![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Tasavvuf va badiiy adabiyot
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish | |||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 | Semestr | 4 | |||
| Fan nomi | Tasavvuf va badiiy adabiyot | Fan kodi | TBA2405 | |||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | tanlov | |||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | |||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 6 | Baholash shakli |
oraliq: ogʻzaki joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
|||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 150 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | sem | |
|
60 (aud) |
90 (must) |
30 | 14 | 16 | ||
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi - "Tasavvuf va badiiy adabiyot" fanining maqsadi tasavvuf va badiiy ijod oʻrtasidagi munosabatlarni, mazkur taʼlimotning paydo boʻlish tarixi, mohiyati, asosiy tushuncha va istilohlari anglatgan maʼnolar, sufiyona adabiyotning oʻziga xos jihatlarini oʻrgatishdir. Shuningdek, tasavvufiy adabiyotining boy merosini filolog talabalarga taʼlim berish orqali ularni yuksak maʼnaviyatli va keng maʼrifat sohibi qilib tarbiyalashdir. Yoshlarning maʼnaviy dunyosini milliylik va insonparvarlik zaminida shakllanishiga gʻoyat samarali taʼsir koʻrsatadigan, ayni paytda, oʻzbek mumtoz adabiyoti va milliy maʼnaviyatining shaklanish qonuniyatlarini anglash yoʻlida ochqich kalit vazifasini bajaradigan tasavvuf va badiiy ijod munosabatini oʻrganish orqali yoshlarda sogʻlom tafakkur tarzini shakllantirish, oʻzbek adabiyoti tarixi haqida har tomonlama bilim hosil qilish, maʼnaviy dunyosi mukammal boʻlishiga koʻmaklashish ushbu oʻquv fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. O’zbek adabiyoti tarixi (O'AT2-415 )
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- sufiyona adabiyotning mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berish;
- tasavvuf taʼlimoti va badiiy adabiyotning bosh masalasi boʻlgan inson kamoloti va komil inson maʼnaviyati haqidagi qarashlarini ilmiy asosda chuqur o ʼrganish. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- ?? Tasavvuf adabiyoti namunalarini oʻrganish orqali sufiyona timsol va obrazlar
- maʼnolarini aniqlash, badiiy soʻz shukuhi, oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalanish malakasini shakllantirish;
- ?? tasavvuf va badiiy ijodning koʻp asrlik munosabatlari tarixi misolida adabiyotning oʻzbek xalqi maʼnaviyatining shakllanishi va rivojiga koʻrsatgan taʼsiri haqida maʼlumot berish, talabalarda milliy maʼnaviyatimizning teran ildizlari haqida tasavvur hosil qilish;
- ?? sufiyona adabiyotning badiiy olami, tabiati va qonuniyatlarini tadqiq etish,
- timsol va ramzlari mohiyatini teran anglash va toʻgʻri tahlil etish koʻnikmasini hosil qilish;
- ?? egallangan bilim va koʻnikmalarni jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarning
- barqaror boʻlishga yoʻnaltirish;
- tasavvuf tarixi va nazariyasiga doir tavsiya etilgan birlamchi manbalar: risola, manqaba, maqomot va tazkiralar mazmuni bilan tanishishlari lozim. Tasavvufning manshayi va manbalari hisoblangan Qurʼoni karim, Hadisi sharif, tafsir va kalom ilmiga oid birlamchi maʼlumotlardan xabardor boʻlishlari masalaning mohiyatiga yetishga yordam beradi;
- tasavvuf tarixiga oid manbalar bilan bir qatorda Markaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlari, yurtimizdan chiqqan buyuk mutasavvuflarning manqabaviy hayot yoʻli va ularning mashhur asarlari mazmunini ham bilishlari kerak boʻladi. Bulardan tashqari, badiiy asarlar tarkibidagi irfoniy va tasavvufiy gʻoya va talqinlarni anglashi, ramz va timsollar maʼnolari haqida tasavvurga ega boʻlishi;
- muayyan nazariy masalalarning qonuniyatlarini aniqlash, sufiyona timsol va obrazlaning ildizlariga murojaat qilib, adabiy hodisaning bugungi nomlanishi bilan mumtoz adabiyotshunoslikdagi istilohiy munosabatlari haqida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Komilov N. Tasavvuf. - Toshkent:Movarounnahr – O’zbekiston, 2009. – darslik, 447-bet.
- Boltaboyev H. Islom tasavvufi manbalari. (Tasavvuf nazariyasi va tarixi). Ilmiy majmua. - Toshkent:O’qituvchi, 2005. 400-bet.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Fitrat. Yassaviy maktabi shoirlari to ‘g‘risida tekshirishlar. Toshkent: 1928.
- Ishoqov Y. Naqshbandiya ta’limoti va o’zbek adabiyoti. Toshkent: 2002.
- Haqqul I. Tasavvuf sabog‘lari. Buxorо: 2004.
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13 -hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13 -hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13 -hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 0 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 60 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna |
|---|---|
| Elektron pochta: |
--pochta kiriting-- |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
A.Qodirov - Dotsent M.Tojiboyeva - Andijon davlat pedagogika instituti professori |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) F.Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) G.Bektasheva Fan oʻqituvchisi |
