171
| ID | 171 |
|---|---|
| Fan dasturi nomi | Farmatsevtik kimyo |
| Fan kodi | FK 15612 |
| Semestrlar | 5,6 |
| Fanga ajratilgan kredit | 12 |
| Fan turi | majburiy |
| Fan dasturining amal qilish yili | 2025 |
| Fan tili | 1 |
| Vazirlik | (qiymatlanmagan) |
| Oliy taʻlim muassasasi | 1 |
| OTM rahbari | (qiymatlanmagan) |
| Bilim sohasi | 9 |
| Taʼlim sohasi | 21 |
| Taʼlim yoʻnalishi | 692 |
| Haftadagi dars soatlari | (qiymatlanmagan) |
| Auditoriya mashgʻulotlari (soat) | 180 |
| Mustaqil taʼlim (soat) | 180 |
| Fanni oʻqitishdan maqsad | Farmatsevtik kimyo fanini oʻrganishdan maqsad – talabalarni dori vositalarining tabiiy xom ashyo va sintez usuli bilan olinishi, ularni izlab topish va tibbiyot amaliyotiga qoʻllash jarayonidagi tashkiliy va amaliy muammolarini hal qilish, ularning kimyoviy tuzilishi bilan biologik faolligi orasidagi bogʻliqlik qonuniyatlari, chinligini aniqlashning kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari, tarkibidagi xususiy va umumiy yot aralashmalarni aniqlashning farmakopeyaviy usullari, dori moddasi va dori preparati miqdoriy tahlilining xususiy va umumiy tomonlari, barqarorligini oshirish, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlarini belgilash, farmakokinetikasi, biotransformatsiyasi va metabolitlarini aniqlash boʻyicha yoʻnalish profiliga mos bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir. |
| Fanning vazifasi | |
| Taʼlim natijalari boʻyicha bilimlar jihatidan talaba | |
| Taʼlim natijalari boʻyicha koʻnikmalar jihatidan talaba | |
| Malaka | |
| Talablar | |
| Kafedra | 5 |
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 5 |
| Akademik darajasi | 1 |
| Taʼlim shakli | 1 |
| Modul davomiyligi (hafta) | 30 |
| Oraliq | yozma |
| Joriy | amaliy mashgʻulot |
| Yakuniy | test |
| Maʼruza | 36 |
| Amaliy | 104 |
| 4.1. Bilimlar jihatidan | Talaba: farmatsevtik kimyo fani, tarixi va vazifalari; dori moddalarning kimyoviy tuzilishi va tasniflanishi; dori moddalarini olinish usullari; davlat farmakopeyasi, vaqtinchalik farmakopeya maqolalari, farmakopeya maqolalarining tuzilishi; dori moddalar chinligini aniqlashning umumiy va xususiy tahlil usullari; dori vositalari tarkibidagi yot aralashmalarni aniqlash usullari; dori vositalari miqdoriy tahlilining umumiy usullari; dori vositalari tahlilida qoʻllaniladigan kimyoviy va fizikaviy usullar haqida tasavvurga ega boʻlishi; dori moddalarning tasvirlanishi va eruvchanligini MH asosida aniqlash; dori vositalarini chinligini MH asosida aniqlash; moddalar tahlilida qoʻllaniladigan etalon eritmalar, ularni MH asosida tayyorlash va ulardan yot aralashmalarni, loyqalik va ranglilik darajasini aniqlash; dori moddalar fizik konstantalarini (suyuqlanish, qaynash va qotish haroratlari, zichlik, pH, solishtirma ogʻirligi, solishtirma burish burchagi) MH asosida aniqlash; tahlilda qoʻllaniladigan indikatorlar, titrlangan eritmalar tayyorlash va titrini MH asosida aniqlash; dori vositalarining fizik konstantalarini aniqlashning farmakopeyaviy tahlil usullari; turli guruhga mansub boʻlgan dori moddalarining miqdorini aniqlashning kimyoviy tahlil usullari; organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarining fizikaviy tahlil usullari; dori preparatlari va dori shakllarining fizik-kimyoviy tahlil usullarini bilish va ulardan foydalanish; noorganik va organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarining funksional guruhlari boʻyicha chinligini aniqlashning farmakopeyaviy usullaridan; va organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarining tozaligini aniqlashning farmakopeyaviy tahlil usullaridan; dori moddalarning miqdorini aniqlashda qoʻllaniladigan kimyoviy usullardan (suvli va suvsiz sharoitda kislota – asos titrlash, yodometrik, permanganatometrik, nitritometrik, kompleksonometrik, argentometrik va b. usullar) foydalanish; dori vositalarining sifatini baholashda qoʻllaniladigan refraktometrik, fotoelektrokolorimetrik, spektrofotometrik va xromatografik usullardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak. |
| 4.2. Koʻnikmalar jihatidan | Noorganik va organik tuzilishga ega biogen dori vositalarining funksional guruhlari boʻyicha chinligini aniqlashning farmakopeyaviy usullaridan; Noorganik va organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarining tozaligini aniqlashning farmakopeyaviy tahlil usullaridan; Dori moddalarning miqdorini aniqlashda qoʻllaniladigan kimyoviy usullardan (suvli va suvsiz sharoitda kislota — asos titrlash, yodometrik, permanganatometrik, nitritometrik, kompleksonometrik, argentometrik va b. usullar) foydalanish; Dori vositalarining sifatini baholashda qoʻllaniladigan refraktometrik, fotoelektrokolorimetrik, spektrofotometrik va xromatografik usullardan foydalanish. Talabalarning farmatsevtik kimyo fani boʻyicha amaliy koʻnikmalari laboratoriya xonalarida, mavzular boʻyicha dori vositalarni tahlili oʻtkaziladi. Laboratoriya mashgʻulotda amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi: Birinchi bosqich – mashgʻulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda oʻrganilayotgan amaliy koʻnikmani oʻrganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy koʻnikmalari amalga oshirish uchun kerakli asbob-uskunalar bilan ishlash mexanizmi, ishlatish qoidalari bilan talabalar tanishtiriladi. Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedrada barcha asbob — uskunalar mavjud va ishchi holatda boʻlishi lozim. Ikkinchi bosqich — amaliy koʻnikmani namoyish qilib berish va koʻp marta mashq qilish. Bu bosqichni amalga oshirish uchun amaliy koʻnikmalari qadamma qadam algoritmi pedagog tomonidan va videofilmlar orqali namoyish etiladi, algoritm asosida bosqichma bosqich toʻgʻri bajarishga alohida eʼtibor qaratiladi. Talaba amaliy koʻnikmani mustaqil, biroq pedagog nazorati ostida bajaradi. Ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan amaliy koʻnikmalar qadamma qadam algoritmi va videofilmi, oʻquv uslubiy qoʻllanmasi, bajarish sxemasi yoki texnikasi va h.k., baholash mezonlari ishlab chiqilgan bolishi lozim. Asbob -uskunalar, reaktivlar va kerakli shart sharoitlar yaratilishi lozim. Bu bosqichda pedagog nazorat qiladi va kerak boʻlganda talabalar ishidagi xatoliklarni toʻgʻrilaydi. Bu jarayonda talaba harakatlari videotasvirga olinib oʻziga namoyish etilishi, kritik muhokama qilinishi mumkin. Talaba, uning xatosi nimada ekanligini, oʻqituvchiga va boshqa talabalarga tushuntirib beradi. Interfaollik shunda namoyon boʻladiki, bunda boshqa talabalar ekspert sifatida chiqishda va oʻqitilayotgan talabaning amaliy koʻnikmani toʻgʻri oʻzlashtirganligini baholashda ishtirok etadilar. Amaliy koʻnikma avtomatizm darajasigacha yetkazilishi maqsadga muvofiq. Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv- uslubiy qoʻllanmalar, vaziyatli masalar va testlar toʻplami, keyslar, ishlatilishi lozim. Interfaollik shunda namoyon boʻladiki, bunda boshqa talabalar nafaqat ekspert sifatida chiqishda va oʻqitilayotgan talabaning amaliy koʻnikmani toʻgʻri oʻzlashtirganligini baholashda balki komandada ishlashda ishtirok etadilar. Toʻrtinchi bosqich — xulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va egallagan koʻnikmani tahlillarda, turli xil vaziyatlarda, faoliyat jarayonida toʻgʻri va toʻliq qoʻllay olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy koʻnikma oʻzlashtirildi deb hisoblanadi. Mashgʻulot yakunida oʻqituvchi har bir talabaning amaliy koʻnikmani oʻzlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy koʻnikmani oʻzlashtira olmagan vaziyatlarda, mashgʻulotdan tashqari vaqtda mustaqil oʻzlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy koʻnikmalari oʻzlashtirgan holda fanni oʻzlashtirgan hisoblanadi. |