Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek adabiyoti tarixi III

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 4
Fan nomi Oʻzbek adabiyoti tarixi III Fan kodi OʻAT2-415
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
30 14 16
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Oʻzbek filologiyasi taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talaba yoshlarni madaniy va maʼnaviy ildizlardan uzilmaslik ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Adabiy namunalarni oʻrgatish, oʻzlashtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkur koʻlamini yuksaltirish, komil maʼnaviyatni shakllantirish nazarda tutilgan.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Mumtoz adabiyotning vujudga kelishi, uning mohiyati, maqsadlari hamda mazkur davr namoyandalari hayoti, ijodi va eng muhim asarlarini; ushbu davr adabiyoti boʻyicha muammoli masalalarni bilish; Mustaqillik sharofati bilan mumtoz adabiy merosimizga munosabat yangilandi. Shunga koʻra, zamon talabi uni yanada chuqurroq tadqiq etish, falsafiy asoslarini teran anglash, baholashda poetik mahorat jihatidan yondoshish, birlamchi manbalar vositasida xulosalar chiqarish, mavjud matnlarning yangicha talqinlarini havola etish, mustaqil va zamonaviy saboqlarini hayotga tadbiq etiladi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Talabalar oʻzbek mumtoz adabiyotining nodir namunalari bilan tanishadi;
  • noyob adabiy, ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini anglaydi;
  • talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur yanglash koʻnikmasini hosil qilinadi;
  • mavjud matnlarni tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish masalasini shakllantiriladi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Milliy uyg‘onish davri o‘zbek (Jadid) adabiyotining yuzaga kelishi va rivojlanish tamoyillari

  1. Milliy uygʻonish davri adabiyoti tushunchasi
  2. Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining yuzaga kelishi va manbalari
  3. ---
2

1

2.

Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati.

  1. Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi
  2. Behbudiy va matbuot
  3. “Padarkush” asari va oʻzbek dramaturgiyasi
  4. ---
2

2

3.

Hamza Hakimzoda Niyoziy faoliyati.

  1. Hamza hayoti va ijodi
  2. Hamza lirikasining gʻoyaviy badiiy xususiyatlari
  3. Hamza dramaturgiyasi
  4. ---
2

3

4.

Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi

  1. Fitrat hayoti
  2. Fitratning ilmiy asarlari
  3. Fitrat dramaturgiyasi
  4. Fitrat lirikasining oʻziga xos xususiyatlari
  5. ---
2

4

5.

O‘zbek adabiyotida romanchilikning paydo bo‘lishi. Abdulla Qodiriy ijodi.

  1. Romanchilik haqida
  2. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi
  3. Qodiriy nasrining spesifik xususiyatlari
  4. Qodiriy dramaturgiyasi va lirikasida ijtimoiy muommolar
  5. ---
2

5

6.

Abdulhamid Cho‘lpon: hayoti, faoliyati va ijodiy merosi

  1. Choʻlpon hayoti va ijodi
  2. Choʻlpon nasri poetikasi
  3. Choʻlpon lirikasi
  4. ---
2

6

7.

Muso Toshmuhammad o‘g’li Oybek hayoti va ijodi

  1. Oybek hayoti va ijodi
  2. Oybek prozasi haqida
  3. Oybek lirikasi
  4. ---
2

7

8.

G‘ofur G‘ulom hayoti va adabiy me’rosi

  1. Gʻofur Gʻulom faoliyati
  2. Gʻofur Gʻulom ijodida jamiyat muommolari aksi
  3. Gʻofur Gʻulom lirikasi
  4. ---
2

8

9.

Usmon Nosir va Asqad Muxtor ijodi

  1. Usmon Nosir hayoti va ijodi
  2. Usmon Nosir lirikasi
  3. Asqad Muxtor faoliyati
  4. Asqad Muxtor prozasi haqida
  5. ---
2

9

10.

Abdulla Qahhor hayoti va ijodi

  1. Abdulla Qahhor faoliyati
  2. A.Qahhorning badiiy mahorati
  3. A.Qahhor ijodida satira
  4. ---
2

10

11.

Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi. “Mirzo Ulug‘bek” va “Jaloliddin Manguberdi” asarlari.

  1. M.Shayxzoda hayoti va ijodi
  2. M.Shayxzoda lirikasi
  3. M.Shayxzoda dramaturgiyasi
  4. ---
2

11

12.

Hamid Olimjon va Zulfiya ijodi

  1. H.Olimjon faoliyati. H.Olimjon lirikasi
  2. Zulfiya va uning adabiy merosi. Zulfiya lirikasi haqida
  3. ---
2

12

13.

Said Ahmad va Said Zunnunova ijodi

  1. Said Ahmad faoliyati
  2. S.Ahmad prozasi haqida
  3. S.Zunnunova va uning ijodiy merosi
  4. ---
2

13

14.

XX asrning 60-70-yillar she’riyati. Erkin Vohidov va Abdulla Oripov ijodi

  1. XX asr 60-70-yillari sheʼriyati manzaralari
  2. E.Vohidov ijodi va adabiy merosi
  3. A.Oripov faoliyati va adabiy merosi
  4. ---
2

14

15.

Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, Rauf Parfi ijodi

  1. Muhammad Yusuf ijodi va adabiy merosi
  2. Shavkat Rahmon jodi va adabiy merosi
  3. Rauf Parfi jodi va adabiy merosi
  4. ---
2

15

Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Milliy uyg‘onish davri o‘zbek (Jadid) adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari

  1. Milliy uygʻonish davri adabiyoti tushunchasi
  2. Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining yuzaga kelishi va manbalari
2
2.

Behbudiyning maqolalari, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq ” asari

  1. “Padarkush” drammasi
  2. “Behbudiy maqolalarida millat masalasi
  3. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari
2
3.

Hamza lirikasi. O‘zbek dramaturgiyasi taraqqiyotida Hamza asarlarining ahamiyati

  1. Hamza lirikasida ijtimoiylik. Hamzaning poetik eksperimentlari
  2. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” drammasida inson konsepsiyasi
2
4.

A.Fitrat – adabiyotshunos . Fitrat lirikasi. “Abulfayzxon” tragediyasi

  1. “Adabiyot qoidalari” asari haqida
  2. Fitrat sheʼriyatida vatan muommosi
  3. “Abulfayzxon” drammasi haqida
2
5.

A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar ”. “Mehrobdan chayon” asarlari tahlili.

  1. Oʻtkan kunlar” asarida millat muommolari
  2. “Mehrobdan chayon” romani haqida
  3. Qodiriyning obraz yaratish mahorati
2
6.

Cho‘lpon lirikasi. “Kecha va kunduz” – psixologik roman namunasi sifatida

  1. Choʻlpon lirikasida erk va ozodlik
  2. “Kecha va kunduz” romani haqida
  3. “Kecha va kunduz” romanida obrazlar sistemasi
2
7.

Oybek lirikasi. “Qutlug‘ qon” va “Navoiy” romanlari

  1. Oybek lirikasida tabiat manzarasi
  2. “Qutlugʻ qon” romanida obrazlar tizimi
  3. Navoiy obrazining badiiy talqinlari
2
Jami 14

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi    
1.

G‘ofur G‘ulom she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari. “Shum bola” qissasi.

  1. Gʻ.Gʻulom lirikasining spesifik xususiyatlari
  2. “Sogʻinish” va “Vaqt” sheʼrlari tahlili
  3. “Shum bola” qissasi
2
2.

Usmon Nosir she’riyatida erk va muhabbatning badiiy ifodasi. Asqad Muxtorning “Chinor” romani tahlili

  1. U.Nosir lirikasi haqida
  2. Lirikada erk va ozodlik madhi
  3. “Chinor” romani tahlili
2
3.

Abdulla Qahhor hikoyalarida satira. “Sarob” romani

  1. “Oʻgʻri”, “Daxshat” hikoyalari
  2. Hikoyalarda satira va yumor
  3. “Sarob” romani tahlili
2
4.

“Mirzo Ulug‘bek” va “Jaloliddin Manguberdi” asarlari tahlili.

  1. Badiiy obraz yaratish mahorati
  2. “Mirzo Ulugʻbek” tragediyasi haqida
  3. “Jaloliddin Manguberdi” asari tahlili
2
5.

Hamid Olimjon va Zulfiya ijodida vatan va sadoqat motivlarining poetik talqinlari.

  1. H.Olimjon lirikasida vatan mavzusi
  2. H.Olimjon mahorati
  3. Zulfiya ijodining oʻziga xos xususiyatlari
2
6.

“Ufq” romani tahlili.

  1. S.Ahmadning badiiy mahorati
  2. “Ufq” asarida konflikt va badiiy psixologizm
  3. Inson obrazini toʻlaqonli yaratish vositalarining qoʻllanilishi
2
7.

XX asrning 60-70-yillar she’riyatining o’ziga xos xususiyatlari (Erkin Vohidov va Abdulla Oripov ijodi)

  1. E.Vohidov lirikasida vatan mavzusi
  2. E.Vohidov dostonlari haqida
  3. A.Oripov lirikasida jamiyat muommolari
2
8.

Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, Rauf Parfi ijodining o’ziga xos xususiyatlari

  1. M.Yusuf lirikasida badiiy mahorat
  2. Sh.Rahmon sheʼriyatida shaxs konsepsiyasi
  3. R.Parfi ijodida modernizm
2
Jami 16

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Jadid adabiyoti vakillari ijodi yuzasidan taqdimot tayyorlash

2.

“Ikki emas to’rt til lozimmaqolasini tahlil qilish

3.

“Baxtsiz kuyov” dramasida ijtimoiy muommolar aksi

4.

“Doktor Muhammaddiyor” hikoyasi tahlili

5.

“Bolalik” qissasi tahlili

6.

“Sen yetim emassan” she’rini yodlash

7.

“Yodgor” qissasi tahlili

8.

Usmon Nosir she’rlaridan yodlash

9.

Asqad Muxtor lirikasi

10.

“Sarob” romani yuzasidan taqdimot tayyorlash

11.

“Toshkentnoma” dostonini o’rganish

12.

“Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida

13.

“Bog‘lar qiyg‘os gulda”, “Men o’tgan umr” she’rlarini yodlash

14.

“Ruhlar isyoni” dostoni tahlili

15.

“Sohibqiron” dramasi yuzasidan taqdimot tayyorlash

16.

Shavkat Rahmon hayoti, faoliyati va ijodiy merosi.

17.

Rauf Parfi hayoti, faoliyati va ijodiy merosi.

18.

“Qora quyosh” asari tahlili

19.

Asqad Muxtorning “Chinor” romani tahlili

20.

Abdulla Qahhorning “Sarob” romani tahlili

21.

“Jaloliddin Manguberdi” asarlari tahlili

22.

“Mirzo Ulug‘bek” va “Jaloliddin Manguberdi” asarlari tahlili

23.

“Ufq” romani tahlili

24.

“Jimjitlik” asari tahlili

25.

Said Ahmad hikoyalarida yumor

26.

“Bir tush ko’rdim tushimda” she’ri tahlili

27.

“Turkiylar” she’rini tahlil qilish

28.

“O‘zbekiston” she’rini yod olish

29.

“O‘zbegim” qasidasini yodlash

30.

“Vatanim” she’ri tahlili

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. B .Qosimov B. Darslik. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. T.: 2006. 312 b. (yangilandi)
  2. S Mirzayev. O’quv qo’llanma. XX asr o‘zbek adabiyoti. T.: Yangi asr avlodi, 2004. 224 b. (yangilandi)

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" to‘g‘risidagi farmoni. (Xalq so‘zi 2017 yil, 8-fevral). (yangilandi)
  2. U Dolimov . Milliy uyg‘onish pedogogikasi. Monografiya – T.: Noshir, 2012, 322 b. (yangilandi)
  3. N.Jabborov N. Adabiyot va milliy ma’naviyat. – T.: Ma’naviyat, 2015. 238 b. (yangilandi)
  4. U Normatov . Umidbaxsh tamoyillar. To’plam - T.: Ma’naviyat, 2000. 204 b.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/04/NamDU-ARM-3615-Milliy_uygonish_davri_ozbek_adabiyoti_savoljavoblar.pdf (yangilandi)

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Qodirov Abdulazizbek Luqmonjon oʻgʻli
Elektron pochta: --pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Qodirov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan