Yuklab olish
Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tarbiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60220300 - Tarix
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 4
Fan nomi Tarbiya Fan kodi TY1404
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 4 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop. mustaqil taʼlim. vazifa-topshiriqlar. davomat.
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
16
(aud)
104
(must)
8 8
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi - Talabalarda yuksak maʼnaviyat, maʼnaviy-ahloqiy fazilatlarini yuksaltirish, tezkor va oqilona qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni rivojlantirish, yangilanayotgan Oʻzbekistonning rivojida ahloqi va madaniyati yuksak boʻlgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash talabini amalga oshirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Insonni maʼnaviy rivojlantirish, talabalarni va yoshlarni axloqiy qadriyatlar, adolat, hurmat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni oʻrgatish;
  • Odamlarni jamiyatda faol va masʼuliyatli boʻlishga tayyorlash, ular orasida hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash;
  • Insonning ichki dunyosini rivojlantirish, hissiyotlarni toʻgʻri ifodalash, stressni boshqarish va ijobiy fikrlashni oʻrgatish;
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Talabalarga yangi bilimlarni egallash, aqliy faollikni oshirish, tanqidiy fikrlash va ilmiy izlanishlarga qiziqish uygʻotish;
  • Madaniyat va sanʼatni qadrlash, ijodiy fikrlashni rivojlantirish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi Pos  
1.

Kirish. Tarbiya insonning komillikka eltivchi ilm sifatida. Tarbiya tushunchasi. O‘z-O‘zini anglamoq sari. Odamning biologik mavjudotdan, ijtimoiy shaxsga aylanishi.

  1. Tarbiyaning shakllari.
  2. Muqaddas diniy kitoblar “Avesto”, “Injil” va “Qurʼon” da odob-axloq va tarbiya masalalari.
  3. Qadimgi Sharqda tarbiyaga oid yozilgan kitoblar. Ushbu sohada faoliyat yuritgan olimlar faoliyati haqida.
  4. Shaxs kamolotida eʼtiqodning oʻrni.
  5. Iymon, vijdon, insof va diyonat tushunchalari
  6. Oʻzlikni anglashda ilmning, tarix ilmining tutgan oʻrni.
  7. ---
2

1

2.

Vatan sajdagoh kabi muqaddas. Oltin beshik. Oila tarbiyasi Oila tushunchasi va uning vujudga kelishi

  1. Vatan nima? Tuproq. Madaniy qatlam.
  2. Tarixiy vatan. Vatan tuygʻusi.
  3. Vatan sogʻinchi. Vatan qaygʻusi. Vatanparvarlikni tarbiyalash.
  4. Vatanni sevmoq iymondandir. Vatan qanday himoya qilinadi.
  5. Oʻzbek oilalari va ularning oʻziga xosligi. Qarindosh-urugʻchilik.
  6. Oilada kattalarga hurmat va kichiklarga izzat tushunchasi.
  7. Ota-onalik majburiyatlari. Farzandlik majburiyatlari.
  8. Ota-onaning haqqi. Farzandning haqqi.
  9. ---
2

2

3.

Uylanish odobi Oilada jinsiy tarbiya masalasi. Nafs tarbiyasi Nafsni tanish. Nafsning turlari. Nafs haqida tasavvuf allomalarining qarashlari.

  1. Oilada mehnat tarbiyasi. Oilaviy tantanalarni tashkil etish odobi.
  2. Nikohlanish odobi. Erlik majburiyati va xotinlik majburiyati.
  3. Ota va ona boʻlish havasi va maʼsuliyati.
  4. Nafsni tanish. Nafsning turlari.
  5. Nafs haqida tasaffuf allomalarining qarashlari.
  6. Nafsning halokatli oqibatlari. Nafsga hokimlik qilish eng ulugʻ amallardan.
  7. Iskandarning ochiq qoʻllari.
  8. Sudxoʻrlik , taʼmagirlik, poraxoʻrlik, oʻgʻirlik, yolgʻonchilik eng yomon illat.
  9. ---
2

3

4.

Odamiylik saboqlari. “Hazrati Inson tarbiyasi”. Nasab va hasab. Inson manzaralari Yashashdan maqsad nima? Baxt haqida.

  1. Halol va xarom. husni hulq, shijoat, karam, iroda, sabot, sabr, hamiylik, iffat, riyo, munofirlik, zohir va botin.
  2. Til odobi.
  3. Hasad va havas, doʻst va dushmanlik.
  4. Isnonning surati va siyrati.
  5. Samimiylik va toʻgʻrilik. Kamtarlik va xushmuomilalik.
  6. Ayol olamning gultoji. Oʻz-oʻzini tarbiyalash usullari.
  7. Ilm talab qilish haqida. Taʼlim oluvchining odobi.
  8. ---
2

4

Jami 8
 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi    
1.

Kirish. Tarbiya insonning komillikka eltivchi ilm sifatida. Tarbiya tushunchasi. O‘z-O‘zini anglamoq sari. Odamning biologik mavjudotdan, ijtimoiy shaxsga aylanishi.

  1. Tarbiyaning shakllari.
  2. Muqaddas diniy kitoblar “Avesto”, “Injil” va “Qurʼon” da odob-axloq va tarbiya masalalari.э
  3. Qadimgi Sharqda tarbiyaga oid yozilgan kitoblar. Ushbu sohada faoliyat yuritgan olimlar faoliyati haqida.
  4. Shaxs kamolotida eʼtiqodning oʻrni.
  5. Iymon, vijdon, insof va diyonat tushunchalari
  6. Oʻzlikni anglashda ilmning, tarix ilmining tutgan oʻrni.
2
2.

Vatan sajdagoh kabi muqaddas. Oltin beshik. Oila tarbiyasi Oila tushunchasi va uning vujudga kelishi

  1. Vatan nima? Tuproq. Madaniy qatlam.
  2. Tarixiy vatan. Vatan tuygʻusi.
  3. Vatan sogʻinchi. Vatan qaygʻusi. Vatanparvarlikni tarbiyalash.
  4. Vatanni sevmoq iymondandir. Vatan qanday himoya qilinadi.
  5. Oʻzbek oilalari va ularning oʻziga xosligi. Qarindosh-urugʻchilik.
  6. Oilada kattalarga hurmat va kichiklarga izzat tushunchasi.
  7. Ota-onalik majburiyatlari. Farzandlik majburiyatlari.
  8. Ota-onaning haqqi. Farzandning haqqi.
2
3.

Uylanish odobi Oilada jinsiy tarbiya masalasi. Nafs tarbiyasi Nafsni tanish. Nafsning turlari. Nafs haqida tasavvuf allomalarining qarashlari.

  1. Oilada mehnat tarbiyasi. Oilaviy tantanalarni tashkil etish odobi.
  2. Nikohlanish odobi. Erlik majburiyati va xotinlik majburiyati.
  3. Ota va ona boʻlish havasi va maʼsuliyati.
  4. Nafsni tanish. Nafsning turlari.
  5. Nafs haqida tasaffuf allomalarining qarashlari.
  6. Nafsning halokatli oqibatlari. Nafsga hokimlik qilish eng ulugʻ amallardan.
  7. Iskandarning ochiq qoʻllari.
  8. Sudxoʻrlik , taʼmagirlik, poraxoʻrlik, oʻgʻirlik, yolgʻonchilik eng yomon illat.
2
4.

Odamiylik saboqlari. “Hazrati Inson tarbiyasi”. Nasab va hasab. Inson manzaralari Yashashdan maqsad nima? Baxt haqida.

  1. Halol va xarom. husni hulq, shijoat, karam, iroda, sabot, sabr, hamiylik, iffat, riyo, munofirlik, zohir va botin.
  2. Til odobi.
  3. Hasad va havas, doʻst va dushmanlik.
  4. Isnonning surati va siyrati.
  5. Samimiylik va toʻgʻrilik. Kamtarlik va xushmuomilalik.
  6. Ayol olamning gultoji. Oʻz-oʻzini tarbiyalash usullari.
  7. Ilm talab qilish haqida. Taʼlim oluvchining odobi.
2
Jami 8

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu    
   

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

7.3. Axborot manbaalari

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Joriy baholash uchun maʼlumot kiritilmagan
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 1-3 -hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 2-3 -hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 2-3 -hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-3-hafta(lar) davomida
Jami 0  
Oraliq imtihon (OI)
1. ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 60  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

D.Komilov

Kafedra mudiri

(imzo)

Kiritilmagan

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan