![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʻzbek tilini sohada qoʻllanishi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60110400 - Boshlangʻich taʼlim | |
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 | Semestr | 1 | |
| Fan nomi | Oʻzbek tilini sohada qoʻllanishi | Fan kodi | OʻTSQ1106 | |
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | tanlov | |
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | |
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 3 | Baholash shakli |
oraliq: ogʻzaki joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
|
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 90 | Auditoriya soatlari taqsimoti | amal | |
|
36 (aud) |
54 (must) |
36 | ||
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi - Talabalarni taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur boʻladigan kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarni muntazam yangilash, oʻqituvchi, talaba, rahbar va xodimlarga sohalar boʻyicha (boshlangʻich taʼlim) yoʻnaltirish kerak. Oʻzbek adabiy tilining sohalarda qoʻllanishi, soha leksikasi va terminologiyasi haqida maʼlumot berish asosida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat. Talabalarning oʻzbek tilida soha boʻyicha nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid ogʻzaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish, talabalarga soha boʻyicha egallagan bilimlarni yozma va ogʻzaki ravishda oʻzbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada qoʻllanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qoʻllaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini taʼminlash, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilish. Talabalarning oʻzbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va savodxonlikni oshirish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Boshlangʻich taʼlimda oʻquvchilar mehnat faoliyati jarayonida oʻzbek tilining sohalarda qoʻllanishi;
- sohalarda kasbiy muloqot xulqini mustaqil oʻrganish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
- sohalarda kasbiy muloqot etikasining shakllanishini oʻrganish:
- muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;
- shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- muloqot sirlarini bilishi va qoʻllay olishni;
- sohada muloqotning asosiy vositalarini oʻrganish;
- sohada muloqot madaniyati, muloqot sirlarini kuzatish va tahlil qilish;
- sohada kasbiy muloqot etikasi, muloqot madaniyatini kuzatish va tahlil qilish jarayonida nutqiy ziddiyatlarni farqlash malakalariga ega boʻlishi kerak.
- sohada kasbiy muloqot madaniyati, muloqot sirlarini kuzatish va tahlil qilish boʻyicha koʻnikmalar hosil qilishni maktabga tayyorlashga pedagogik mahoratga oid nazariy qarashlar, yetakchi kompitensiyalarni;
- maktabgacha taʼlimda bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik mahoratni asosiy yoʻnalishlarini bilishlari lozim;
- maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabga tayyorlash sohasidagi kadrlarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablarida pedagogik mahorat haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- maktabga tayyorlashning normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak.
5. Fan mazmuni
Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Mahmudov H. O’qituvchi nutqi madaniyati. Darslik. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. – 188-bet.
- Xolmirzayeva S. O‘zbek tilini sohada qo‘llanishi. O ‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2020. - 140-bet.
- Ashurova Z. O’zbek tilining sohada qo‘llanishi(oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). Darslik. - Samarqand: SamISI, 2021.- 120-bet.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- O’zbek tilining izohli lug’ati. “O’qituvchi”, Toshkent, 2005. (yangilandi)
- Xolmirzayeva S. Davlat tilida ish yuritish (Uslubiy qo’llanma). ToshDAU nashr taxririyati, Toshkent 2018.
- Husanov M, Xo’jaqulova R, Dilmurodova N. O’zbek tili (o’quv qo’llanma). – Toshkent: TMI, 2017.
7.3. Axborot manbaalari
- https://ru.scribd.com/document/794120364/O-zbek-tilini-sohada-qo-llanishi
- https://www.scribd.com/document/794120364/O-zbek-tilini-sohada-qo-llanishi
- https://library-samdukf.uz/product/oqituvchi-nutqi-madaniyati-n-mahmudov/#pdf-oqituvchi-nutqi-madaniyati-n-mahmudov/7/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13 -hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13 -hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13 -hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 0 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 60 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna |
|---|---|
| Elektron pochta: |
--pochta kiriting-- --pochta kiriting-- |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
A.Qodirov - Dotsent |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbanov Fakultet dekani |
(imzo) F.Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) G.Bektasheva Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) G.Bektasheva Fan oʻqituvchisi |
