Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

Falsafa

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110900 - Xorijiy til va adabiyoti
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Falsafa Fan kodi FALS1304
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy mashgʻulot, vazifa topshiriqlar, mustaqil taʼlim, davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
48
(aud)
72
(must)
24 24
 
2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Talabalarning oliy taʼlim tizimida egallagan dunyoviy, falsafiy, ilmiy va axloqiy bilimlardan ijtimoiy – maʼnaviy hayotda maqsadli foydalanish malakalarini shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • talabalar dunyoqarashining umumlashgan tizimini yaratish va unda inson oʻrnini koʻrsatish, insonning dunyoga boʻlgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik va boshqa munosabatlarini shakllantirish hamda toʻgʻri fikrlash mahoratini oʻrgatishdan iborat;
  • talabalarning dunyoni bilish va uni oʻzgartirishga tanqidiy tafakkur nuqtai nazardan yondashuvi, tabiiy ilmiy bilimlarning ijtimoiy ahamiyati;
  • texnika va texnologiyalarning inson pragmatik ehtiyojlariga javob sifatidagi evolyutsiyasi;
  • milliy qadriyatlar, madaniyat va ommaviy madaniyatning oʻzaro aloqasi va farqi, dunyoni bilish, haqiqatni anglashda amaliyot va faoliyat uygʻunligini taʼminlashning ahamiyati, toʻgʻri fikrning ijobiy maqsadlarga yoʻnaltirishdagi oʻrni;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • taʼlim falsafasi va falsafa taʼlimining dunyoqarashni shakllantirishdagi oʻrni, global korrupsiyaning sabablari, shakllarini bilish va ularga qarshi kurashish;
  • dunyoviy bilim va malakalarni yangilanayotgan Oʻzbekistondagi islohotlar jarayonida toʻliq namoyon qilish;
  • ijtimoiy va professional masʼuliyatni va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish tuygʻusini shakllantirishdan iborat

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Sharq falsafasining mohiyati va ijtimoiy araqqiyotidagi roli

  1. Qadimgi Sharq va Gʻarb falsafasi vujudga kelishi, rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va farqlari.
  2. Qadimgi janubiy Sharq (Hindiston) va Shimoliy sharq (Xitoy) falsafasining mohiyati, axloqiy gʻoyalarining yoshlar tarbiyasidagi oʻrni.
  3. Avesto muqaddas manbasida olamning tuzilishi, shaxs tarbiyasiga oid gʻoyalarning hozirgi davrdagi ahamiyati.
  4. Oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.
  5. ---
2

1

2.

G‘arb falsafasining ustuvor yo`nalishlari va ularning fan taraqqiyotiga ta’siri

  1. Qadimgi Yunon falsafa maktablarining fan taraqqiyotiga taʼsiri.
  2. Ilk Oʻrta asrlarda Yevropa falsafiy tafakkuri rivojlanishining asosiy shakllari: apologetika va patristika.
  3. Uygʻonish davri Yevropa falsafasida panteizm, antroposentrizm va
  4. dialektikaning rivojlantirilishi
  5. Yangi davr Gʻarb falsafasida borliq va jamiyatni bilish haqidagi qarashlar
  6. ---
2

2

3.

Borliq falsafasi (Ontologiya)

  1. Borliq tushunchasining mohiyatiga oid falsafiy va tabiiy ilmiy
  2. konsepsiyalar.
  3. Borliq va yoʻqlik dialektikasi.
  4. Borliq shakllarining tasnifi.
  5. Borliqda substrat, substansiya va materiyaning oʻzaro aloqasi.
  6. Makon va vaqtning topologik va metrik xossalari. Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqt dialektikasi.
  7. ---
2

3

4.

Rivojlanish falsafasi

  1. Borliqda narsa va hodisalarning paydo boʻlishi, shakllanishi, oʻzgarishi, rivojlanishi.va taraqqiyotining oʻzaro aloqadorligi.
  2. Rivojlanish qonunlarining mohiyati, ularning tabiiy va ijtimoiy jarayonlardagi oʻrni.
  3. Falsafa qonunlari va ularning tasnifi.
  4. Falsafa kategoriyalarining tasnifi va ularning rivojlanish jarayonlaridagi roli.
  5. ---
2

4

5.

Bilish falsafasi

  1. Bilish jarayonining mohiyati va mezonlari.
  2. Bilish va bilimga oid yondashuvlar tasnifi: sensualizm, empirizm, ratsionalizm, otpimizm, skeptitsizm va agnostitsizm.
  3. Bilimning asosiy turlari va shakllari.
  4. Hissiy, aqliy, empirik, nazariy bilish darajalari.
  5. ---
2

5

6.

Mantiq

  1. Mantiqning mohiyati.
  2. Formal, dialektik, matematik mantiqning oʻzaro aloqasi.
  3. Tafakkur qonunlari va shakllari.
  4. Savollar va javoblar mantigʻi.
  5. ---
2

6

7.

Jamiyat falsafasi, Tarix falsafasi, sivilizatsiya va madaniyat

  1. Jamiyat tushunchasining mohiyati va uning rivojlanish bosqichlari.
  2. Jamiyatning paydo boʻlishiga oid qarashlar dinamikasi.
  3. Davlat boshqaruvi shakllari.
  4. Ijtimoiy birliklar va guruhlar, etnik birliklar, tabaqalar, sinflar, hududiy guruhlar.
  5. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari.
  6. Madaniyat tushunchasi, uning tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari.
  7. Ommaviy madaniyatning shakllanish tarixi va uning turlari
  8. ---
2

7

8.

Inson falsafasi, Qadriyatlar falsafasi

  1. Falsafada insonning mohiyatiga oid qarashlar tasnifi.
  2. Insonning bioijtimoiy, madaniy mohiyati.
  3. Falsafiy antropologiyaning mohiyati, predmeti va vazifalari.
  4. Qadriyatlarning turlari: moddiy va maʼnaviy, umuminsoniy, milliy, shaxsiy, axloqiy qadriyatlar.
  5. Oilaning qadriyatga doir jihatlari.
  6. ---
2

8

9.

Etika, Estetika.

  1. Etikaning mohiyati va ahamiyati.
  2. Etikaning asosiy kategoriyalari.
  3. Axloqning shakllanishiga oid genetik va diniy yondashuvlar tasnifi.
  4. Estetikaning asosiy kategoriyalari: ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻjizaviylik, xayoliylik va qiziqarlilik.
  5. ---
2

9

10.

Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot falsafasi

  1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot jarayonlarining mohiyati.
  2. Global jarayonlarning shakllanish tarixi.
  3. Global muammolarning mezonlari va darajalari.
  4. Global makonda tibbiyot masalasi.
  5. ---
2

10

11.

Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari

  1. Korrupsiya tushunchasining mohiyati, tarixiy ildizlari va jamiyatda namoyon boʻlishiga oid qarashlar tasnifi.
  2. Korrupsiyaning ijtimoiy hayotdagi koʻrinishlari va uning axloqiy tarbiyaga salbiy taʼsiri.
  3. Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning yoʻnalishlari va huquqiy asoslari.
  4. ---
2

11

12.

Falsafaning mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli

  1. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati..
  2. Falsafaning predmeti va asosiy masalalari.
  3. Falsafaning asosiy funksiyalari.
  4. Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari.
  5. ---
2

12

Jami 24
 
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi    

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Falsafaning mohiyatiga oid Sharq va Gʻarb mutafakkirlari ta’riflarini tasniflash va ular boʻyicha prezentatsiya tayyorlash.

2.

Senekaning “Lutsiliyga axloqiy xatlari” asarini o`qish va shu xatlar asosida talabalarning oʻz hayoti va faoliyatiga baho berilgan esse tayyorlash

3.

Abu Nasr Forobiy va Gʻazzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil etish (Forobiyning “Siyosat falsafasi” va Gʻazzoliyning “Kimyoi saodat” asarlari asosida).

4.

Noklassik ontologiyaning yoʻnalishlari va mohiyati boʻyicha esse tayyorlash (M.Xaydeggerning Borliq va vaqt asari asosida)

5.

“Aristotel, Forobiy va Kant ontologiyasida kategoriyalarning tasnifi” mavzusida esse tayyorlash, (krossvord tayyorlash).

6.

A.Fitratning “Oila asari”dagi oila qurish tartiblari va farzand tarbiyasiga oid gʻoyalar boʻyicha esse tayyorlash.

7.

A.Fitratning “Rahbari najot” risolasidagi “Baxtsiz odamlarning ikki toifasi”ga oid qarashlari boʻyicha esse tayyorlash, videorolik tanlovini oʻtkazish.

8.

Avloniyning “Madaniyat toʻlqinlari” maqolasi va E.Tofflerning “Uchinchi toʻlqin” asarini qiyosiy tahlil etish, prezentatsiya tayyorlash.

9.

“Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari” mavzusida esse tayyorlash (A.Toynbi, E.Toffler asarlarining qiyosiy tahlili asosida).

10.

“Dunyoni estetik idrok etishda badiiy asarlarning ahamiyati” mavzusida esse tayyorlash.

11.

“Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar” mavzusida videorolik tayyorlash.

12.

“Dunyo xalqlari miflari” haqida krossvord tayyorlash.

13.

J.Rumiyning “Ovchi va lochin” rivoyatining mohiyati va uning tarbiyaviy ahamiyatini tahlil etish (Ichindagi ichindadir asari asosida).

14.

“Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari” mavzusida esse tayyorlash.

15.

“Koevolyutsiya va environmentalizm dialektikasi” mavzusida esse tayyorlash (Oʻzbekistonga qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar haqida ma’lumotlarni aniqlash) Oʻzbekiston tabiati mavzusida krossvord tayyorlash.

16.

M.Behbudiyning “Yoshlarga murojaat” va “Muhtaram yoshlarga murojaat” maqolalarini tahlil etish va esse tayyorlash.

17.

Makiavellining “Xukmdor” asari bo`yicha taqdimot tayyorlash.

18.

Gʻazzoliyning “Tavba” asarini tahlil etish va talabalarning oʻz faoliyatida mavjud ofatlarni aniqlash va oʻziga baho beruvchi esse tayyorlash.

19.

Ibn Tufayl va Ibn Sinoning “Xay ibn Yakzon oʻgʻli” risolasini qiysiy tahlil etish va esse tayyorlash.

20.

“Korrupsiyaning mohiyati va uning oqibatlari” mavzusida viktorina oʻtkazish, video roliklar tanlovini tashkil etish.

21.

“Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari” mavzusida esse tayyorlash.

22.

Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari boʻyicha jamiyat boshqaruviga oid gʻoyalarni tahlil etish va esse tayyorlash

23.

S.Xantingtonning “Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi” asarini oʻqish va mohiyati boʻyicha esse tayyorlash.

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Shermuhamedova N. Falsafa, darslik – Toshkent: Idris Abdurauf nashr, 2021.667-b. Madaeva Sh., Shermuhamedova N.va boshqalar Falsafa, o’quv qo’llanmasi. – Toshkent: 2019 560.
  2. Чумаков А.Н. Философия, учебник.– M.: INFRA. 2018.– 320 c. (yangilandi)

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2022. – 416 b (yangilandi)
  2. Muxammadjonova L.A. Davlat xizmatchisi etikasi va imidji. – Toshkent: Universitet, 2017.
  3. Раматов Ж. Лойко А., Жоголь Н., Кушаков Ф. Основные проблемы философии. –Ташкент: 2022

7.3. Axborot manbaalari

  • https://renessans-edu.uz/files/books/2023-12-06-07-26-25_4f02fc19bd3fafcb241b594ed6b11802.pdf
  • https://edu.utu-ranch.uz/media/files/2024/10/07/

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Nurmatov Oybek Turdimamatovich
Xaidarov Raxmatullo Ergashevich
Elektron pochta: --pochta kiriting--
--pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

Sh.Amirxoʻjayev - Dotsent

M.Karimova - Dotsent

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

D.Komilov

Kafedra mudiri

(imzo)

O.Nurmatov

Fan oʻqituvchisi

(imzo)

R.Xaidarov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan