Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60220300 - Tarix
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 7
Fan nomi Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi Fan kodi ХМТВ405
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: test
joriy: ogʻzaki
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
20
(aud)
130
(must)
10 10
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Fanni oʻqitishdan maqsad - talabalarga qadimgi davrdan to hozirgi kungacha xorijiy mamlakatlar oʻrtasida asrlar davomida mavjud boʻlgan serqirra xalqaro munosabatlar va diplomatiya evolyutsiyasining asosiy bosqichlari hamda yoʻnalishlari haqida bilimlar berish. Turli davrlarning tarixiy sharoitlarida sodir boʻlgan xalqaro voqea va hodisalarning davlatlar va xalqlar hayotiga taʼsiri, dunyo xalqlari davlatchiligida xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, shuningdek, tashqi siyosat bilan bogʻliq jarayonlarga oid masalalarni tahlil qilishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. 1. O‘zbekiston tarixi (UZTB127)

2. 2. Jahon tarixi (JATB125)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Talaba xalqaro munosabatlarning tarixiy shakllanish bosqichlarini biladi (antik davr, oʻrta asrlar, yangi davr, zamonaviy davr).
  • Jahon diplomatiyasi tarixida muhim boʻlgan davlatlar va shaxslar (elchilar, diplomatlar) faoliyati haqida tasavvurga ega boʻladi.
  • Xalqaro huquq va diplomatik protokol asoslarini tarixiy kontekstda oʻzlashtiradi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Tarixiy voqealarga siyosiy va tahliliy yondasha oladi.
  • Xalqaro nizolar va ularni bartaraf etish yoʻllari haqida tushunchaga ega boʻladi.
  • Diplomatik munosabatlar rivojlanish tarixi va hozirgi siyosiy voqealiklarni tushuna oladi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Qadimgi Sharqda, Yunonistonda, Rimda xalqaro munosabatlar va diplomatiya

  1. Qadimgi Mesopotamiyada xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Shahar davlatlar (“nom”lar) oʻrtasidagi munosabatlar. “Kish podshosi”. Lagesh va Umma oʻrtasidagi raqobat. Elamning tashqi siyosati. Sargon va uning tashqi siyosati.
  2. Qadimgi Yunonistonda xalqaro aloqalar shakllari va xalqaro huquq koʻrinishlari. Prokseniya, simmaxiya, amfiktioniya. Jamoalar va polislar oʻrtasidagi munosabatlar. Krit davlati va Axeyya podsholigi davridagi xalqaro munosabatlar.
  3. Qadimgi Rimda xalqaro aloqalarning shakllari va diplomatiya idoralari. Fetsiallar kollegiyasi. Rekuperatorlar. Rim huquqida xalqaro masalalar. “Xalqlar huquqi”.
  4. Mark Avreliy davrida Rimning tashqi siyosati. Markоmаn urushlari. Rim imperiyasi va varvarlar. Rim imperiyasining boʻlinib ketishi. Gʻarbiy Rim imperiyasining qulashi.
  5. ---
2

1

2.

Sharq mamlakatlarining O‘rta asrlarda xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi

  1. Vizantiya va “varvarlar” davlatlari. Vizantiyada xalqaro va diplomatik aloqalar shakllari.
  2. Otton I va Muqaddas Rim imperiyasi. Gʻarbiy Yevropada siyosiy tarqoqlik va xalqaro munosabatlar. Shaxsiy urush huquqi.
  3. Xitoy va Turk xoqonligi. Yaponiya. Koreya, Vyetnam bilan munosabatlar. Buyuk Ipak yoʻli boʻylab yurishlar.
  4. Umaviylar davrida arablarning tashqi siyosati. Abbosiylar davrida arablarning tashqi siyosati.
  5. ---
2

2

3.

XVII- XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya

  1. Ilk yangi davrda xalqaro munosabatlar va diplomatiyaning tavsifi. Xalqaro munosabatlar tuzilishidagi oʻzgarishlar. Kuchlar nisbati toʻgʻrisidagi tushunchalar
  2. Oʻttiz yillik urushdan soʻng Yevropaning siyosiy xaritasi. Ingliz inqilobi va xalqaro munosabatlar. Ingliz-golland munosabatlari. Navigatsion akt.
  3. Shimoliy va Sharqiy Yevropada xalqaro vaziyat. Pyotr I diplomatiyasi. Shimoliy urush va Rossiyaning kuchayishi. Nishtadt tinnchligi.
  4. Rossiya-Turkiya urushlari. Polshaning boʻlib olinishi. AQShning tashkil topishi va xalqaro munosabatlar.
  5. ---
2

3

4.

Birinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Urush yakunlari.

  1. Bolqon urushlari. Birinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Sarayevoda Frans Ferdinandning oʻldirilishi. Iyul inqirozi. Serbiyaga ultimatum.
  2. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. Germaniyaning Polshaga hujumi. “Gʻalati urush”. SSSR-Finlyandiya urushi. Daniya, Norvegiya, Gollandiya, Belgiya va Lyuksemburgni Germaniya tomonidan okkupatsiya qilinishi. Fransiyaning magʻlubiyati.
  3. Berlin inqirozi. GDR va GFRning tashkil topishi.
  4. ---
2

4

5.

XX asr oxiri – XXI asr boshida xalqaro munosabatlar va diplomatiya

  1. SSSR parchalanishining oqibatlari. Bir qutubli dunyoning shakllanishi. Rossiya-AQSh munosabatlari. NATOning kengayishi va Rossiya tashqi siyosatidagi oʻzgarishlar.
  2. Bolqon mintaqasidagi xalqaro vaziyat. Yaqin Sharq muammosi. Janubiy Osiyodagi vaziyat. Koreya yarimorolidagi vaziyat
  3. Ixtilofchilik darajasining oʻsishi. Xalqaro xavfsizlikka yangi tahdidlarning oʻsib borishi.
  4. Koʻp qutbli dunyo tushunchasi
  5. ---
2

5

Jami 10
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Qadimgi Sharqda, Yunonistonda, Rimda xalqaro munosabatlar va diplomatiya

  1. Qadimgi Mesopotamiyada xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Shahar davlatlar (“nom”lar) oʻrtasidagi munosabatlar. “Kish podshosi”. Lagesh va Umma oʻrtasidagi raqobat. Elamning tashqi siyosati. Sargon va uning tashqi siyosati.
  2. Qadimgi Yunonistonda xalqaro aloqalar shakllari va xalqaro huquq koʻrinishlari. Prokseniya, simmaxiya, amfiktioniya. Jamoalar va polislar oʻrtasidagi munosabatlar. Krit davlati va Axeyya podsholigi davridagi xalqaro munosabatlar.
  3. Qadimgi Rimda xalqaro aloqalarning shakllari va diplomatiya idoralari. Fetsiallar kollegiyasi. Rekuperatorlar. Rim huquqida xalqaro masalalar. “Xalqlar huquqi”.
  4. Mark Avreliy davrida Rimning tashqi siyosati. Markоmаn urushlari. Rim imperiyasi va varvarlar. Rim imperiyasining boʻlinib ketishi. Gʻarbiy Rim imperiyasining qulashi.
2
2.

Sharq mamlakatlarining O‘rta asrlarda xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi

  1. Vizantiya va “varvarlar” davlatlari. Vizantiyada xalqaro va diplomatik aloqalar shakllari.
  2. Otton I va Muqaddas Rim imperiyasi. Gʻarbiy Yevropada siyosiy tarqoqlik va xalqaro munosabatlar. Shaxsiy urush huquqi.
  3. Xitoy va Turk xoqonligi. Yaponiya. Koreya, Vyetnam bilan munosabatlar. Buyuk Ipak yoʻli boʻylab yurishlar.
  4. Umaviylar davrida arablarning tashqi siyosati. Abbosiylar davrida arablarning tashqi siyosati.
2
3.

XVII- XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya

  1. Ilk yangi davrda xalqaro munosabatlar va diplomatiyaning tavsifi. Xalqaro munosabatlar tuzilishidagi oʻzgarishlar. Kuchlar nisbati toʻgʻrisidagi tushunchalar
  2. Oʻttiz yillik urushdan soʻng Yevropaning siyosiy xaritasi. Ingliz inqilobi va xalqaro munosabatlar. Ingliz-golland munosabatlari. Navigatsion akt.
  3. Shimoliy va Sharqiy Yevropada xalqaro vaziyat. Pyotr I diplomatiyasi. Shimoliy urush va Rossiyaning kuchayishi. Nishtadt tinnchligi.
  4. Rossiya-Turkiya urushlari. Polshaning boʻlib olinishi. AQShning tashkil topishi va xalqaro munosabatlar.
2
4.

Birinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Urush yakunlari.

  1. Bolqon urushlari. Birinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Sarayevoda Frans Ferdinandning oʻldirilishi. Iyul inqirozi. Serbiyaga ultimatum.
  2. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. Germaniyaning Polshaga hujumi. “Gʻalati urush”. SSSR-Finlyandiya urushi. Daniya, Norvegiya, Gollandiya, Belgiya va Lyuksemburgni Germaniya tomonidan okkupatsiya qilinishi. Fransiyaning magʻlubiyati.
  3. Berlin inqirozi. GDR va GFRning tashkil topishi.
2
5.

XX asr oxiri – XXI asr boshida xalqaro munosabatlar va diplomatiya

  1. SSSR parchalanishining oqibatlari. Bir qutubli dunyoning shakllanishi. Rossiya-AQSh munosabatlari. NATOning kengayishi va Rossiya tashqi siyosatidagi oʻzgarishlar.
  2. Bolqon mintaqasidagi xalqaro vaziyat. Yaqin Sharq muammosi. Janubiy Osiyodagi vaziyat. Koreya yarimorolidagi vaziyat.
  3. Ixtilofchilik darajasining oʻsishi. Xalqaro xavfsizlikka yangi tahdidlarning oʻsib borishi.
  4. Koʻp qutbli dunyo tushunchasi.
2
Jami 10

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Yevropada xavfsizlikni ta’minlash masalasi (1945-1990-yy.)

2.

Yaqin va O‘rta Sharqda xalqaro raqobat (1945-1990-yy.)

3.

Uzoq Sharqda xalqaro vaziyat va diplomatiya (1918-1939-yy.).

4.

1854-1918 yillarda Yaponiyaning tashqi siyosati.

5.

Fashizm va Yevropada xalqaro munosabatlar.

6.

Afg‘on masalasi xalqaro munosabatlar tizimida.

7.

Fridrix IIning tashqi siyosati va diplomatiyasi (1740-1786-yy.).

8.

XVIII asrda Angliyaning tashqi siyosati.

9.

Yevropada diplomatik xizmatning shakllanishi.

10.

Muqaddas Rim imperiyasi va Papalik.

11.

Florensiya va Venetsiya xalqaro munosabatlar tizimida (XII – XV asrlar).

12.

XVIII asrda Rossiya imperiyasining tashqi siyosati.

13.

Pireney yarimorolini arablar tomonidan egallanishi va xalqaro munosabtlar.

14.

XIX asrning 50-60-yillarida Uzoq Sharqda xalqaro munosabatlar va diplomatiya.

15.

Bolqon yarim oroli xalqaro munosabatlar tizimida (XVII – XIX asrlar).

16.

XVII – XVIII asrlarda Angliya-Gollandiya raqobati.

17.

Savdo kompaniyalari va xalqaro munosabatlar (XVII – XIX asrlar).

18.

Yevropa davlatlari va Usmoniylar imperiyasi (XVI – XVII asrlar).

19.

Gabsburglar monarxiyasining tashqi siyosati (XVIII – XIX asrlar).

20.

XVI asrda Ispaniyaning tashqi siyosati.

21.

Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning xalqaro munosabatlarga ta’siri.

22.

Qadimgi davrda Rim – Yunoniston munosabatlari va diplomatiya.

23.

Makedoniyalik Aleksandr davlatining parchalanishi va ellinistik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar.

24.

XX asrning ikkinchi yarmida Yevropada integratsiya jarayonlari.

25.

XIX asrning ikkinchi yarmida Germaniyaning tashqi siyosati.

26.

XX asrning ikkinchi yarmida mustamlakachilik tizimining qulashi.

27.

XIX asr oxiri – XX asr boshida Italiyaning tashqi siyosati.

28.

XIX asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar imperiyasi va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar.

29.

Karib inqirozi davrida xalqaro vaziyat va diplomatiya.

30.

XIX asrda Eron va Afg‘onistonda ingliz-rus raqobati.

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Rasulov M.F. Хalqaro munosabatlar va diplomatiya tariхi. Oʻquv qoʻllanma / Mas’ul muharrir R.Arslonzoda. – Fargʻona: Classik, 2023. – 176 b. (yangilandi)
  2. Мамажанов А.А История международных отношений и дипломатии. Учебное пособие. Андижан – Omadbek print number one 2025 – 170 с.
  3. Nazirov B.S, Yaqubova D.T Yangi va eng yangi zamon davri xalqaro munosabatlar tarixi.O’quv qo’llanma. Bekshoh print servis 2023 – 539 b.
  4. Nazirov B.S Qadimgi va o’rta asrlar davri xalqaro munosabatlar tarixi.Darslik. Bekshoh print servis 2025 – 425 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. -Т.: Ўзбекистон, 2017. Т.1.-Б.592 (yangilandi)
  2. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. - Т.: Шарқ, 1998.
  3. Василенко И.А. Политическая глобалистика. –М.: 2003

7.3. Axborot manbaalari

  • www.ziyonet. uz.
  • www.edu. uz.
  • www.fvat. uz.
  • www.turklib. uz.
  • www.google. uz.

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 4-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Nurmuhammadova Mohina Xabibullo qizi
Elektron pochta: --pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

B.Tojibayev - Bo‘lim boshlig‘i

O.Komilov - Professor

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, E-bino 215-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

D.Komilov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Nurmuhammadova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan