Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Konfliktologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310900 - Psixologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 8
Fan nomi Konfliktologiya Fan kodi ConflicE306
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
24
(aud)
156
(must)
12 6 6
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - talabalarga insonlar kundalik faoliyatlarida yuzaga keladigan nizolar va uning kelib chiqish sabablari, shuningdek bartaraf etish usullari hagida amaliy bilim va koʻnikmalar berishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Psixologik konfliktologiya fanining yuzaga kelishi konflikt tushunchasi, konfliktning muhim belgilari, konfliktni organishning asosiy yoʻnalishlari, konfliktologiyani metod va metodologiyasi, shasning oʻz-oʻzi bilan yuzaga keladigan konfliktlar hagida bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Talaba konflikt tuzilishi, konstruktiv va destruktiv konfliktlar, ichki konflikt, shaxslararo ziddiyatlar, guruhlararo konfliktlari yuzaga kelish mexanizmlarini aniqlash yuzasidan koʻnikmalariga .
  • Talabalar konfliktdan chiqish taktikasi va majburlash metodi, konfliktni oldini olishning ikki yoʻnalishi, konfliktni baholash muammosi va yashirin harakatlar taktikasi, oʻzaro yutishning taktikasini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari, konfliktning hal etishning universal vositalari va ularning natijalari, muzokaraga umumiy tavsifnoma, muzokaraga kirishish strategiyalari, muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari, muzokara jarayonida vositachilik malakalariga ega boʻlishi kerak.amaliyotda qoʻllay olish malakasiga ega boʻlishi lozim.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Konfliktologiya faniga kirish. Konfliktlar diagnostikasi va tadqiqot metodlari.

  1. Konfliktologiya fanining predmeti va obyekti, maqsad va vazifalari.
  2. Konfliktologiya borasidagi gʻoyalarini shakllanishi, konfliktologia fanining rivojlanishi.
  3. Konflikt borasidagi tadqiqotlarning metodologik asoslari va tamoyillari.
  4. Konfliktologiyada psixologik metodlarni qoʻllanilishi.
  5. Konfliktlarni laboratoriya usulida oʻrganish.
  6. Konfliktlarni tabiiy sharoitda oʻrganish.
  7. Konfliktlarni organishning soʻrov usullari.
  8. ---
2

1

2.

Konfliktlarni o‘rganishning psixologik nazariyalari.

  1. Z. Freyd, E.Xorni, E.Erikson qarashlari.
  2. Vaziyatli yoʻnalish
  3. Kognitiv yoʻnalish
  4. Konfliktlarni organishning zamonaviy yoʻnalishlari
  5. ---
2

2

3.

Konflikt va uning turlari.

  1. Shaxsiy konfliktlar.
  2. Shaxslalaro konfliktlar
  3. Guruhlararo konfliktlar
  4. Guruhli konfliktlar
  5. Davlatlararo konfliktlar.
  6. ---
2

3

4.

Konflikt va uning yuzaga kelishi.

  1. Konfliktlarni vujudga kelish sabablari.
  2. Konfliktlarni vujudga kelishining obyektiv sabablari.
  3. Konfliktlarni tashkiliy-boshqaruvehilik sabablari.
  4. Konflikt tuzilishi. Konfliktlik vaziyatlarni idrok qilish xususiyatlari
  5. Konflikt funktsiyalari. Konfliktning asosiy qatnachilarga taʼsiri. Konfliktlarni ijtimoiy muhitga taʼsiri.
  6. Konfliktlar dinamikasi. Konfliktlar rivojlanishining bosqichlari va asosiy davrlari.
  7. Konfliktlarning kengayishi. Konfliktlarning turli koʻrinishlarini dinamikasi.
  8. Konfliktlarning natijasi sifatida stressing yuzaga kelishi.
  9. ---
2

4

5.

Konfliktlarni hal etish.

  1. Konfliktlarni boshqarish tajribalari
  2. Konfliktlarni oʻrganishdan ularni hal etishga oʻtish.
  3. Konfliktlarni boshqarish amaliyotininng boshlanishi.
  4. Konfliktlarni boshqarishning asosiy tushunchalari.
  5. Asosiy usullar
  6. ---
2

5

6.

Konfliktlar bilan ishlashning psixologik an’analari

  1. Konflikt bilan ishlashda psixoanalitik ish.
  2. Xulq-atvor psixoterapiyasi.
  3. Konfliktlar bilan ishlashda gumanistik yo nalish
  4. Psixologik maslahat
  5. Guruhiy psixoterapiya
  6. Mijoz va psixologning oʻzarro taʼ siri
  7. ---
2

6

Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Konfliktlarni tahlil qilish.

  1. Talabalarga konfliktli vaziyatlar tarqatilib ularni tahlil qiladi, kelib chiqish sabablarini aniqlaydi.
2
2.

Shaxslararo munosabatlardagi konfliktlar natijasida stressga tushganlar bilan terapevtik ish.

  1. Talabalar stressga tushganlar bilan terapevtik ish olib borishni amalda qoʻllanib koʻradi, konfliktli vaziyatlarni oʻzlari rolga kirib oʻynash orqali yaratadi.
2
3.

Konflikt jarayonida muloqotdagi to‘siqlar va o‘zaro tushunishning imkoniyatlari.

  1. Talabalar muloqotning turlari hagida savol-javob, vaziyatlarni rolga kirib koʻrsatib berish orqali muhokama qilishadi.
2
Jami 6

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi    
1.

Konfliktologiya faniga kirish. Konfliktlar diagnostikasi va tadqiqot metodlari. Konfliktlarni o‘rganishning psixologik nazariyalari.

  1. Konfliktologiya fanining predmeti va obyekti, maqsad va vazifalari
  2. Konfliktologiya borasidagi gʻoyalarini shakllanishi, konfliktologia fanining rivojlanishi
  3. Konflikt borasidagi tadqiqotlarning metodologik asoslari va tamoyillari.
  4. Konfliktologiyada psixologik metodlarni qoʻllanilishi
  5. Konfliktlarni laboratoriya usulida oʻrganish.
  6. Konfliktlarni tabiiy sharoitda oʻrganish.
  7. Konfliktlarni organishning soʻrov usullari.
  8. Z. Freyd, E.Xorni, E.Erikson qarashlari.
  9. Vaziyatli yoʻnalish
  10. Kognitiv yoʻnalish
  11. Konfliktlarni organishning zamonaviy yoʻnalishlari
2
2.

Konflikt va uning turlari. Konflikt va uning yuzaga kelishi.

  1. Shaxsiy konfliktlar.
  2. Shaxslalaro konfliktlar
  3. Guruhlararo konfliktlar
  4. Guruhli konfliktlar
  5. Davlatlararo konfliktlar.
  6. Konfliktlarni vujudga kelish sabablari.
  7. Konfliktlarni vujudga kelishining obyektiv sabablari.
  8. Konfliktlarni tashkiliy-boshqaruvehilik sabablari.
  9. Konflikt tuzilishi. Konfliktlik vaziyatlarni idrok qilish xususiyatlari
  10. Konflikt funktsiyalari. Konfliktning asosiy qatnachilarga taʼsiri. Konfliktlarni ijtimoiy muhitga taʼsiri.
  11. Konfliktlar dinamikasi. Konfliktlar rivojlanishining bosqichlari va asosiy davrlari.
  12. Konfliktlarning kengayishi. Konfliktlarning turli koʻrinishlarini dinamikasi.
  13. Konfliktlarning natijasi sifatida stressing yuzaga kelishi.
2
3.

Konfliktlarni hal etish. Konfliktlar bilan ishlashning psixologik an’analari.

  1. Konfliktlarni boshqarish tajribalari
  2. Konfliktlarni oʻrganishdan ularni hal etishga oʻtish.
  3. Konfliktlarni boshqarish amaliyotininng boshlanishi.
  4. Konfliktlarni boshqarishning asosiy tushunchalari.
  5. Konflikt bilan ishlashda psixoanalitik ish.
  6. Xulq-atvor psixoterapiyasi.
  7. Konfliktlar bilan ishlashda gumanistik yoʻnalish
  8. Psixologik maslahat
  9. Guruhiy psixoterapiya
  10. Mijoz va psixologning oʻzaro taʼ siri
2
Jami 6

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
1.

Seminar va amaliy mashgʻulotlarga berilgan topshiriqlarni bajarish.

2.

O‘tilgan mavzular yuzasidan loyiha ishi tayyorlash

3.

Berilgan loyiha ishini taqdimot qilish

4.

Fan yuzasidan insho, referat, maqola, tezis yozish

   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. N.G‘. Kamilova, D.U.Abdullayeva Ijtimoiy psixologiya (Konfliktologiya) Darslik Toshkent- 2020.
  2. V.M.Karimova, O.E.Hayitov, N.Sh.Umarova Sotsial psixologiya Chirchiq-2020.
  3. Grishina N.V. Psixologiya konflikta. M.: Piter, 2017.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. Darslik T. “Fan va texnologiya”, 2016. (yangilandi)
  2. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. Qo‘llanma T. “Turon-Iqbol” 2018.
  3. D.G‘. Muhamedova, N.M. Mullaboyeva, A.I. Rasulov Umumiy psixologiya Toshkent 2018

7.3. Axborot manbaalari

  • https://drive.google.com/file/d/1i6OY1T5fuSVpccyN3Nn7PLbY1ZW3zQuf/view?usp=sharing (yangilandi)
  • https://drive.google.com/file/d/1SiaJhK3dRuGWoXC6yJqYO732Th4C3eWb/view?usp=sharing (yangilandi)
  • https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/03/NamDU-ARM-3083-Ijtimoiy_Psixologiya.pdf (yangilandi)

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Xamdamova Muazzamxon Xabibullo qizi
Elektron pochta: --pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 14.00 – 17.00, E- 607-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbanov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Xamdamova

Fan oʻqituvchisi

Tashqi taqriz yuklanmagan