Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek dialektologiyasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 4
Fan nomi Oʻzbek dialektologiyasi Fan kodi OʻD406
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy topshiriq, mustaqil ish, vazifa, davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
72
(aud)
108
(must)
36 36
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Talabalarga oʻzbek shevalarining eng muhim xususiyatlari, ularning murakkab tarkibi, leksik, fonetik va grammatik tabiati haqida batafsil tushuncha va maʼlumot berish zarur sharoitlarda ulardan amalda foydalanish malakasini shakllantirish, talabalarga sheva, dialekt, lahja tushunchalarining maʼnosini tushuntirish, oʻzbek shevalarining eng muhim fonetik, grammatik va leksik xususiyatlari haqida maʼlumot berish, dialektologik terminlarning ishlatilish koʻlami, transkripsiyadan foydalanish va ularni ham oʻquv, ham ilmiy izlanishlar jarayonida qoʻllash koʻnikmasini shakllantirish;, sheva faktlarini ishonchli va izchil toʻplash, saralash va yozib olish koʻnikmasini hosil qilish, oʻzbek shevalarini hududiy xaritalashtirish, sheva lugʻatlarini tuzish, oʻzbek shevashunosligining nazariy-metodologik muammolari bilan shugʻullanish kompetensiyasini hosil qilish va rivojlantirishdan iborat. Talabalarga sheva, dialekt, lahja tushunchalarining maʼnosini tushuntirish, oʻzbek shevalarining eng muhim fonetik, grammatik va leksik xususiyatlari haqida maʼlumot berish, dialektologik terminlarning ishlatilish koʻlami, transkripsiyadan foydalanish va ularni ham oʻquv, ham ilmiy izlanishlar jarayonida qoʻllash koʻnikmasini shakllantirish;, sheva faktlarini ishonchli va izchil toʻplash, saralash va yozib olish koʻnikmasini hosil qilish, oʻzbek shevalarini hududiy xaritalashtirish, sheva lugʻatlarini tuzish, oʻzbek shevashunosligining nazariy-metodologik muammolari bilan shugʻullanish kompetensiyasini hosil qilish va rivojlantirishdan iboratdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Oʻzbek dialektologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari haqida puxta nazariy bilimga ega boʻladi;
  • Oʻzbek shevalarining hududiy tasnifi, ularning shakllanish omillari va tarixiy rivojlanish bosqichlari haqida keng qamrovli bilimlarga ega boʻladi;
  • Oʻzbek dialektologiyasida davrlashtirish masalalari, asosiy ilmiy yondashuvlar va konsepsiyalar mohiyatini nazariy jihatdan anglaydi;
  • Oʻzbek dialektologiyasi fanining barcha boʻlimlariga oid koʻnikmalarni amalda qoʻllay oladi;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Oʻzbek dialektologiyasiga oid nazariy bilimlarni amaliy tahlil jarayonida qoʻllash, sheva materiallarini tahlil qilish va taqqoslash koʻnikmasiga ega boʻladi;
  • Oʻzbek dialektologiyasida mavjud davrlashtirish masalalarini amaliy misollar orqali tahlil qilish va xulosalar chiqarish koʻnikmasini shakllantiradi;
  • Dialektologik bilimlar asosida mustaqil ilmiy izlanish olib borish, material toʻplash va uni tizimli ravishda rasmiylashtirish koʻnikmasiga ega boʻladi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

O‘zbek dialektologiyasi fanining maqsad va vazifalari

  1. Oʻzbek dialektologiyasi fanining predmeti va maqsadi
  2. Oʻzbek dialektologiyasi vazifalari
  3. Faning taʼlim va ilmiy-amaliy ahamiyati
  4. ---
2

1

2.

Sheva, milliy til va adabiy til

  1. Sheva, milliy til va adabiy til tushunchalarining umumiy taʼrifi
  2. Sheva – milliy til – adabiy til munosabati
  3. ---
2

2

3.

O‘zbek shevalari tasnifi. O‘zbek shevalarining dialektal bo‘linishi

  1. Oʻzbek shevalarining umumiy tasnifi
  2. Oʻzbek tili dialektal boʻlinishi
  3. Dialektlarning oʻziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari
  4. ---
2

3

4.

Transkripsiya

  1. Transkripsiyaning maʼnosi va vazifalari
  2. Transkripsiya turlari
  3. Transkripsiyada qoʻllaniladigan belgilar
  4. ---
2

4

5.

O‘zbek shevalari fonetikasi

  1. Oʻzbek shevalarida unli tovushlarning xususiyatlari
  2. Oʻzbek shevalarida undosh tovushlarning xususiyatlari
  3. Fonetik hodisalar shevalarda
  4. Oʻzbek shevalari fonetikasi boʻyicha misollar
  5. ---
2

5

6.

Singarmonizm qonuni va uning turlari

  1. Singarmonizm qonunining umumiy mohiyati
  2. Singarmonizmning turlari
  3. Oʻzbek tilida singarmonizm qonuni
  4. ---
2

6

7.

O‘zbek shevalarining leksik xususiyatlari

  1. Oʻzbek shevalari leksikasi haqida dastlabki qarashlar
  2. Oʻzbek olimlarining qarashlari
  3. Oʻzbek shevalari leksikasining xususiyatlari
  4. Sheva leksikasining adabiy tilga taʼsiri
  5. ---
2

7

8.

O‘zbek shevalarining morfologik xususiyatlari

  1. Morfologiya va dialektologiya munosabati
  2. Otlarning morfologik xususiyatlari
  3. Feʼllarning morfologik xususiyatlari
  4. ---
2

8

9.

Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasining muhim xususiyatlari

  1. Qarluq-chigil-uygʻur lahjasining oʻzbek tilidagi oʻrni
  2. Fonetik xususiyatlar va leksik xususiyatlar
  3. Morfologik xususiyatlar
  4. Sintaktik xususiyatlar
  5. ---
2

9

10.

Qipchoq, o‘g‘uz lahjasiga birlashuvchi dialekt va shevalarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari

  1. Qipchoq va oʻgʻuz lahjalari oʻzbek tilining asosiy dialektal guruhlari sifatida.
  2. Qipchoq lahjasi xususiyatlari
  3. Oʻgʻuz lahjasi xususiyatlari
  4. ---
2

10

11.

Areal lingvistikada til va shevalarni o‘rganish usullari

  1. “Areal lingvistika” tushunchasi va uning dialektologiya bilan aloqasi
  2. Areal lingvistikaning asosiy maqsadi
  3. Til va shevalarni oʻrganish usullari
  4. Areal lingvistik tadqiqotlarda qoʻllaniladigan vositalar
  5. Areal lingvistikaning amaliy ahamiyati
  6. ---
2

11

12.

Dialektizmlarning adabiy tilga singish jarayoni

  1. Dialektizmlarning adabiy tilga kirib kelish sabablari
  2. Dialektizmlarning adabiy tilda qoʻllanish sohasi
  3. Adabiy tilga singish jarayonining bosqichlari
  4. ---
2

12

Jami 24
 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi    
1.

Tasviriy dialektologiya, tarixiy dialektologiya. Shevа, diаlekt vа lаhjа tushunchаlаri

  1. Tasviriy dialektologiya
  2. Tarixiy dialektologiya
  3. Sheva, dialekt va lahja tushunchalari
2
2.

O‘zbek shevalarining dialektal bo‘linishi

  1. Shevalarni tasniflash mezonlari (fonetik, leksik, morfologik belgilar)
  2. Oʻzbek shevalarining asosiy lahjalari
  3. Har bir lahjaning fonetik, leksik va grammatik belgilariga qisqa tavsifi
2
3.

Transkripsiya turlarini izohlash va tavsiflash

  1. Fonetik transkripsiya
  2. Fonematik (yoki fonologik) transkripsiya
  3. Tarixiy (etimologik) transkripsi
2
4.

Yangi transkripsiyadagi matnlarni o‘qish va yozish

  1. Yangi transkripsiyaning oʻziga xos jihatlari
  2. Matnlarni oʻqish tamoyillari
  3. Matnlarni yozish tamoyillari
  4. Amaliy mashqlar
2
5.

О‘zbеk shеvаlаrida unlilar va undoshlar tizimi

  1. Shevalarda fonetikaning ahamiyati.
  2. Unlilar tizimi
  3. Undoshlar tizimi
  4. Fonetik hodisalar
2
6.

Sheva matnlaridagi fonetik xususiyatlarni, shuningdek, y-, dj-, o-, alashishni matnlar tahlilida aniqlash

  1. Sheva matnlarida uchraydigan fonetik hodisalar
  2. Y-, dj-, o- almashishining asosiy koʻrinishlari
  3. Matn tahlilida fonetik hodisalarni aniqlash usullari
2
7.

O‘zbek shevalaridan yozib olingan matnlarda uchraydigan fonetik qonuniyatlar ustida ishlash

  1. Sheva matnlarida fonetik hodisalarni aniqlash
  2. Fonetik qonuniyatlarni adabiy til bilan taqqoslash
  3. Shevalarga xos fonetik qonuniyatlarni umumlashtirish
2
8.

Shеvа matnlаri yuzasidan leksik tahlil. O‘zbek shevalaridan yozib olingan matnlarda so‘zlarni tarixiy va zamonaviy qatlamga ko‘ra tahlil qilish

  1. Sheva matnlarida leksik xususiyatlarni aniqlash
  2. Soʻzlarni tarixiy va zamonaviy qatlamga ajratish
  3. Leksik qatlamlarning adabiy til bilan bogʻlanishi
2
9.

Dialektal so‘zlarni semantik guruhlarga bo‘lib o‘rganish

  1. Dialektal soʻzlarning leksik xususiyatlarini aniqlash
  2. Soʻzlarni semantik guruhlarga ajratish
  3. Semantik guruhlarning adabiy til bilan munosabatini belgilash
2
10.

Sheva matnlaridagi morfologik o‘ziga xosliklar. Kelishik, egalik va ko‘plik qo‘shimchalarini izohlash

  1. Shevalarda kelishik qoʻshimchalari
  2. Shevalarda egalik qoʻshimchalari
  3. Shevalarda koʻplik qoʻshimchalari
2
11.

Shevalarda modal shakllarning qo‘llanishi

  1. Shevalarda modal shakllarning umumiy xususiyatlari
  2. Shevalarda modal shakllarning umumiy tavsifi
  3. Modal shakllarning zamon va maʼno ifodasi (istak, shart, ehtimol, zarurat va h.k)
2
12.

Shevalarning morfologik o’zgachaliklari

  1. Sifat va sonlarning shevalarda qoʻllanishi
  2. Shevalarda ravish, koʻmakchi va bogʻlovchilarning xususiyatlari
  3. Yuklаmаlаrning shevalarda qoʻllanishi
2
13.

О’zbеk shеvаlаrida fe’l zamonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish

  1. Оʼzbеk shеvаlаrida zamon kategoriyasining umumiy xususiyatlari
  2. Oʻtmish, hozirgi va kelasi zamon shakllarining shevalarda ifodalanishi
  3. Shevalarda feʼl zamonlarining semantik va morfologik xususiyatlari
2
Jami 26

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

O‘zbek shevalarining o‘rganilish tarixi

2.

Fonetik qonuniyatlar

3.

Shevalarning tadqiq qilish usullari

4.

Lahjalar va ularni tahlil qilish

5.

Lahjalarni tahlil qilish metodlari

6.

Lahjalarning tasnifi va o‘zaro aloqasi

7.

Fonetik xususiyatlar tahlil

8.

Shevaga xos matnlar tahlili (fonetik,leksik,sintaktik)

9.

Leksik xususiyatlar tahlili

10.

Adabiy til va milliy til

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Аshirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. Darslik – Toshkent: Nodirabegim, 2021.- B 180 bet
  2. To‘ychiboyev B, Hasanov B, O‘zbek dialektologiyasi. Darslik – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.-112 bet (yangilandi)

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Rajabov N. O‘zbek shevashunosligi.O‘quv qo‘llanma – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.
  2. Murodova N. O‘zbek dialektologiyasi. O‘quv qo‘llanma – Toshkent. 2019.-B 220

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz/ (yangilandi)
  • https://inlibrary.uz/
  • https://arxiv.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-14-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Maxmudjonov Shohrux Sohibjon oʻgʻli
Radjapbayeva Xurshida Maxsudovna
Elektron pochta: --pochta kiriting--
--pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Qodirov - Dotsent

M.Tojibayeva - Kafedra mudiri

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-Juma soat 15:00 – 17:00, Oʻqituvchilar xonasi

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

Sh.Maxmudjonov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Radjapbayeva

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan