sifatida.
  2. Tarixiy kartografiyaning paydo boʻlish bosqichi va taraqqiyoti. 3.Tarixiy-oʻquv kartalar.
  3. Tarixiy kartalarni oʻrganishning tarixnavislik jihatlari. Ilk tarixiy atlaslarning xususiyatli jihatlari.
  4. Oʻrta osiyolik olimlarning kartografik tadqiqotlari.
  5. Rossiya imperiyasi va sobiq SSSRda tarixiy kartografiyasi
2
13.

O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi

  1. Arxeologik obʼektlar tarixiy geografiyasi.
  2. Qadimgi Xorazm, Soʻgʻd va Baqtriyaning tarixiy geografiyasi.
  3. Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlariva yunon-makedon istilolari davri tarixiy geografiyasi.
2
14.

O‘rta Osiyoning o‘rta asrlardagi tarixiy geografiyasi.

  1. Oʻrta Osiyo Turk hoqonligi tarkibida (VI-VII asrlarga tarixiy geografik tavsif).
  2. XI asrda Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Safforiylar davlatining tarixiy geografiyasi.
  3. Oʻrta Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi harakatlari tarixiy geografiyasi.
2
15.

O‘rta Osiyo davlatlarining XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy geografiyasi.

  1. Etnik jarayonlar, oʻzbek xalqi shakllanish jarayonining tugallanishi.
  2. XVII-XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklarining siyosiy-maʼmuriy va maʼmuriy-hududiy boʻlinishlari, xoʻjalik, xalqlar, savdo aloqalari va tarixiy demografiyasiga tavsif.
  3. Yevropa va sharq mamlakatlarida davr tarixiy xaritalari va ularning ahamiyati.
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Tarixiy kartografiya va uning xususiyatlari.

2.

Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti.

3.

Qadimgi davr O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi.

4.

O‘rta Osiyodagi tarixiy hududlar va qadimgi xalqlarning joylashuvi.

5.

Ahamoniylar va Aleksandr Makedonskiy yurishlari davrida O‘rta Osiyo.

6.

O‘rta Osiyoning Salavkiylar, Yunon-Baqtriya davlatlari daridagi tarixiy geografiyasi.

7.

Qang‘, Dovon, Kushon davlatlari tarixiy geografiyasi.

8.

Buyuk Ipak Yo‘li geografiyasi.

9.

O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlardagi tarixiy geografiyasi.

10.

Eftallar davlati va Turk xoqonligining iqtisodiy va demografik geografiyasi.

11.

Arablarning O‘rta Osiyoni istilo qilishi

12.

Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxitoylar davri tarixiy geografiyasi.

13.

Xorazmshohlar davri tarixiy geografiyasi.

14.

Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoni istilo qilishi. Mo‘g‘ul uluslari davrida O‘rta Osiyo. Amir Temur va temuriylar davri tarixi geografiyasi.

15.

O‘rta Osiyoning Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Xiva xonligi (XVI–XVIII asrlar) davridagi tarixiy geografiyaci.

16.

XVIII asrning ikkinchi yarmi–XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari tarixiy geografiyasi.

17.

O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. O‘rta Osiyo ma’muriy-hududiy chegarasining o‘zgarishi.

18.

Mustamlaka davridagi O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi.

19.

Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-hududiy bo‘linishi.

20.

XIX asr oxiri–XX asr boshlarida milliy-ozodlik harakati geografiyasi.

21.

1917–1924-yillar O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi.

22.

Turkistondagi milliy-hududiy chegaralanish. Sovetlar davrida O‘zbekistonning tarixiy geografiyasi

23.

O‘zbekiston Respublikasi tarixiy geografiyasi

24.

Tarixiy geografiyaning metodi, predmeti va vazifalari.

25.

Tarixiy geografiyaning fan sifatidagi o‘rni va taraqqiyoti.

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Ilhomov Z.A. “Tarixiy geografiya” darslik Toshkent: "METODIST NASHRIYOTI" 2023. 2.Ilhomov Z.A. “Tarixiy geografiya” darslik "METODIST NASHRIYOTI Toshkent: 2020.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Yuldaqshev S.B Jahon mamlakatlari tarixiy geografiyasi o‘quv qo‘llanma : Farg'ona: 2023 2.Ilhomov Ziyovutdin Adhamovich Tarixiy geografiya (O‘rta Osiyo xonliklari tarixiy geografiyasi). o‘quv qo‘llanma : Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 2020

7.3. Axborot manbaalari

  • https://lib.jdpu.uz/library_manual/view/1952 2. https://library.uzfi.uz/ebooks/view?id=21957 3. http://www.history.ru

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 4-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Raimjonov Ziyoxiddin Raxmonjon oʻgʻli
Turgʻunov Shaxzodbek Muxammadjon oʻgʻli
Elektron pochta: --pochta kiriting--
--pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Mamajanov - KUAF "Tariix va ijtimoiy fanlar kafedrasi" t.f.f.d., (PhD). Dotsent

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: seshanba-chorshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

D.Komilov

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Raimjonov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

Sh.Turgʻunov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan