![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʼzbekistonning eng yangi tarixi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 | Semestr | 2 | ||
| Fan nomi | Оʼzbekistonning eng yangi tarixi | Fan kodi | HIS101 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 4 | Baholash shakli |
oraliq: test joriy: work shop, vazifa va topshiriqlar, mustaqil taʼlim, davomat yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 120 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | sem | |
|
48 (aud) |
72 (must) |
24 | 24 | ||
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi - Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsadi — mamlakatimizning mustaqillikka erishgan 1991-yildan boshlab hozirgi kungacha boʻlgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy hayotida roʻy bergan tub oʻzgarishlarni chuqur ilmiy asosda oʻrganish, ularni tahlil qilish va yosh avlodga toʻgʻri yetkazishdan iborat. Bu fan orqali oʻquvchilarda tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy gʻurur, oʻzlikni anglash va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirish maqsad qilinadi. Oʻzbekiston qanday qilib oʻz siyosiy mustaqilligini qoʻlga kiritgani, konstitutsiyaviy islohotlar, davlat boshqaruv tizimining shakllanishi, bozor iqtisodiyotiga oʻtish, tadbirkorlikni rivojlantirish, milliy valyutaning joriy etilishi kabi yutuqlar keng yoritiladi. Shu bilan birga, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar, til, din va madaniyatning tiklanishi, taʼlim va fan sohasidagi islohotlar ham ushbu fan doirasida oʻrganiladi. Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni, tashqi siyosatdagi faoliyati, qoʻshni davlatlar bilan munosabatlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi haqida ham talabalarga keng tasavvur beriladi. Mazkur fan yoshlarning tarixiy ongini shakllantirish, ularni mustaqil fikrlovchi, vatanparvar va faol fuqarolar etib tarbiyalashda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Shu jihatdan, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fani nafaqat oʻtmish va bugunni oʻrgatadi, balki kelajak avlodni ongli ravishda taraqqiyot yoʻlida faol ishtirok etishga tayyorlaydi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib oʻtgan tarixiy yoʻlning mazmun-mohiyatini, Oʻzbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan oʻzgarishlarning ahamiyatini bilishi kerak;
- Zamonaviy jarayonlarda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash jarayonlarni bilshlari lozim;
- Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Oʻzbekistonning eng yangi tarixi muammolarini oʻrganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik gʻoyasini qoʻllay oladi;
- Oʻzbekiston va jahonda sodir boʻlayotgan jarayonlarga oʻz munosabatini bildira oladi;
- Jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining oʻrnini anglash va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bogʻliqligini biladi.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Murtazayeva R.H., Yermetov A.A., Odilov A.A. va boshq. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik - Toshkent, 2024.
- A.S.Sagdullayev umumiy tahriri ositida. O‘zbekiston tarixi. 1-jild. Darslik. – Toshkent: NIF MSH. 2024. (yangilandi)
- Rajabov Q.K. O‘zbekiston XX asrda. Ikkinchi jild. Darslik – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2024. – 750 b.
- O.Q.Alimardonov. O‘zbekistonning eng yangi tarixi: tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari (o‘quv qo‘llanma). - Toshkent, FAST SUPPORT AND RESULT, 2023. (yangilandi)
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). 2 tom. Mas’ul muharrirlar: R.Abdullaev, Q.Rajabov, M.Rahimov. Darslik.- Toshkent: O‘zbekiston, 2019. (yangilandi)
- D.T.To‘xtaboyeva. O‘zbekistonning eng yangi tarixi: ma’naviy yangilanish, madaniy taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent, 2021. (yangilandi)
- A.A.Insopov. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishi va rivojlanish tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Universitet. 2023. (yangilandi)
- O.Q.Alimardonov. O‘zbekistonning eng yangi tarixi: tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari (o‘quv qo‘llanma). - Toshkent, FAST SUPPORT AND RESULT, 2023. (yangilandi)
7.3. Axborot manbaalari
- https://edu.utu-ranch.uz/book/4758/
- https://unilibrary.uz/literature/741435
- https://unilibrary.uz/literature/738717
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-12 -hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-12 -hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-12 -hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-12-hafta(lar) davomida |
| Jami | 0 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 60 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Tojibayev Botirjon Maxamadaliyevich |
|---|---|
| Elektron pochta: |
--pochta kiriting-- |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
A.Badalov - Dotsent R.Ataxanov - Dotsent |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) D.Komilov Kafedra mudiri |
(imzo) B.Tojibayev Fan oʻqituvchisi |
