Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110200 - Maktabgacha taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi Fan kodi EDU 102
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: Suhbat
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
18
(aud)
132
(must)
8 6 4
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Fanni oʻqitishdan maqsad - boʻlajak kadrlarga jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi boʻyicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish orqali kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy tarbiya nazariyasi boʻyicha kasbiy bilimlar, koʻnikma va malakalarga ega qilish qatorida pedgogik va axborot texnologiyalardan foydalana olish kabi amaliy koʻnikmalar bilan qurollantirishdan iborat

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Jismoniy madaniyat va sport (EDU102)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • ?? maktabgacha taʼlim tarbiyachisi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining oʻziga xos xususiyatlari, uning sifat xususiyatlari va jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining mazmuni asoslari haqida bilimga ega bоʼlishi kerak;
  • ?? maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilari uchun sport kuni rejimida jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish tadbirlarining vazifalari va mazmuni, maktabgacha taʼlim mashgʻulotlar va sport-ommaviy ishlarning dars shakllarini tashkil etish xususiyatlari haqida bilimga ega bоʼlishlari lozim;
  • ?? jismoniy tarbiya mashg;ulotlarini tashkil qilish qonuniyatlarini bilishi kerak.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • ?? jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari jarayonida turli toifadagi odamlarni harakat faoliyatiga oʻrgatish va jismoniy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasini aniqlay olishi;
  • ?? sanitar-gigiyenik, iqlimiy, hududiy va milliy sharoitlarni hisobga olgan holda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, kattalar bilan jismoniy tarbiya va dam olish mashgʻulotlarining asosiy turlarini rejalashtirish va oʻtkazishni bilishi;
  • ?? jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari jarayonida jismoniy mashqlar texnikasiga ega boʻlish va maslahat ishlari koʻnikmalariga ega boʻlish, turli jismoniy mashqlarni toʻgʻri bajarish va koʻrsatib bera olishi;
  • ?? jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida yuzaga keladigan aniq muammolarni hal qilish uchun ilmiy va uslubiy faoliyat koʻnikmalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari

  1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi predmeti
  2. Jismoniy tarbiya nazariyasi
  3. Jismoniy rivojlanish
  4. Jismoniy tarbiya
  5. Jismoniy barkamollik
  6. Jismoniy madaniyat
  7. Sport
  8. Jismoniy mashqlar
  9. ---
2

1

2.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining ilmiy-nazariy asoslari

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi
  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining maqsadi
  3. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining vazifalari
  4. Jismoni tarbiya nazariyasi qaysi fanlar bilan bogʻliq
  5. ---
2

2

3.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining tadqiqot metodlari

  1. Nazariy taxlil va umumlashtirish
  2. Pеdagogik tеkshirish
  3. Ekspеrimеnt
  4. ---
2

3

4.

O`zbekistonda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi

  1. Jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi va bosqichlari
  2. Mustaqil Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi
  3. ---
2

4

Jami 8
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Saflanish mashqlari va qayta saflanishlar

  1. Saflanish mashqlari.
  2. Qayta saflanishlar
2
2.

Harakatli o'yinlaming turlari va mazmuni

  1. Harakatli оʼyinlar haqida tushuncha, uning оʼziga xosligi.
  2. Harakatli оʼyinlarni оʼtkazish metodikasi.
  3. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport оʼyinlari.
2
3.

O`zbek xalq o'yinlari

  1. Oʻzbek xalq oʻyinlari tarixi.
  2. Oʻzbek xalq oʻyinlari
2
Jami 6

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi    
1.

Jismoniy tarbiya tizimida ta'lim-tarbiya berish tamoyillari

  1. Tizimlilik va izchillik prinsipi
  2. Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipi
  3. Taʼlimning koʻrgazmali, ogʻzaki va amaliy metodlarini optimal tarzda birga qoʻshib olib borish prinsipi
  4. Tushunarlilik va individuallilik prinsipi
2
2.

Ta'lim metodlari va usullari tasnifi

  1. Koʻrgazmali metod
  2. Ogʻzaki metod
  3. Amaliy metod
  4. Reproduktiv metod
2
Jami 4

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari

2.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining ilmiy-nazariy asoslari

3.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining tadqiqot metodlari

4.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining rivojlanish tizimi

5.

Bolalar jismoniy tarbiyasida ta'lim-tarbiya berish tamoyillari.Ta'lim metodlari va usullari

6.

Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari

7.

Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi Jismoniy mashqlarning paydo bo'lishi

8.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari

9.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika

10.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar

11.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari

12.

Harakatli o'yinlar bolalarda jismoniy madaniyatni tarbiyalashning asosiy metodi va vositasi sifatida

13.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o'yinlari.

14.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etish shakllari

15.

Pedagogik texnologiyalarning metodlari.

16.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining fanlar tizimida tutgan o'rni

17.

Jismoniy tarbiya jarayonida ta'lim,tarbiya birligi va bolaning rivojlanishi

18.

Jismoniy tarbiya tizimida ta'lim-tarbiya berish tamoyillari

19.

Ta'lim metodlari va usullari tasnifi

20.

Maktabgacha ta'limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari

21.

Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish

22.

O`zbek xalq o'yinlari

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. A.Y.Mahkamov, Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.Darslik. Qo`qon 2023- yil
  2. A.Bobomurodov, Jismoniy tarbiya. Darslik. . Toshkent, 2020-yil

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Abdullaev A, Xonkeldiev Sh. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (II tom). Darslik. Toshkent.,O‘zDJTI, 2018-yil (yangilandi)
  2. Xayitboyev N.Sh., Bolalar jismoniy tarbiyasi. O‘quv qo‘llanma. Andijon- 2024-yil (yangilandi)

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz/ 2. https://sport.uz/ 3. https://jis tar .uz/ (yangilandi)

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 4-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. Suhbat Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Xayitboyev Nabijon Sheraliyevich
Elektron pochta: --pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-Juma, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbanov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Xayitboyev

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan