Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek tilini sohada qoʻllanishi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60220300 - Tarix
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 7
Fan nomi Oʻzbek tilini sohada qoʻllanishi Fan kodi UTSB403
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
10
(aud)
50
(must)
10
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Oʻzbek tilini sohada qoʻllanishi fani - talabalarni taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur boʻladigan kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarni muntazam yangilash, oʻqituvchi, talaba, rahbar va xodimlarga sohalar boʻyicha (boshlangʻich taʼlim) yoʻnaltirish kerak. Oʻzbek adabiy tilining sohalarda qoʻllanishi, soha leksikasi va terminologiyasi haqida maʼlumot berish asosida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Tarix fanidan oʻquvchilar mehnat faoliyati jarayonida oʻzbek tilining sohalarda qoʻllanishi;
  • sohalarda kasbiy muloqot xulqini mustaqil oʻrganish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
  • sohalarda kasbiy muloqot etikasining shakllanishini oʻrganish:
  • muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;
  • shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • muloqot sirlarini bilishi va qoʻllay olishni;
  • sohada muloqotning asosiy vositalarini oʻrganish;
  • sohada muloqot madaniyati, muloqot sirlarini kuzatish va tahlilqilish;
  • sohada kasbiy muloqot etikasi, muloqot madaniyatini kuzatish va tahlil qilish jarayonida nutqiy ziddiyatlarni farqlash malakalariga ega boʻlishi kerak.
  • sohada kasbiy muloqot madaniyati, muloqot sirlarini kuzatish va tahlil qilish boʻyicha koʻnikmalar hosil qilishni maktabga tayyorlashga pedagogik mahoratga oid nazariy qarashlar, yetakchi kompitensiyalarni;
  • maktabgacha taʼlimda bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik mahoratni asosiy yoʻnalishlarini bilishlari lozim;
  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabga tayyorlash sohasidagi kadrlarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablarida pedagogik mahorat haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • maktabga tayyorlashning normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

“O'zbek tilining sohada qo`llanishi” fanini o`qitishning maqsad va vazifalari. Til va nutq, til va yozuv masalalari

  1. Til va tafakkur.
  2. Til va nutq
  3. Til va yozuv
2
2.

Til va terminologiya.

  1. Oʻzbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
  2. Terminlarning yasalishi.
  3. Sohaviy terminlarning morfologik, sintaktik, semantik usul bilan yasalishi.
  4. Oʻzbek tilining sohalarda qoʻllanish doirasi.
2
3.

Sohada matn tuzish masalasi

  1. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn.
  2. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar.
  3. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlarni yaratish usullari.
2
4.

Adabiy nutq va uning uslublari

  1. Nutq uslublari. Soʻzlashuv uslubi.
  2. Badiiy va publitsistik uslublar va ularning uslubiy xususiyatlari.
  3. Ilmiy va rasmiy uslublar va uning uslubiy xususiyatlari.
2
5.

Nutq va uning kommunikativ sifatlari

  1. Nutq madaniyati va uslubiyat
  2. Nutq bayon qilish usullari.
  3. Nutqning kommunikativ sifatlari.
  4. Mutaxassis nutqining ilmiyligi, toʻgʻriligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi.
2
Jami 10

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot to’plash

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora– tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo’yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.

3.

O‘zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. “Yangi O‘zbekiston” mavzusida ijodiy matn yaratish.

4.

O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari. Sohaga xos o’z va o’zlashgan so’zlar tasnifi.

5.

O'zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug’atlar bilan tanishish. O’zbek tilining izohli lug’atida berilgan sohaga oid so’zlar izohi bilan tanishish.

6.

Sohaga oid terminlar bo’yicha nostandart testlar tuzish.

7.

Sohaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so’zlar tahlili.

8.

Soha olimlarining ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida reproduktiv testlar tuzish.

9.

Badiiy nutq uslubi. O’zbek she’riyati. “Bir she’r tarixi” mavzusida esse yozish.

10.

Badiiy asar tahlili (ixtiyoriy). O’qilgan badiiy asarni “Idrok xaritasi” tuzish.innovatsion texnologiyasi asosidat tahlil qilish.

11.

So’zlashuv nutq uslubi. Nuqiy kompetentlikka rioya qilish. Sohaga oid ilmiy mavzuning og’zaki taqdimoti.

12.

Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. “Men tanlagan soha va OAV” mavzusida essey yozish.

13.

“Soha yo’nalishi fakulteti” dan video reportaj tayyorlash.

14.

Sohaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari bilan tanishish.

15.

Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish

16.

Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy mavzuda tezis tayyorlash

17.

Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy maqolaga rezyume tayyorlash.

18.

Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash.

19.

“Milliy qadriyatlarimiz dunyo nigohida” mavzusida rasmli ko’rgazmali vosita tayyorlash va taqdim qilish.

20.

“Mutaxassis va davlat tili” mavzusini “Nima uchun?” grafik organayzeri asosida ochib berish.

21.

“Mutaxassisilik tarixidan” mavzusini Klaster usulida yoritib berish

22.

Sohaga oid hujjatlarbilantanishish

23.

Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma)

24.

Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (bildirishnoma, hisobot, xizmat yozishmalari)

25.

Mavzuga oid tadqiqot va uni olib borish jarayonlari.

26.

Sohaning innovatsion yangiliklari haqida taqdimot tayyorlash.

27.

Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish

28.

Ilmiy tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar bilan tanishish, ma’lumotlar to’plash.

29.

Bibliografiyani shakllantirish mezonlari bilan tanishish.

30.

Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash. Himoya nutqi.

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Mahmudov H. O’qituvchi nutqi madaniyati. Darslik - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. 506 b
  2. Xolmirzayeva S. O‘zbek tilini sohada qo‘llanishi. Darslik – Toshkent, 2020. - 140-bet.
  3. Ashurova Z. O’zbek tilining sohada qo‘llanishi(oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik), - Samarqand: SamISI, 2021.- 120-bet.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O’zbek tilining izohli lug’ati. “O’qituvchi”, Toshkent, 2005-y.
  2. Xolmirzayeva S. Davlat tilida ish yuritish (Uslubiy qo’llanma). ToshDAU nashr taxririyati, - Toshkent. 2018-y.
  3. Husanov M., Xo’jaqulova R., Dilmurodova N. O’zbek tili (o’quv qo’llanma). – Toshkent: TMI, 2017-y.

7.3. Axborot manbaalari

  • www.literature.uz
  • www.genhis.philol.ru
  • http://en.wikipedia.org/wiki/Structulalism
  • http://www.brocku.ca/english/courses/4F70struct.html

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 4-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Arabboyeva Maxfuzaxon Akramjonovna
Elektron pochta: --pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Qodirov - Dotsent

M.Tojibayeva - Professor

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Sehanba-Chorshanba, soat 15:00 – 16:00, "B" bino 414 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Arabboyeva

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan