Update Mustaqilmavzulari: 135

1-mavzu. Tirik tabiatning tarixiy jarayonida paydo bo’lishi, simbioz nazariyasi. Avtotrof va geterotrof organizmlarning tabiatdagi modda almashinuvida tutgan o’rni. Yer biosferasi. O’simliklar - dorivor mahsulotlarning manbai.

2-mavzu. To’qimalarning hosil bo’lishi. Mexanik to’qimalarni o’tli va daraxt o’simliklaridagi xillari, joylashishi. O’tkazuvchi to’qimalarning o’tli va daraxt o’simliklarida joylashishi, ahamiyati. Ajratuvchi to’qimalarning o’simlikda uchrash joylari, ahamiyati. Asosiy to’qimalarda to’planadigan moddalar va ularning vazifasi.

3-mavzu. Asosiy morfologik qonuniyatlar: simmetriya turlari, metamorfoz. Analogik va gomologik organlar. Ildiz oziqlanishi va moddalarni sintez qiladigan qism. O’simliklarda mineral moddalarning miqdori. Azotning o’simlik hayotidagi o’rni. Dukkakli va ayrim o’simliklarda azotning o’zlashtirilishi.

4-mavzu. O’simliklarning vegetativ (ildiz, poya, barg) organlari, ularning tuzilishi, vazifalari va farmatsevtik ahamiyati.

5-mavzu. O’simliklarning generativ (gul, meva, urug’) organlari, ularning tuzilishi, vazifalari va farmatsevtik ahamiyati.

6-mavzu. O’simliklar sistematikasi. O’simliklar guruhlarining morfologik, anatomik, embriologik belgi, xususiyatlariga asoslanib tasniflash va guruhlarning tabiiy qarindoshligiga qarab, o’simlik oilasining evolyutsion jarayonini ifodalaydigan ma'lum tizimda joylashtirish. Har xil o’simliklarni muayyan guruhlarga birlashtirish yoki ular orasidagi farqni aniqlashga yordam beradigan sistematik belgilari.

7-mavzu. Tuban sporali o’simliklarga tavsif va ularning tasnifi. Suv o’tlarining rivojlanish davri va sinflarga bo’linishi: ulotrikslar, sifonlilar, ularning umumiy xususiyatlari. Suv o’tlarining asosiy vakillari (xlomidomanada, ulotriks, ulva, kaulerpa, vosheriya, spirogira). Oq qayindagi chaga zamburug’i va uning tibbiyotdagi ahamiyati.

8-mavzu. Talaba o’z hududida uchraydigan dorivor o’simliklarning aniqlash, ularning biologiyasi, ekologiyasi va farmatsevtik ahamiyati to’g’risida ma’lumot tayyorlash va himoya qilish kerak.